2-modul. Smm reja: Internet va ijtimoiy tarmoqlar haqida tushuncha Ijtimoiy trmoqlardan foydalanish madaniyati
Download 25.91 Kb.
|
2. SMM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Rasmlar bilan ishlash va yordamchi programma, saytlar 6. Video olish mahorati yoxud mobilografiyaga kirish Tayanch tushunchalar
- Tarmoqdan foydalanish uchun umumiy normalar
2-MODUL. SMM REJA: 1. Internet va ijtimoiy tarmoqlar haqida tushuncha 2. Ijtimoiy trmoqlardan foydalanish madaniyati 3. Ijtimoiy tarmoqlarga oid zamonaviy kasblar 4. So’zlar va jumlalarni to’g’ri yozish, tahrirlash san’ati yoxud kopirayting 5. Rasmlar bilan ishlash va yordamchi programma, saytlar 6. Video olish mahorati yoxud mobilografiyaga kirish Tayanch tushunchalar: 1. Internet 2. Ijtimoiy tarmoqlar 3. Zamonaviy kasblar 4. Kopirayting; rubrikalar; maqola turlari 5. Canva; PicsArt InShot; CapCut; VN dasturlari Maqsad: O’quvchilarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish, vaqtlarini tog’ri taqsimlashlari uchun foydali va foydasiz kontent turlarini ajrata olish va eng muhimi kreativ fikrlash salohiyatini kuchaytirish, qobiqlaridan tashqarida fikrlashga undash Tarmoqdan foydalanish uchun umumiy normalar 1. Niyatni to’g’ri qo’yish 2. Aniq maqsad bilan kirish 3. Vaqtni faqat zarur ish uchun sarflash 4. Giybat qilmaslik 5. Yolg’on ishlatmaslik 6. Aniq o’rganmagan narsasini tarqatmaslik 7. har bir ishini boshqalarga zarar yetkizmasligini hisobga olish 8. Behayo ishlarni qilmaslik, behayo so’zlarni ishlatmaslik Internet – “inter” aro, “net” tarmoq so’zlaridan butun dunyo uchun ochiq bo’lgan, tarmoqlararo muloqot joyi deb atasak bo’ladi. 1990 – yillarda World Wide Webning (Dunyo keng to’ri) yaralishi katta hodisa bo’ldi. Yaxshi, butun dunyo yagona tarmoq orqali birlashibdi, uning nima zararli tomoni bor deyish mumkin, gap shundaki, Jaloliddin Rumiy hazratlari aytganidek: Sen avvalo narsalarning mohiyatini bil, ularning aldamchi shakliga ishonma. Ijtimoiy tarmoqlarda faqat ijobiy va barcha uchun manfaatli axborotlargina almashilmayotganligi barchamizga ma‘lum. Demak, biz ham ulardan foydalanishda mohiyatga – qanday axborot ulashilyapti, uzatuvchi kim, qanday shaxs, menga qanday manfaati bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob berishimiz lozim. Internet – ko’plab imkoniyatga ega bo’lgan tarmoqlar majmui ekanligini hisobga olsak, hozirgi davrda bu imkoniyatdan har birimiz turli xil maqadlarda foydalanamiz. Bu shunday imkoniyatki, real hayotda amalga oshirish imkonsiz bo’lgan yoki amalga oshirish bilan o’zimiz, oilamiz hurmat-e’tiboriga putur yetadigan ba’zi ishlarni amalga oshirish bu tarmoqda anchagina oson, malomati ham deyarli sezilmaydi. Abu Ali Ibn Sino aytganlaridek: “Hayo – insonning abadiy go‘zalligi, latofati. Hayosiz yuz jasadga o‘xshaydi” va Abdulla Avloniy aytadi: Xayo-nomus iymona dalildur, Xayosiz domio xor-u zalildur. Odatda biz bu tushunchani jamiyatda shaxs bilan shaxs yo‘liqqandagina ko‘zga tashlanadigan hodisa, deb tushunamiz, ammo ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarda ham uning ahamiyati real voqelikdan kam emas. Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki, bir kunda qidiruvga berilayogan ma’lumotlarning 25%i behayolikni targ’ib qiluvchi manbalar va ularni qidiruvchilari 12-17 yoshlilardir. Hikoya: bir kuni nomus o’z libosini yo’qotib qo’yibdi. Zavq-shavq, boylik, kuch-quvvatdan yordam so’rabdi. Ular yo’qolgan kiyimni qancha izlashmasin topishga ojizlik qilishibdi. Nihoyat libos topilibdi, uni nadomat va pushaymonlik topib kelishibdi. Keyingi masala: ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘onlar. Sir emaski, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini mutlaqo boshqa shaxs qilib ko‘rsatayotgan shaxslar atrofimizda ko‘payib qoldi. Ijtimoiy tarmoq real hayot emas, u yerda bilganimni qilaman, deyish sog‘lom aqlga, e’tiqodga zid tushuncha. Vaholanki Rosulimiz (s.a.v): Aldagan bizdan emas, dedilar. Bu haqida Umar (r.a): rost so‘zlarni ixtiyor qil, hatto seni o‘ldirsa ham, dedilar. Xoh haqiqiy hayot bo‘lsin, xoh tarmoqlarda bo‘lsin, e’tiqodi, vijdoni sog‘lom inson faqat rost so’zlaydi. Axborot uchun “like” bosish va taratish masalasi. Inson ma‘lumotni qayerdan kimdan olayotganligiga e’tiborli bo’lishi, tekshirib so’ng qabul qilishi, ko’r-ko’rona ergashib, boshqalarni ham adashtirmasligi lozim. Qolaversa, uzatilayotgan axborot boshqa shaxsga manfaatli bo’lsagina berilsa maqsadga muvofiq. Isro surasi 36-oyatda aytiladi: “O’zing aniq bilmagan narsaga ergashma”. Va Hujurot surasi 6-oyatda: “Ey iymon keltirganlar, sizlarga bir fosiq xabar yetkizsa, aniqlab ko’ringlar, bilmasdan biror qavmga zarar yetkizuvchi bo’lmanglar”. Alloh taolo bandalarini har bir narsaga e’tiborli bo’lishga, yetkazilgan narsaga ergashib ketavermaslikka, ma’lumot uzatishdan avval yaxshilab o’rganib chiqishga chaqiradi. Qolaversa, Rosululloh (s.a.v): “kishining yolg‘onchiligiga eshitgan narsasini gapirishi kifoya qiladi”, dedilar. Har bir eshitgan ko’rgan, eshitgan narsamizni birovga gapirishimiz, tarqatishimiz ham yaxshi ish emas. Hazrati Ali (r.a): “Faxsh so’zni aytuvchi va tarqatuvchi gunohda birdir”, dedilar Real hayotda aytolmagan gaplarini tarmoqlarda bemalol aytish. Ba’zi insonlar bor, biror shaxsning hayotidagi voqelikni qo’rqmasdan tarmoqlarga olib chiqadigan, tarqatadigan. Bu ham musulmon insonga yarashmaydi, bu ma’lumoti rost bo’lsa, g‘iybat, yolg‘on bo’lsa, tuhmat bo‘ladi, har ikkisiga ham javob og‘ir. Rosulimiz (s.a.v)dan haqiqiy musulmon haqidan so‘rashganda aytdilar: “Uning tilidan va qo‘lidan boshqa musulmonlar zarar ko‘rmagani”. Donishmandlar aytadi: hamma shunday qiladiku, deb biror yomonlikni qilish – eng og‘ir kulfatlarni boshga soladigan eng oddiy ish. Internetda bir qancha xususiyatlar bor: Tartibga solinmagan Ma’lumotlarni yetkazish tezligi Keng auditoriya Cheklanmagan ma’lumot bazasi Foydalanish oson va qulayligi Cheklov yo’qligi Shunga qaramay, inson undan foydalanish immunitetiga ega bo’lsa, ko’lab fan sohalari, til, zamonaviy kasblarni u bilan o’rganish anchagina qulay. Bilimli odam shundayki, uni o’rab turgan hayotning barcha jabhalari haqida o’z dunyoqarashiga ega bo’ladi. Zero, Sadriddin Salim Buxoriy aytadi: Illat izlaganga illatdir dunyo G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo Kim neni izlasa, topgay begumon Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo. Shunday ekan, meni ko’rishmaydi, tanishmaydi, demasdan har bir so’zni o’ylab gapirish, gapirganda rost so’zlash, aniq bilmaganini gapirmaslik, tarmoqlarda faqat ijobiy maqsadlarda foydalanish darkor. Najmiddin Kubro aytadi: Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni dangasalik va loqaydlikda, baloni tilda, halovatni sukutda ko’rdim. Vaqtdan unumli foydalanish eng muhim masala. Cheklanmagan trafik yoki wi-fi ning imkoniyatidan turli xil bekorchi g‘iybatlarda foydalanmang. Xalqimizda maqol bor: “Bekorchining so’zi g’iybat”. Tarmoqqa kirishdan aniq maqsad bo’lsin. Uni faqat foydali manbalar uchun ishlat. Umar (r.a.): Nafsingni foydali narsalar bilan mashg’ul qil, aks holda uni zararli narsalar egallab oladi. Nabiyimiz (s.a.v) dedilar: “Qiyomat kuni 4 narsa haqida so’ralmasdan banda Alloh huzuriga bormaydi, bular: umrini nimaa sarflagani, jasadini nimaga urintirgani, ilmiga qanday amal qilgani, molini nimadan olib, nimaga sarflagani”. Havas qilishga berilish. Hozir o’zida mavjud bo’lmagan boylik, uy, mashina, baxtli hayot, chiroyli va qimmatbaho buyumlar bilan olinadigan videoroliklar tarqatish odatga aylangan. Bu esa insonlarda havasmandlik bilan birga o’z hayotidan nolish, o’zini haqir, kambag’al ojiz sanash, bu orqali tushkunlik kayfiyati, bolalarning xuddi u kabinarsalarni olib berishlarini ota-onaning imkoniyatiga qaramay, talab qilish hollari kuchaygan. Shayton aytadi: men bandaga uzundan-uzun havaslar qildiraman. Islomda esa katta boylik faqat infoq-ehson uchun jamg’arilgan. Kambag’allik esa ne’mat sifatida qaralgan. Butun islom ummatining rahbari bo’lgan payg’ambarimiz va xulofai roshidunlar ham kambag’al hayot kechirganliklari barchamizga ayon. Demak, biz kimga havas qilishni kimdan o’rnak olishni bilishimiz lozim. Rosulimiz (s.a.v) inson jannatda dunyo hayotida sevganlari bilan bo’ladi, dedilar. Yana bir hadisda keladi: kim o’zini biror qavmga o’xshatsa, u o’shalardandir. Biz kimga ergashyapmiz, kimlarni havas qilyapmiz, kimlarni o’zimizga namuna sifatida olyapmiz, bularga e’tiborli bo’lish zarur. Salomatlikka ta’siri. 2017-yilda Avstriyalik tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan tajribada 20 daqiqa Facebook dan foydalangan foydalanuvchining ruhiy holatida kayfiyatsizlik, tushkunlik, alamzadalik paydo bo‘lishi aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida, ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lgan kishilarda xavotir, vahima, asabiy tajanglik va behalovatlik boshqalarga nisbatan ko‘proq ko‘zga tashlanishi aniqlandi. Bundan tashqari, ko’z kasalliklari, umurtqa pog’onasi bilan bog’liq kasalliklarni ham ko’payishiga sababdir. Ijtimoiy tarmoqlar hozirgi kunda juda ko’p insonlarga foyda berishidan tashqari “vaqt o’g’risi” degan nomni ham olgani ko’pchilikka sir emas. Quyida 2022-yil statistikasiga ko’ra dunyo bo’yicha eng ko’p foydalanuvchilarga ega 10ta ijtimoiy tarmoqlar bilan tanishamiz: Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling