Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berish. Reja Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berish usullari
Download 87 Kb.
|
Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tozalab razvertkalash
- Teshiklarni sidirish
- Markazsiz jilvirlash
- Yupqa (olmosli) yo`nish
- Ishqalash (pritirlash)
Aim.uz Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berish. Reja 1. Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berish usullari. 2. Teshiklarni toza pardozlash usullarini qo’llanilishi. Teshiklarga qirindi olmasda ishlov berish silliqlovchi sharik yoki dorn (proshivka) yordamida teshiklarni kalibrlash, shuningdek teshiklarni dumalatish jarayonidir.
Silliqlovchi proshivkalar (12.1.–rasm, a) kesuvchi tig’larga ega bo`lmaydi, ular kesib ishlov bermaydi, balki yuzani mustahkamlaydi. Metalni silliqlaydi va teshik shuning hisobiga kalibrlanadi. Sharik bilan kalibrlashda (12.1.–rasm, b) press yordamida toblangan po`lat sharcha tozalab ishlov berilgan teshikdan o`tkaziladi. Sharikning diametri teshikning diametridan belgilangan miqdorda katta bo`lishi talab etiladi. Bu jarayonda plastik va elastik deformatsiya ro`y beradi va yuza elastik qayta tiklanishi mumkin. Sharik bilan kalibrlashga mo`ljallangan maxsus presslarda sharikni avtomatik qaytib kelishi ko`zda tutilgan. Kalibrlash tezligi 2–7 m/min. Dumalatish silliq va zichlangan yuza hosil qilish uchun qo`llaniladi va bochkasimon shaklli jilvirlangan toblangan po`lat roliklar (12.1.–rasm, v) yordamida amalga oshiriladi. Roliklar (10-12 dona) po`lat korpusga mahkamlanadi va korpus roliklar uchun tayanch vazifasini o`taydi. Dumalatish jarayonida ishlov berilayotgan yuzaga asbob tomonidan ko`rsatiladigan katta bosim aniq tsilindrik teshiklar olishga to`sqinlik qiladi. Shuningdek detal materialining bir xilmasligi va teshik devorining yupqaligi ham o`lcham va shakl aniqligini ta`minlashga to`sqinlik qiladi. Bularning natijasida detal deformatsiyalanishi mumkin. Dumalatish 200 m/min tezlikda va 5 mm/ayl gacha surishda bajarilishi mumkin. Dumalatish jarayonida ko`p miqdorda moylash talab etiladi. Dumalatish jarayonida zautsentsalarni teshik devoriga deformatsiyalab ketilishi kuzatiladi natijada detalni ishlatish jarayonida noqulay holat yuzaga keladi. Shuning uchun dumalatishdan oldin teshikni tozalab razvertkalash zarur. Teshiklarni tozalab ishlov berishning boshqa turlari rivojlanishi natijasida dumalatish jarayoni unchalik keng tarqalmadi. Tozalab razvertkalash – 150 mm gacha bo`lgan teshiklarga parmalash va tokarlik–revolverli dastgohlarda ishlov berishda kenga qo`llaniladi. Toza yo`nib kengaytirish – barcha turdagi ishlab chiqarishlarda qo`llaniladi, yirik seriyali ishlab chiqarishda ko`p shpindelli dastgohlarda, yakkalab ishlab chiqarishda tokarlik va bir shpindelli gorizontal yo`nib kengaytirish dastgohlarida bajariladi. Teshiklarni sidirish – teshiklarga ishlov berishda keng qo`llaniladi, tsilindrik teshiklarga ishlov berish toza razvertkalashni o`rnini bosadi. Shlitsali va boshqa shaklli teshiklarga ha mishlov berish imkoniyati mavjud. Shlitsali teshiklarni tayyorlash uchun asosiy samarador usul hisoblanadi. Shlitsali teshiklarni o`yish (dolblenie) faqat kichik seriyali va yakkalab ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Jilvirlash – toblangan detallarning teshiklariga ishlov berishda qo`llaniladi; toblanmagan kichik diametrli teshiklarga qo`llab bo`lmaydi. Katta diametrli teshiklarni jilvirlash faqat ta`mirlash ishlarida bajariladi. Markazsiz jilvirlash – tobora keng qo`llanilib borilmoqda, ayniqsa yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish ashroitlarida. Xoninglash – razvertkalash va jilvirlashdan keyin qo`llaniladigan etiltirish operatsiyasi bo`lib, avtotraktorsozlik va samolyotsozlikda keng qo`llaniladi. Yupqa (olmosli) yo`nish – asosan rangli metallarga (bronza, babbit va boshqalar) va qisman po`lat va cho`yanga ishlov berishda keng qo`llaniladi. Dumalatish – nisbatan kam qo`llaniladi, uning o`rnini xoninglash to`liq egallab bo`ldi. Xoninglash dumalatishga qaraganda yuqori aniqlikni ta`minlaydi. Ishqalash (pritirlash) – hozirda faqat yakkalab ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda iste`moldan chiqqan. Bu ishlab chiqarishlarda ishqalash o`rniga xoninglash ishlatilmoqda. Nazorat savollari 1. Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berishning qanday usullari mavjud? 2. Teshiklarni toza pardozlash usullarini tanlash qanday omillarga bog’liq? 3. Ishqalash hozirda nima sababdan iste`moldan chiqdi? Aim.uz Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling