2-modul. Sinovni tashkil qilish va puxtalik ko’rsatkichlarini aniqlash

Download 0.72 Mb.
Sana14.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1771842
Bog'liq
4-MODUL

2-MODUL. SINOVNI TASHKIL QILISH VA PUXTALIK KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH.

4- Ma’ruza. Sinovni tashkil qilish va statistik ma’lumotlar to‘plash tizimi. Statistik ma’lumotlarni yig’ish

Ma’ruza rejasi:

Ma’ruza rejasi:

1. Puxtalik to‘g’risida axborot to‘plash

2. Nosozliklarni hisobga olish varaqasi

3. Ma’lumotlarni kodlash

Puxtalik to‘g’risida axborot to‘plash

Mashinalarni me’yoridagi holatda tutib turish va undan samarali foydalanish uchun ularning puxtaligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish zarur. Mashinalarni tuzatish va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ish jarayonida ularning buzilishi va bekor turib qolishi sabablarini o‘rganishlari hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rishlari kerak.

GOST 17526-72 axborotni yig‘ish va ishlov berish uchun uchta shaklni ko‘zda tutadi: foydalanishdagi puxtalik haqidagi axborotni hisobga olishning birlamchi shakllari; foydalanishdagi axborotni yig’ib to‘plovchi shakllar; puxtalikni tahlil qilish natijalarini yozish shakllari.

To‘plangan ma’lumotlarga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Axborotning to‘la-to‘kisligi.

2. Axborotning ishonchliligi.

3. Axborotning o‘z vaqtida olinishi.

4. Diskretlilik, ya’ni axborotning ma’lum ob’yektga tegishliligi.

5. Axborotning uzluksizligi.

Mumkin qadar kam xarajatlar qilgan holda mashinalarning puxtaligi haqida zarur ma’lumotlar to‘plash uchun nosozliklarni hisobga olib borish varaqasini yuritish lozim (4- jadval).

Mumkin qadar kam xarajatlar qilgan holda mashinalarning puxtaligi haqida zarur ma’lumotlar to‘plash uchun nosozliklarni hisobga olib borish varaqasini yuritish lozim (4- jadval).

Varaqa mashinadagi hamma detallar va qismlarning xizmat muddati haqida axborot olishga, ishlamay qolishlarning qisqacha xususiyatlari bo‘yicha ularning paydo bo‘lish davriyligiga, shuningdek ular bilan bog’liq bo‘lgan mehnat va moddiy xarajatlarni aniqlashga imkon berishi kerak. Bunda axborot sodda tarzda yoziladigan bo‘lishi va birlamchi hujjatlar miqdori mumkin qadar kam bo‘lishi kerak. Birlamchi hujjatlarni to‘ldirish oson bo‘lishi va takroriy yozuvlar bo‘lmasligi uchun tizim mavjud ishlab chiqarish va buxgalteriya hisob-kitobi bilan muvofiqlashtiriladi.

Ko‘rsatkichlarning bir qismi to‘ldirish chog’idayoq raqamlar bilan yoziladi (chunonchi, mashinaning nomeri, ishlash muddati, kun, oy, yil va hokazo). Axborotning boshqa qismi qabul qilingan belgilashlar yordamida shifrlanadi (mashinaning markasi, detallarning katalog bo‘yicha nomerlari va hokazo). Ishlamay qolishning xususiyatlari, ishlamay qolishlarni bartaraf etishda bajarilgan ishlarning nomi, ishlamay qolishlar turi maxsus ishlab chiqilgan sinf ajratkich bo‘yicha raqamli kodlar ko‘rinishida shifrlanadi (8- jadval).

Nosozliklarni hisobga olib borish varaqalaridan ma’lumotlar kompyuterga ko‘chiriladi va EHM dasturi ishlagandan so‘ng kerakli ma’lumotlar tayyor bo‘ladi.

Axborot ma’lumotlarini ishlayotganda mashinaning har bir turida foydalanish va ularni ishlab chiqarish xususiyatlarini: ishlab chiqarilgan kunini, iqlim sharoitlarini, foydalanish tartibotlarini, mashinaning ishlash muddatini, tashkiliy omillarni hisobga olish zarur.

Nazorat savollari

  • Foydalanish davrida yig’ilgan puxtalikka oid ma’lumotlarga qanday talablar qo‘yiladi?
  • Mashinalarni sinash qanday sinov rejalari bo‘yicha olib borilishi mumkin?
  • Sinovga qo‘yiladigan mashinalar soni qanday aniqlanadi?
  • Puxtalikka sinovlarni qancha vaqt davom ettirish kerak?
  • Sinovlarni tezlashtirish koeffitsientining ma’nosini aytib bering.
  • Stend sinovlarini nimalar hisobiga tezlashtirish mumkin?

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling