2 mundarija
Download 0.61 Mb.
|
telekommuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashmalar (union)
StrukturalarStrukturalar turli toifadagi maydonlardan tashkil topgan yozuv hisoblanadi. Strukturalarni e‟lon qilish uchun struct kalit so„zi ishlatiladi. Undan keyin toifaga nom beriladi va {} qavs ichida maydonlar toifalari va nomlari e‟lon qilinadi. struct G{ char ch; } talaba, talabalar[10]; Yaratilgan toifa bilan e‟lon qilingan o„zgaruvchi talaba - yozuv hisoblanadi, massiv esa talabalar[10] - jadvalni tashkil etadi. Yozuv va jadval yozuvi maydoniga qiymat berish quyidagicha: yozuv.maydon_nomi=qiymat; Masalan: talaba.ch=’a’; 24 Agar jadval yozuvi maydoniga qiymat beriladigan bo„lsa, bunda jadval yozuv massivi shaklida tashkil qilinadi va shu massiv elementiga indeks bilan murojaat orqali amalga oshiriladi: Jadval_elementi[indeks].maydon_nomi=qiymat; Ya‟ni, talabalar[i].ch=’a’; Misol. Talabalar tartib raqami va ism-familiyasidan iborat jadval tuzib, ma‟lumotlarni kiritish va ekranga chiqarish dasturi. #include { struct Guruh{ int n; char fio[30]; }; Guruh talaba[5]; for(int i=0;i<5;i++){ talaba[i].n=i+1; cin>>talaba[i].fio; } for(int i=0;i<5;i++) cout< } Bu yerda Guruh nomli nostandart toifa yaratildi va uning 2 ta maydoni mavjud: talabaning tartib raqami n va familiyasi, ismi, otasining ismi uchun uzunligi 30 bo„lgan satrli maydon fio[30]. 25 Birlashmalar (union)Birlashmalar xuddi strukturalarga o„xshash toifa hisoblanadi, farqi shuki, birlashmalarda bir vaqtning o„zida faqat uning bitta elementigagina murojaat qilish mumkin. Birlashma toifasi quyidagicha aniqlanadi: union { 1-elementni tavsiflash; ... n-elementni tavsiflash; }; Birlashmalarning asosiy xususiyati shuki, e‟lon qilingan har bir element uchun xotiraning bitta hududi ajratiladi, ya‟ni ular bir-birini qoplaydi. Bu yerda xotiraning shu qismiga istalgan element bilan murojaat qilsa bo„ladi, lekin buning uchun element shunday tanlanishi kerakki, olinadigan natija ma‟noga ega bo„lishi kerak. Birlashmaning elementiga murojaat xuddi struktura elementiga murojaat kabi amalga oshiriladi. Birlashmalar qo„llaniladigan xotira obyektini initsializatsiya qilish maqsadida ishlatiladi, agarda har bir murojaat vaqtida bir qancha obyektlardan faqat bittasi faollashtirilsa. Birlashma toifasidagi o„zgaruvchi uchun ajratiladigan xotira hajmi ushbu toifaning eng uzun elementi uchun ketadigan xotira hajmi bilan aniqlanadi. Kichik uzunlikdagi element ishlatilganda, birlashma toifasidagi o„zgaruvchi uchun ajratilgan xotira sohasining ayrim qismi ishlatilmaydi. Birlashmaning barcha elementi uchun xotiraning bitta adresdan boshlanuvchi bitta sohasi ajratiladi. Masalan: union { char fio[30]; char adres[80]; int yoshi; int telefon; } inform; union { int ax; char al[2]; } ua; 26 Birlashma tipidagi inform obyektini ishlatganda qiymat qabul qilgan elementnigina qayta ishlash mumkin, ya‟ni masalan inform.fio elementiga qiymat berilgandan keyin boshqa elementlarga murojaat ma‟noga ega emas. ua birlashmasi al elementining kichik ua.al[0] va katta ua.al[1] baytlariga alohida murojaat qilish mumkin. Birlashma tipiga oid misol ko„rib chiqamiz. #include { union Guruh{ int n; int m; }; Guruh w; w.n=12;// w birlashmasining n elementiga qiymat berish w.m=23; // w birlashmasining m elementiga qiymat berish cout< system("pause"); } Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling