11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash


Download 1.35 Mb.
bet1/19
Sana22.12.2022
Hajmi1.35 Mb.
#1040877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
641-20 11-15


11- Amaliy mashg‘ulot.
O‘lchov vositalarini kalibrlash



  1. Tashkiliy qism

Ishning maqsadi:
Talabalarnikalibrlash tushunchasi bilan tanishtirish. Kalibrlashni o‘tkazish usullarini to‘g‘risida olgan nazariy bilimlarni amaliy tarzda mustaxkamlash. TT220 rusumli qalinliklarni o‘lchash vositasini kalibrlash.
Kerakli qurilma va materiallar:
- TT220 rusumli qalinliklarni o‘lchash vositasi
- n qalinlikdagi usti qoplangan namuna
- kompьyuter qurilmasi;
- o‘quv kurollari.


2. Nazariy qism
O‘lchov vositalarini kalibrlash – metrologik jixatlarni xaqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash labaratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui.
Kalibrlash ikkita funksiyani bajaradi: o‘lchov vositalarini (O‘V) metroligik xarakteristikalarini haqiyqiy qiymatini aniqlash va tasdiqlash o‘chlov vositalarini qo‘llanishga yaroqliligini tasdiqlash va aniqlash.
Amaliyotda o‘lchashlar masalasini xal qilishda, kalibrlash faoliyatini o‘chlov vositalarini ishga yaroqliligini tekshirishni o‘z ichiga oladi.Xususan faqatgina o‘lchanayotgan kattalikning xaqiyqiy qiymatini emas balki, belgilangan darajadagi o‘rganayotgan o‘lchamlardagi kattaliklarni mavjudliklarini aniqlashdir.2.1TT – 220 rusumli, qoplamalarni qalinligini o‘lchash asbobini tuzilishi va qo‘llanilishi.
TT – 220 miniatyur o‘chlov pribori bo‘lib, magnitlangan metal asoslarga magnitlashmagan qoplamalarni qalinligini tez, aniq va beziyon o‘lchash uchun mo‘ljallangan. U orqali maxsulotlarni tekshirishidi kimyo sanoatida, metallga ishlov berishda va ishlab chiqarishni nazorat qilishda keng foydalansa bo‘ladi. O‘zining kichik o‘lchallari va priborga joylashtirilgan uzatkichni xisobga olib ko‘proq texnika soxalarida foydalanadi.
Asosini temir, po‘lat, zanglamas po‘latlarga berilgan nomagnit qoplamalar (alyuminiy, xrom, emalь, kauchuk, lak bo‘yoqlar) qalinligini o‘lchashda magnit zanjirida masofani o‘lchash usuli qo‘llaniladi.
Asosiy ishlash tartibi: Qurilmaning signal uzatgichi metall jismga berilgan qoplamaga zich xolda jipslashtiriladi, shu xolatda u yopiq magnit zanjirini xosil qiladi, nomagnit bo‘lgan qoplama jismga berilgan qoplamaning yupqa yoki qalinligiga qarab magnit qarshiligining o‘zgarishiga qarab xisoblanish (qarshilik signalini boshqa signalga o‘zgarishi) yo‘li bilan qoplama qalinligi aniqlanadi.
TT – 220 qurilmasi (pribor) nimalardan tashqil topganliga 1- rasmda ko‘rsatilgan :
1-signal uzatgichi;
2-suyuq kristallik indiqator;
3-«yuqori» tugmachasi;
4- «past» tugmachasi;
5-REJIM tugmachasi;
6-yoqish/o‘chirish (ON/S) tugmachasi;
7-zaryad qurilmasini ulanishini;
8-Printer ulanishini;
9-qurilmaning korpusi.


1-rasm.

O‘lchashlarda tez –tez qullanilib turadigan kalibrlashni 2ta usuli mavjud: nolь nuqtani kalibrlash va 2ta tuqta bo‘yicha kalibrlash.


1. Nolь no‘qta kalibrlash.
a) Jiimning asosida bitta o‘lchash o‘tkazing displey «XXmkm»ni ko‘rsatadi;
b) ON/S tugmachani bosing, displey <0,00 mkm>ni ko‘rsatadi, nolь nuqtani kalibrlash tugadi;
v) Nolь nuqtani aniq kalibrlash uchun «a» va «b» bandda bajarilgan usullarni takroran bajarish kerak.
Takroran bajarisi davomiyligi, kachonki asosida o‘lchangan kattalik 1 mkm dan kam bo‘lgancha. Bu o‘lchashlarni aniqligini oshiradi. Nolь nuqtani kalibrlashdan so‘ng, o‘lchov ishlarga kirishish mumkin.
2. 2ta no‘qtali kalibrlash
a) Oldin nolь nuqtani kalibrlang (yuqorida bajarilgan ishlar) ;
b) O‘tkazilishi kerak bo‘lgan jismga (konstraksiya) berilgan qoplama
qalinligiga yaqin bo‘lgan qoplamalik etalon material (metall listi) da birlanchi o‘lchov o‘tkaziladi. Displey «XXMKM»ni ko‘rsatadi;
v) Etalon materialni (metall list) nominal kattaligining ko‘rsatkichlariga moslashtirish uchun d yoki t tugmachalardan foydalaning. Shunday qilib kalibrlash yakunlandi va o‘lchovlarni boshlash mumkin.
Kalibrlash uchun d va t tugmachalardan foydalanish shart. Displeydagi ko‘rsatkich , etalon materialning nominal kattaligi bilan bir xil bo‘lsa ham d yoki t tugmachani bir marta bosing. Tasodifiy xatoliklarni kamaytirish va kalibrlashni aniqligini oshirishi maqsadida , yuqoridagi «a» va «b» bandlardagi usunlarni qaytarish maqsadga muvofiddir.
3. Bazali kalibrlash.
Quydagi xolatlarda bazali kalibrlash zarurdur:
Signal uzatkichining chekka qismini yemilishida;
Signal uzatkichini ta’miridan so‘ng; maxsus uchun qo‘llanilganda. Agaryo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan og‘ishish ko‘rinarli darajada oshsa, bunday xolda signal o‘zatkichining xolatlari takroran kalibrlanadi va bu asosiy kalibrlash deb ataladi . Signal uzatkichini qayta kalibrlash, oltita standart kattalik kiritish, yo‘li bilan bajarilishi mumkin (bitta nolь kattalik va beshta qalinlik kattaligi).
Bazali kalibrlash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) Asbob yoqilgunga qadar t tugmachani qo‘yvormasdan bosib turgan xolda ON/S tugmachani bosing. Asbob tovishli signal bilan bir paytda bazali kalibrlash xolatiga kiradi va displeyda V – Calibrate yozuvchi ko‘rinadi.
b) Oldin nolь nuqtani kalibrlang (nolь nuqtani kalibrlashga qarang) kalibrlash aniqroq darajada bo‘lishni va o‘rtacha kattalikni olish uchun bu jarayonni (protsessni) ko‘p marta qaytaring
v) Qoplamani qalinligini o‘sish tartibiga binoan 5 marta kalibrlash o‘tkazish uchun etalon material (metall list) dan foydalaning («a» va «b» bandidagi ikki nuqtali kalibrlash ) .Tartib bo‘yicha olingan kattalik, oldingi olingan kattalikdan N martayuqori bo‘lishi shart. Ideal (asl) farq 2 karra bo‘lgani yaxshi, ya’ni : 50,100,200,400,800 mkm. Maksimal kattalik, signal uzatkichining maksimal o‘lchash diapazonliga yaqin lekin yuqori bo‘lmasligi kerak :
g) 6ta kattalik chiqarilgandan so‘ng nolь nuqta va xotirada zaxiralangan yangi kalibrlangan kattaliklar birgaligida, asbob avtomatik tarzda asbob yana ishga tushirilganda, u kalibrlangan kattaliklarga moslashgan xolda ishlaydi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling