11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash


Download 1.35 Mb.
bet3/19
Sana22.12.2022
Hajmi1.35 Mb.
#1040877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
641-20 11-15

12- Amaliy mashg‘ulot.
O‘lchash birxilligini taьminlash bo‘yicha standartlarni o‘rganish



  1. Tashkiliy qism

Ishning maqsadi:
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lib o‘lchashlar to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi. Hozirgi zamon metrologiya 3 bo‘limdan iborat:
nazariy metrologiya;
− qonuniy metrologiya;
amaliy metrologiya;
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib hisoblanadi:
− Milliy etalonlar kompleksi bo‘lib ularga kattalik birliklarini takrorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan.
− O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish usularining qonuniyligini o‘rnatish tizimi.
− Birliklar o‘lchashligini etalonlardan ular bilan o‘zaro bo‘ysunishda bo‘lgan o‘lchash vositalariga uzatish tizimi.
Tizimning tashqiliy asosi bo‘lib, O‘zbekiston metroxizmati hisoblanadi, Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashqil topgan. Tizimning qonuniy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”dagi qonuni hisoblanadi.
Metrologiya xizmatining raxbariy va yetakchi markazi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ O‘zstandart hisoblanadi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart agentligi”)ning tashqiliy tuzilishi 1-rasmda, “O‘zstandart” agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-rasmda ketirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va seritifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashqil etish to‘g‘risida”gi qarorinning 3-ilovasida “O‘zstandart” agentligi to‘g‘risida nizom keltirilgan.
“O‘zstandart” agentligi tuzilishi quyidagilar kiradi:

  • Xududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (3-rasm);

  • Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari;

  • Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi;

  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (4-rasm);

  • Milliy etalonlar markazi (5-rasm);

  • Shtrixli kodlashtirish markazi ;

  • Axborot-ma’lumotlar markazi ;

Yuridik shaxslarning metrologiya xizmati Davlat boshqaruv organlari, birlashmalar va tashqilotlar tomonidan zaruriy xollarda “Bosh metrologiya xizmati” yoki “Asos metroogiya xizmati” shaklida ochilishi mumkin.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining me’yoriy-xuquqiy asosi bo‘lib O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini ta’minlash Davlat sistemasining hujjatlar kompleksi hisoblanadi.
Bu kompleks tarkibiga xalqaro, davlatlararo va milliy me’yoriy va uslubiy hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha qancha, me’yoriy va ishlarni bajarish tartibini aniqlaydi, bu esa Davlatning ishlab chiqarish va iqtisodiy integratsiyasiga va savdodagi to‘siqlarni bartaraf qilinishga imkon beradi.






Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling