2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va myetodlari. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
Download 43.52 Kb.
|
Moliyaviy nazoratni tashkil etish turlari
3. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Pryezidyent va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining Moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini kо‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bо‘yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat о‘rnatadi. Xalq dyeputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish Yuklatilishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitusiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Pryezidyent ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat Moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat Moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan1. U mustaqil va ob’yektiv organ bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Hisob palatasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish Yuklatilgan: makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit paramyetrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli о‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish; davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy paramyetrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat о‘rnatish; davlat byudjetini ijro etish, soliq tuShumlari va pul kо‘rsatkichlari bо‘yicha tasdiqlangan paramyetrlarni tuzatish bо‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sirini kо‘rib chiqish; mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bо‘yicha takliflarni tahlil qilish va baholash; mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bо‘yicha tasdiqlangan paramyetrlar hisobidan davlat mablag’larini xarajat qilish bо‘yicha chyetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar о‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suistye’mol-liklarning oldini olish Yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bо‘yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan tо‘lovlarning kelib tushishi tо‘liqligi Yuzasidan monitoringni amalga oshirish; byudjet jarayonida chyetga chiqishlarni tahlil qilish va о‘rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish Yuzasidan takliflar tayyorlash; milliy valYutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy о‘sish va narxlar barqarorligi kо‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bо‘yicha takliflarni kо‘rib chiqish va baholash; oltin-valYuta zahiralari, Shu jumladan qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan opyerasiyalarni nazorat etish, yо‘qotishlar va suistye’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yо‘qotish maqsadida davlat oltin-valYuta zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash; tashqi aktivlarni boshqarish bо‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, oltin-valYuta zahiralarini chyet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi va samaraliligini nazorat qilish; davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring о‘rnatish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bо‘yicha о‘z vaqtida xizmat kо‘rsatilishini nazorat etish; eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va tо‘lov balanslari ijobiy qoldig’ini ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish; chyet davlatlarda davlat mulkini realizasiya qilish bilan bog’liq bо‘lgan masalalar bо‘yicha tahlil о‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash; respublikada qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish Yuzasidan chyet el kompaniyalarining takliflarini kо‘rib chiqish; О‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chyet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro Moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish; olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valYuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir kо‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspyertiza qilish; vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish; Hisob palatasi zimmasiga Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bо‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va о‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ularni kо‘rib chiqish uchun О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish. Kо‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan: davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan о‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda sо‘rash va olish; zarur bо‘lgan hollarda о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bо‘yicha ijro etilishi majburiy bо‘lgan kо‘rsatmalarni jо‘natish; о‘z vakolati doirasida tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish; Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bо‘lgan barcha masalalar Yuzasidan tyegishli xulosalar berish; qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bо‘yicha takliflar kiritish. Moliyaviy nazorat bо‘yicha muhim vazifa va funksiyalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham Yuklatilgan. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‘g’risida» 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xо‘jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat Moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bо‘lib, ularga davlat Moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahrida о‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar hamda ularning birlashmalari (xо‘jalik uYushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari dyeb belgilangan: - iqtisodiyot tarmoqlari va syektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tijorat banklari tomonidan tо‘lov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni о‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy tо‘lovlarni tо‘liq tо‘lash bо‘yicha amaldagi qonunchilik mye’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; - korxonalarning dyebitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati о‘tgan dyebitorlik va kreditorlik qarzlari, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha boqimandalarini qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, Shuningdyek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli soliqlar va majburiy tо‘lovlarning tо‘liq undirib olinishini ta’minlash; - korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag’larining ajratib olinishi, Shu jumladan tayyor mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yо‘nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish. Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bо‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega: vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xо‘jalik uYushmalari, korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining dyebitorlik va kreditorlik qarzlari, soliq va tо‘lov intizomining ahvoli tо‘g’risidagi masalalar bо‘yicha hisobotlarini eshitib borish; boqimandalarni tо‘lash, pyenya hisoblanishini tugatish bо‘yicha muddatlarni kyechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar va tо‘lovlar bо‘yicha pyenyalarni hisobdan chiqarish; belgilangan tartibda Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, Komissiya zimmasiga Yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, uYushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan olish; bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash masalalari bо‘yicha Hukumat komissiyasiga korxonalarni sanasiyalash yoki muntazam ravishda dyebitorlik va kreditorlik qarzlariga yо‘l qо‘Yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot dyeb e’lon qilish uchun matyeriallarni xо‘jalik sudiga berish tо‘g’risida qarorlar qabul qilish Yuzasidan takliflar berish; soliq solish tizimi va xalq xо‘jaligida hisob-kitoblarni yaxshilash uchun yо‘naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish Yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish va h.k. Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul muomalasi va xalq xо‘jaligida hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish bо‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar tomonidan valYuta opyerasiyalarini amalga oshirish va О‘zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash vazifasi Yuklatilgan2. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga asossiz ravishda aralaShuvga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyentining «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish tо‘g’risida» 1996 yil 8 avgustdagi №UP-1503 Farmoni bilan Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyat kо‘rsatmoqda. Mazkur Kengash xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat nazorat etish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bо‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi. Kengash tarkibi О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti tomonidan tasdiqlanadi. Kengash о‘z faoliyatini Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tо‘g’risida nizomga asosan amalga oshiradi3. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tyegishli hududiy komissiyalar tuzilgan bо‘lib, ularning tarkibi Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish va muvofiqlashtirish, ularning ish-faoliyatiga nazorat organlari tomonidan asossiz ravishda aralashishga yо‘l qо‘ymaslikdan iborat. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan: nazorat organlarining xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ish-faoliyatini tekshirish masalalari bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ish-faoliyati bо‘yicha о‘tkaziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish; tekshiruvlar, Shuningdyek nazorat organlarining faoliyatini qaytarishga yо‘l qо‘Yuvchi komplyeks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi Rejalarini ishlab chiqish; tekshiruvlar о‘tkazish bо‘yicha muvofiqlashtiruvchi Rejalarga rioya etilgan holda nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va Kengash bilan kelishilmay turib, Rejadan tashqari, qarshi tekshiruv va nazorat tartibida tekshiruvlar о‘tkazilishiga yо‘l qо‘ymaslik; tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni tashkil etish tizimini tartibga solish Yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Kengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga: xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bо‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchi Reja-grafiklar ishlab chiqish; muvofiqlashtiruvchi Reja-grafiklar bajarilishiga rioya etilishi ustidan monitoring о‘rnatish kabi vazifalar kiradi. Kengash о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun hamda о‘z maqomiga muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega: - respublika barcha vazirliklari va idoralaridan yaqinlashib kyelayotgan davr uchun mо‘ljallangan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshiruv Rejalarini sо‘rash va olish; - tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bо‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etilishini ta’minlash talab qilingan kо‘rsatmalarni, Kengash Raisi imzosi qо‘yilgan holda, nazorat organlariga jо‘natish; - tekshiruvlarni muvofiqlashtirish tо‘g’risidagi qonunchilik-ni buzish yoki Kengash qarorlarini buzishda aybdor bо‘lgan nazorat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarga ma’muriy choralar belgilanganligi tо‘g’risidagi taqdimnomalarni, Kengash Raisi imzosi qо‘yilgan holda, jо‘natish; - nazorat organlarining Rejadan tashqari tekshiruvlar о‘tkazish tо‘g’risidagi qarorlarini, agar ularni о‘tkazish uchun yetarlicha asoslar bо‘lmasa, bekor qilish. Kengash nazorat organlari tomonidan nazoratni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etishi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlarining noqonuniy harakatlari ustidan tushgan arizalarini о‘z vaqtida kо‘rib chiqishi, ular Yuzasidan qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari tо‘g’risida hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart. Davlat Moliyaviy nazorati tizimida О‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qо‘mitasi va ularning quyi organlari alohida о‘rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Moliya organlarining kо‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni Rejalashtirish, Moliyaviy Rejalar va smetalar loyihalarini kо‘rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini tо‘plash, davlat byudjeti bilan tyegishli Moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat Moliyaviy nazoratini amalga oshirish bо‘yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar Yuklangan: respublika vazirliklari, qо‘mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qо‘yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning Moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog’ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, Moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish; respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan Moliyalashtiriladigan, Shuningdyek barcha kо‘rinishdagi qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish. Hukumatning «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish tо‘g’risida» 2000 yil 22 syentyabrdagi 365-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi vazifalar Yuklandi. Xususan, endi auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi. Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi mavjud bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari tо‘g’risida nizom4ga asosan faoliyat Yuritadi. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: Moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va Moliya qonunchiligi hamda byudjet majburiyatlarining ijrosi bilan bog’liq bо‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish; respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash; Moliya organlari va tijorat banklari tomonidan birinchi navbatdagi xarajatlar navbatiga rioya etilishi, byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tо‘lash, ijtimoiy nafaqalar, stipyendiyalar berish muddatlari va tо‘liqligi, Shuningdyek byudjet muassasalariga kо‘rsatilgan maqsadlar uchun naqd pul mablag’larini berish bо‘yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish; fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari orqali kam ta’minlangan oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash va ularning о‘z vaqtida tо‘lanishini nazorat qilish; paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish bо‘yicha statistik va buxgaltyeriya hisoboti ma’lumotlarining tо‘g’riligi ustidan nazoratni amalga oshirish; paxta xom ashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning miqdori va sifatini baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi bо‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va о‘tkazish myetodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish; investision dasturlarning amalga oshirilishi uchun ajratiladigan markazlashtirilgan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish; kommunal xizmatlar va elyektr enyergiyasi uchun byudjet mablag’larini sarflash limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar о‘tkazib turish; byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali-smeta intizomiga rioya etilishini nazorat qilish; hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining byudjet jarayoniga noqonuniy ravishda aralaShuvi faktlarini tо‘xtatish; davlat valYuta mablag’larining tо‘g’ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish; fuqarolarning Moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari tо‘g’risidagi xat, shikoyat va arizalarini kо‘rib chiqish va h.k. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bо‘linmalari zimmasiga Yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan: hududiy Moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosi bо‘yicha ish-faoliyatini, barcha darajadagi byudjet muassasalarining esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga rioya etish bо‘yicha ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring); hududiy Moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalarining pul va buxgaltyeriya hujjatlari, hisobotlari, smetalari va boshqa hujjatlari, moddiy boyliklari mavjudligini tekshirish; maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish; tijorat banklari muassasalari, soliq organlari, boshqa idoralardan taftish va tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida Yuzaga kyeladigan savollar bо‘yicha zarur bо‘lgan ma’lumotnomalar va axborot, ma’lumotlarni olish; qurilish, montaj, ta’mirlash kabi ishlar nazorat о‘lchamlarini amalga oshirish va boshqa tekshiruvlarni о‘tkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish; hududiy Moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalari hamda xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar rahbarlari va mansabdor shaxslaridan taftish va tekshiruvlar о‘tkazish jarayonida Yuzaga kyeladigan masalalar, Moliya va byudjet intizomi buzilishi faktlari, Shuningdyek ma’lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolatnomalarining imzolanishi bо‘yicha tuShuntirishlar talab qilish; zarur bо‘lgan hollarda kassa va kassa xonalari, omborlar, arxivlarni muhrlab qо‘yish, qalbaki, soxta hujjatlar va boshqa suistye’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlarni olib qо‘yish, tekshirilayotgan ob’yektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari va hisob-kitoblarning yо‘qlama qilinishini talab etish; Moliya vazirligining topshirig’i va u tomonidan tasdiqlangan maxsus grafiklar bо‘yicha paxta xom ashyosini tayyorlash va qayta tayyorlashga oid butun davrda paxta tozalash korxonalarida tayyorlanayotgan, qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan paxta xom ashyosiga tyegishli masalalar bо‘yicha tekshiruv va taftishlar о‘tkazish; Moliya va byudjet intizomi bо‘yicha aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda boshqa vazifalar bо‘yicha taftish va tekshiruvlar matyeriallari Yuzasidan tyegishli takliflar kiritish. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar nazorat-taftish boshqarmalari о‘z ish-faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish Rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bо‘lgan hollarda, Moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini Rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan о‘tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini taftish va nazorat qiladi. Davlat Moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol о‘ynaydi. О‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati tо‘g’risida» 1997 yil 29 avgustdagi qonuni5 soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bо‘yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Soliq nazorati soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari hisobini Yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’yektlar va ob’yektlar hisobini Yuritish, soliq tekshiruvlarini о‘tkazish, soliq tо‘lovchilar, boshqa shaxslarni sо‘roq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlarining Moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - soliq qonunchiligi, soliqlar hamda О‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pyensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishini nazorat etish; - soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq tо‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam kо‘rsatish, soliq bо‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatib qо‘yish. Davlat soliq xizmati organlari о‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega: soliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog’langan qarshi sub’yektlarda) О‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pyensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi bilan bog’liq bо‘lgan Moliyaviy hujjatlarni, Shuningdyek eksport-import opyerasiyalari bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida Yuzaga kyeladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tuShuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa Moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bо‘yicha opyerasiyalarni tо‘xtatib qо‘yish. Davlat soliq xizmati organlari о‘z zimmalariga Yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari, statistika va Moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan о‘zaro birgalikda bajaradilar. Kо‘rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart. Kо‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qо‘mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tо‘g’risida nizom6ga muvofiq u davlat soliq xizmatining soliq qonunchiligiga rioya etilishi, davlat iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoyalashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat bо‘yicha markaziy organi hisoblanadi. Davlat soliq qо‘mitasining Moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq tо‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblab yozilishi, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi. Davlat soliq qо‘mitasi о‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir: Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashti-rish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish Rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini tekshirish; coliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog’langan qarshi sub’yektlarda) Moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlarni hisoblab yozish va tо‘lash hamda eksport-import bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni hujjatlar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida Yuzaga kyeladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tuShuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish; savdo, tovarlarni sotish va xizmat kо‘rsatish, aksiz spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablag’larining tо‘liq kirim qilinishi, nazorat-kassa apparatlarini qо‘llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish. О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tizimida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi7 tuzilgan bо‘lib, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar bо‘linmalari mavjud. Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning soliq qonunchiligiga rioya etishi bо‘yicha Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiruvlarni hamda hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga Yuklatilgan masalalar bо‘yicha nazorat tekshiruvlarini tashkil etish va о‘tkazish; xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan olinadigan soliqlar va yig’imlarning hisoblab yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi va о‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatish; о‘tkazilgan hujjatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, Moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va h.k.ni undirib olish) yakuni bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda hujjatli va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va h.k. Davlat soliq qо‘mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega: - Yuridik va jismoniy shaxslardan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar) faoliyatiga tyegishli ma’lumot, axborot, ma’lumotnoma, hujjatlar va ularning nusxalarini olish; - banklar va boshqa kredit-Moliya muassasalaridan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan opyerasiyalari tо‘g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish. Davlat Moliyaviy nazorati bо‘yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g’risida» 1995 yil 21 dyekabrdagi qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qо‘llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi. Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bо‘yicha о‘z vakolatlarini amalga oshirish Yuzasidan bank opyerasiyalarini amalga oshirish, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va bank statistik hisobotini Yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bо‘lgan qoidalarni belgilaydi. Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan: banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan opyerasiyalari tо‘g’risida axborot, ma’lumotlarni sо‘rash va olish; olingan axborot, ma’lumotlar bо‘yicha tuShuntirishlar talab qilish; banklarning ichki auditi bо‘yicha talablar belgilash; bank aktivlarini sifat bо‘yicha tasnif qilish va aktivlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun Shunday zaxiralar tuzishni talab qilish; banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bо‘yicha bajarilishi majburiy bо‘lgan yozma buyruqlar, kо‘rsatmalar jо‘natish. Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillari va auditorlar tomonidan о‘tkaziladi. Davlat Moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu, xususan, О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qо‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi8ga taalluqli bо‘lib, uning zimmasiga barcha davlat organlari va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar tomonidan qimmatli qog’ozlar tо‘g’risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi Yuklatilgan. 1 Бу палата Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2002 йил 21 июндаги Фармони билан ташкил этилган. 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Республика Пул-кредит сиёсати комиссияси таркиби тўғрисида» 1996 йил №УП-1492 – сонли Фармони. 3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1998 йил 19 ноябрдаги №УП-2114–сонли Фармони. 4 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2002 йил 15 ноябрдаги 393-сонли қарори. 5 Ўзбекистон Республикасининг «Давлат солиқ хизмати тўғрисида»ги қонуни. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси, 1997 й., №9. 6 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2000 йил 5 майдаги 180-сонли қарори билан тасдиқланган 7 Ҳукуматнинг «Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини ташкил этишни такомиллаштириш тўғрисида» 2000 йил 13 мартдаги 87-сонли қарори билан тузилган. Ушбу орган тўғрисидаги Низом Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2000 йил 5 майдаги 180-сонли қарор билан тасдиқланган. 8 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1996 йил 26 мартдаги №УП-1414-сонли фармони билан тузилган. Download 43.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling