2-amaliy mashG‘ulot kojux-tubali issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash


Download 480.25 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi480.25 Kb.
#1392441
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot


2-AMALIY MAShG‘ULOT
Kojux-tubali issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash
Bunday turdagi apparatlarda apparat diametri va trubalar soni shunday tanlanishi kerakki issiqlik tashuvchi agent talab etilgan tezlikda harakatlansin.

  1. Truba bo‘shlig‘i ko‘ndalang kesim yuzasi quyidagicha aniqlanadi:


n1 – 1 ta yo‘l trubalar soni;z – yo‘llar soni;n – umumiy trubalar soni.

  1. To‘liqsiz konstruksiyali qobiq quvurli apparatni trubalararo bo‘shlig‘ini aniqlash:


D – qobiq ichki diametri;


  1. ; N – to‘siqlar soni.

Qobiq quvirli (kojux-trubkali) apparatlarsanoat korxonalarida eng ko‘p tarqalgan jihoz turlariga kiradi. Ular tuzilish jihatdan to‘g‘ri yoki U shakldagi trubkalardan tayyorlanishi mumkin. Apparatlardagi trubkalar chambaragi (reshyotka) kojuxga qo‘zg‘almas etib payvandlangan, harorat ta’sirida harakatlanuvchi qalpoqli (golovkali) va kompensatorli bo‘lishi mumkin. Issiqlik almashinish yuzasini tashkil etuvchi trubkalarning diametri 20÷57 mm, uzunligi esa 2÷5 m bo‘ladi. Trubkalar mis, bronza, latun va qora metalldan (St.3 po‘lati) tayyorlanadi. Mazkur tipdagi apparatlarning isitish yuzalari odatda 1÷150 m2 bo‘ladi. Jihozdagi suyuqlik yo‘nalishiga ko‘ra 1, 2, 4, 6, 8 va undan ortiq yo‘lli apparatlar mavjud.


4.1- rasm. Kojux-trubali issiqlik almashinish apparatlari:


a) bir yo‘lli;
b) linzasimon kompensatorli;
v) harakatchan qopqoqli;
g) U- shakldagi trubkali;
I – suyuqlikning harakat yo‘nalishi;
II- qizdiruvchi agentning harakat yo‘nalishi;
1- kojux; 2- issiqlik o‘tkazuvchi trubalar; 3- linzasimon kompensator; 4- harakatchan qopqoq; 5- trubalar chambaragi; 6- qopqoq; 7,8- shtuserlar; 9- bolt; 10- qistirma.

Qizdiruvchi suv bug‘i odatda apparat kojuxida joylashgan trubkalar o‘ramining tashqi yuzasiga beriladi, suyuqlik esa trubkalar ichida harakatlanadi. Apparatda harakatlanayotgan bug‘ va suyuqlik oqimi parallel, qarama-qarshi yoki o‘zaro kesishuvchi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin.


Gorizontal joylashgan apparatlarda sovuq va zichligi katta bo‘lgan muhit dastlab uning quyi qismidagi trubkalarga beriladi va jihozning yo‘llari bo‘ylab yuqorida joylashgan trubkalarga ko‘tarilish jarayonida qizib, zichligi kamayadi. Natijada issiq bug‘ bilan harorati nisbatan yuqori bo‘lgan suyuqlik qizdiriladi. Pastga qarab yo‘nalgan kondensat esa quyi trubalardagi “sovuq” suyuqlikni qizdiradi. Bu esa o‘z navbatida issiqlik almashinish jarayonining tezligi o‘zgarmas bo‘lishini ta’minlaydi.
Apparatlardagi suyuqlik yo‘llari (agar ikki va undan ortiq yo‘nalishda bo‘lsa) uning qopqoqlaridagi plastinkasimon quyma to‘siqlarni trubkalar chambaragi yuzasiga zichlashuvi natijasida hosil qilinadi. Suv bug‘i yo‘nalishini murakkablashtirish, uni apparatda bo‘lish vaqtini uzaytirish hamda trubkalarning bosim va harorat ta’sirida egilishini oldini olish maqsadida kojux ichiga bug‘ qaytaruvchi to‘siqlar o‘rnatiladi. Bunday to‘siqlar perforatsiyalangan segment shaklidagi plastinkalar bo‘lib, trubkalar ularning teshiklaridan o‘tkazilgan holatda yig‘iladi.

4.2-rasm. Qizdiruvchi trubkalarni chambarak yuzasi bo‘ylab joylashtirish sxemalari:


a) olti burchakning (teng tomonli uchburchakning) qirralari bo‘ylab;
b) kvadratning qirralari bo‘ylab;
v) konsentrik aylanalar bo‘ylab;
t-trubkalarni joylashuv qadami;
dt va dr - trubkaning tashqi va ichki diametrlari;
m - trubkalar orasidagi tirqish.

Trubkalar chambarakka o‘yilgan teshiklarga razvalsovka, payvandlash va boshqa usullar bilan mahkamlanadi. Chambarak yuzasidagi bazis teshiklar teng tomonli oltiburchak (uchburchak), to‘rtburchak (koridor yoki shaxmat usulida) va konsentrik aylanalar bo‘ylab o‘yiladi (4.2- rasm).


Kojux-trubkali apparatlarda issiqlik o‘tkazish koeffitsientining qiymatlari K= 500600 Vt/(m2·K) bo‘ladi.

Download 480.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling