Xalqaro huquqda kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipining tavsifi
Download 19.44 Kb.
|
XOH kazus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan;
- Uchinchidan;
- Ushbu tamoyil ikkita asosiy jihatga ega: Bular;
- "Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik" tamoyili bir qator istisnolarga ega. Bularga quyidagilar kiradi
- Kuch ishlatmaslik prinsipining normativ mazmuni doirasiga quyidagilar kiradi
Mavzu: Xalqaro huquqda kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipining tavsifi. Hozirgi kunga kelib, xalqaro munosabatlarda eng tilga olinayotgan, joyi kesa shuni ha ishonch bilan ayta olamanki eng ko’p buzilayotgan xalqaro ommaviy huquqning “kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik” prinsipi hisoblanadi. Ushbu prinsip qolgan prinsiplarga nisbatan ko’p tilga olinadi, shu sabab men ushbu prinsipni iloji boricha yoritib, bu haqda ham o’zimni ham o’quvchilarni ishbi ishim bilan atroflicha tanishtirmoqchiman. Demak, bu uchun quydagi ketma-ketlikda quydagi jihatlarni ko’rib chiqamiz. Birinchidan; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipining tushunchasi va uning tavsifi Ikkinchidan; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipining xalqaro normalarda aks etirilganligi va unga boysunmagan yoki buzganlarga nisbatan javobgarlik masalalari Uchinchidan; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipining mavjudligi va buning o’rni haqida bo’lib so’ngida o’zimning shaxsiy fikrim bilan yakunlayman. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipining tushunchasi davlatlar har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qurolli kuch ishlatishdan yoki qurolli kuch ishlatish tahdididan voz kechishlari shart degan ma’noni bildiradi. "Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik" tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biridir. U Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Ustavida va boshqa xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan. Ushbu prinsip xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun juda muhimdir. Bu qurolli to'qnashuvlarning oldini olish va nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish uchun asosdir. Ushbu tamoyil ikkita asosiy jihatga ega: Bular; Kuch ishlatmaslik degani, davlatlar o'z-o'zini himoya qilish hollari bundan mustasno yoki BMT xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan boshqa davlatga qarshi qurolli kuch ishlatmasliklari kerak. Kuch bilan tahdid qilmaslik davlatlar qurolli kuch ishlatish tahdidi sifatida talqin qilinishi mumkin bo'lgan harakatlarni amalga oshirmasliklari kerakligini anglatadi. "Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik" tamoyili bir qator istisnolarga ega. Bularga quyidagilar kiradi: O'zini himoya qilish, ya'ni davlatga qurolli hujumga javoban kuch ishlatish. Masalan, tinchlikni saqlash yoki terrorizmga qarshi operatsiyalar doirasida BMT xavfsizlik Kengashining ruxsati bilan kuch ishlatish. Xalqaro shartnomaga muvofiq, masalan, jamoaviy mudofaa doirasida kuch ishlatish. Bundan tashqari ushbu prinsip BMT Ustavi 2-moddasining 4-bandida shunday deyiladi: “BMT ning barcha a’zolari o'z xalqaro munosabatlarida har qanday davlat ning hududiy daxlsizligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish yoxud kuch ishlatish tahdididan, shuningdek Birlashgan Millatlaming maqsadlariga mos kelmaydigan boshqacha tarzda tahdid qilishdan o'zlarini tiyadilar” Keyinchalik bu qoida aniqlashtirildi va BMT rezolutsiyalaridan birida, shuningdek quyidagi Xalqaro hujjatlarda o'z izohini topdi: - Xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi 1970-yilgi Deklaratsiyada; - 1974-yilgi Agressiya ta’rifida; - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kegashining 1975-yilgi Yakunlovchi aktida; - Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish prinsipining samaradorligini oshirish to'g'risidagi 1977-yilgi Deklaratsiyada ushbu kuch ishlatmaslik prinsipi agressiv urushlarini taqiqlab qo‘yishni nazarda tutadi 1974-yilda Agressiya ta’rifiga ko 'ra, biror davlat tomonidan birinchi bo'lib qurolli kuch ishlatish xalqaro jinoyat hisoblanadigan va davlatlaming xalqaro-huquqiy javobgarligini hamda aybdor individlaming xalqaro jinoiy javobgarligini keltirib chiqaradigan agressiv urush sifatida tan olinishi mumkin. Kuch ishlatmaslik prinsipining normativ mazmuni doirasiga quyidagilar kiradi: - boshqa davlatning hududini bosib olishni xalqaro huquq normalarini buzish sifatida man qilish; - kuch ishlatish bilan bog'liq repressiv aktlami man etish; - davlatlar o'z hududlarini uchinchi bir davlatga qarshi foydala nishi uchun boshqa davlatga berishini taqiqlash; - fuqarohk urushi aktlarini tashkil qilish, bunday aktlarga undash, yordam bcrish yoki ishtirok ctishni man qilish; - muntazam bo'lmagsa qurolli kuchlami, jomladan, boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun kuchlami tashkil qilish yoki rag'batlantirish. Download 19.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling