2-modul. Smm reja: Internet va ijtimoiy tarmoqlar haqida tushuncha Ijtimoiy trmoqlardan foydalanish madaniyati


Download 25.91 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi25.91 Kb.
#1390987
1   2   3
Bog'liq
2. SMM

Copywritingmatn terish, matnlar bo’yicha ishlashni o’rgatuvchi kasb. Hozirda bu kasb egalariga bo’lgan talab katta.
Copywriter qanday sohalarni bilishi kerak?

  • Hayotning turli sohalarida keng ko’lamli va etarli miqdorda bilimga ega bo’lish;

  • doc, dox, txt formatlarida hujjatlar yaratish uchun ofis dasturlariga ega bo’lish;

  • tilni yaxshi bilishi, ayniqsa, o’zbek til imkoniyatlaridan unumli foydalana olishi;

  • kopirayterning savodxonligi;

  • qisqa va tushunarli shakldagi matnlarni yaratish qobiliyati va materiallarni mantiqan izchil ravishda taqdim qilishi lozim.

Umuman olganda, kopirayting (copywriting – ing.) termin sifatida jurnalistikaga so‘nggi 5-10 yilda kirib keldi. So‘zma-so‘z tarjimada uning ma’nosi «matn yozish»ni anglatadi. Kopirayting biznes jurnalistika yo‘nalishi sifatida shakllanib bormoqda. Kopirayting deganda, odatda, reklama materiallari yoki matnlarini biznes uchun tayyorlash tushuniladi. Demak, kopirayterlar – tijorat matnlarini yaratuvchilar.


Tijorat matnlari formati, maqsadi va e’lon qilinish darajasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
Reklama matnlari. Biror bir tovar yoki xizmat turi tashviqotiga oid matnlar – reklama matni deyiladi. Misol uchun, lending matni, xizmat turini ifodalovchi matnlar, internet-do‘konning tovar kartochkasidagi matn, ijtimoiy tarmoqlarda tijorat bilan shug‘ullanuvchi postlar matni.
Ko‘ngilochar matnlar. Bunga kayfiyat beruvchi (kulguli) to‘plamlar, suratlar to‘plami, matnlar va o‘yinlar kiradi. Bu turdagi matnlar tez tarqalib, asosan mahsulotning brend bo‘lishiga xizmat qiladi.
Bu ikkala turdagi matn tovarlar va xizmat turlari haqida foydali axborot berib, o‘ziga xos imij yaratadi.
Formatiga ko‘ra:
Blog maqolalari o‘quvchilarga foydali ma’lumotlarni, axborotni beradi va yangiliklarni o‘rgatadi. Ushbu maqolalar bir necha turlarga bo‘linadi – longridlar, yo‘riqnomalar, chek-listlar, keyslar, intervyular, so‘rovnomalar va boshqalar
Ijtimoiy tarmoq postlari – o‘quvchini qiziqtirib muloqotga undovchi, mahsulot yoki xizmat turlari haqida xabar beruvchi qisqa xabarlar.
Email tarqatmalar – sayt obunachilarining elektron pochtasiga keluvchi kichik materiallar. Mazkur materiallar axboriy, tijoriy, ko‘ngilochar mavzularda bo‘ladi. Odatda, bu xatlar to‘plami sifatida obunachiga ketma-ketlikda yuboriladi.
Internet-do‘konlarning mahsulot kartochkalari – mijoz uchun foydali bo‘lgan xabar (mahsulot haqidagi ma’lumotlar)ning qisqa izohi.
Lending matnlar – xizmat turlari yoki mahsulot savdosiga bag‘ishlangan xabarlar.
Matnlar turlariga ko‘ra darajasi:
Birja matnlari. Eng past darajadagi matn. Bu matnni kopirayter emas, balki ko‘p hollarda rerayterlar (tayyor matnni qayta ishlash, qisqartirish, qayta shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxasis) yozadi. Ya’ni, kopirayter ishlagan matn sinonim so‘zlar bilan boyitiladi, qayta ishlanadi va natijada «qog‘ozga o‘ralgan» matn shakllanadi. Maqsad, tezroq sotish. Rerayterlar mijozning biznes rejalari bilan umuman qiziqmaydi, topshiriq tez va oson bajariladi. Rerayter matnni topshirgach, yangi ishga yana shunday osonlik bilan kirishadi.
Sifatli ishlangan materiallar. Mijozning buyurtmasiga ko‘ra ishlangangan matnlar. Ushbu materiallar mahsulot yoki xizmat turini mashhurlik darajasiga ko‘taruvchi, brend yaratuvchi kontent turiga kiradi. Ular odatda, xato va kamchiliklarsiz, to‘g‘ri tanlangan so‘zlardan iborat savodli matn bo‘lib, hatto o‘qilishi oson bo‘lishi uchun so‘zlarning joylashish tartibi, ranglari kabi detallar ham e’tibordan chetda qolmaydi.
A’lo darajada optimallashtirilgan matnlar. Matn shakli, to‘g‘ri tanlangan va o‘rinli ishlatilgan kalit so‘zlardan iborat kontent doimo “izlash” (searching) tizimiga berilgan buyruq asosida eng yuqori qatordan joy oluvchi matnlarga aytiladi. Bu zamonaviy biznesda qo‘llanilib kelinayotgan eng samarali amaliyot. Kopirayterga qo’yiladigan eng asosiy talab – material o‘quvchiga qiziqarli bo‘lishi va ko‘p odamlarni mijoz sifatida o‘ziga jalb qilishi lozim.

Rasmlar bilan ishlash haqida gap ochilsa ilk hayolga keladigan Canva dasturi keladi. Canva boshlang’ich etap uchun eng qulay dasturlardan biri hisoblanadi. Canva – ijtimoiy tarmoqlardagi reklama, e’lon, turli xil postlar uchun foydalanish imkoni mavjud bo’lgan dizaynlar jamlanmasi.


Uning imkoniyatlari:
1. Ijtimoiy tarmoqlar uchun sizda har qanday shablon (telegram, instagram, twitter, facebook, whatsUp)

2. Biznes uchun shablonlar (brendni tanitish, yangi tovar, xizmat, bo’sh ish o’rni)

3. Tasvirlar, videolar, piktogramma va illyustratsiyalar banki


4. Pedagoglar va o’quvchilar dars uchun materiallar tayyorlashi mumkin bo’lgan tayyor shablonlar
Canvadan professionalroq, murakkabroq dastur Adobe Photoshop hisoblanadi. Kompyuterda foydalanish qulay bo’lgan ushbu dastur o’ziga xos funksiyalari va yengil xarakatlanish bilan boshqa programmalardan farq qiladi.
Effektga boy rasm bilan ishlashga qulay va eng muhimi bepul programmalardan biri PicsArt. Ushbu programma haqida ko’p gapirishning hojati yo’q, yaxshisi amalda sinab ko’ramiz.

Videoda kreativ g’oyalarni aks ettirish uchun InShot, CapCut, VN, Videoleap programmalari qulay va g’oyalarga boy dastur desak adashmagan bo’lamiz. Eng avval VN haqida gaplashsak.


VN interfeysini soddaligi bilan bir ochishdayoq sizn o’zida ushlaab qolishga sabab bo’ladi. Programmaning afzalliklaridan biri video yaratish jarayonida sizga tayyor shablonlar beradi, ya’ni siz bepulga g’oya olish imkoniga ega bo’asiz. Eng qizig’i shablonda berilgan yozuvlarni o’zgartirish imkoniga egasiz. Undan tashqari “intensiv” funksiyasi orqali olgan videodagi ranglarni ko’payirish yoki kamaytirish imkoniga ega bo’lasiz. “Svetokorreksiya” uchun eng ko’p ishlatiladigan va eng qulay programmalardan biri VN hisoblanadi. Effektlari bilan ham boshqa programmalardan ajralib turadigan VN, olgan videolaringizni uzaytirish va qisqartirish qulayligini ham beradi.

Boshqa programmalar haqida gaplashishdan avval videoga effekt beradigan, eng ko’p ishlatiladigan 3ta programma bilan tanishamiz. Bular: Prequel, Vochi va chromic. Har bir programmaning o’ziga xos tomoni va afzalliklari mavjud. Eng muhimi programmadan me’yorida va videoga mos tushadigan formatda ishlatish kadr sifatiga ta’sir qilishini unutmasangiz bas.


CapCut juda tez montaj qilishi bilan boshqa programmalardan ustun turadi. Programmadagi videoni tezlashtirish, sekinlashtirish funksiyasi boshqa programmalarga oxshash ammo VNdan farq qiladi. Animatsiya funksiyasidagi effektlar esa takrorlanmasligi bilan etiborni tortishi aniq. Ammo videodan videoga o’tishda ishlatiladigan ushbu animatsiyalarni me’yorida ishlatish kontentni bachkanalikdan saqlaydi. Aytgancha, CapCutda animatsiya tezligi va vaqtini belgilasangiz ham bo’ladi. CapCutdagi effektlarni asosiy qismi bepulligi sabab juda ko’p foydalanuvchlarga ega bo’lgan.

Video olish uchun qaysi programmadan foydalanishdan ko’ra, videoni filteri, effektlariga, svetokorreksiyasiga va musiqaga ko’proq e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozir musiqaga qarab videoni montaj qilish trendda.




Download 25.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling