Mavzu: Ekinlarning yanchish va sidirish jarayonlariga ta`sir etuvchi texnologik xossalari


Download 45.26 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi45.26 Kb.
#1579356
  1   2
Bog'liq
Botir 2- mustaqil ish


Mavzu: Ekinlarning yanchish va sidirish jarayonlariga ta`sir etuvchi texnologik xossalari.
Donni boshoqdan, popukdan, so`tadan, dukkakdan yanchish yo`li bilan ajratiladi. Yanchish – o`simlik massasiga zarbalar berish va uni sirtlar orasidan olib o`tishdir. Olib o`tishda zarba berish (savalash) va sidirish natijasida boshoqda, so`tada, popukda, dukkakda donni ushlab turuvchi bog`liqliklar buziladi. Don bilan boshoq orasidagi bog`liqlikning mustahkamligi ekin turi va navi, uning pishganligi va namligiga bog`liq
Bu bog`liqliklar donli ekinlarni yanchish jarayoniga har xil ta`sir ko`rsatadi, ya`ni, yanchish va sidirishga sarflanadigan energiya miqdori har xil bo`ladi. Yanchish qurilmalarining don massasiga ta`siri nafaqat donni boshoq bilan bog`liqligini bartaraf etuvchi deformatsiyalarni hosil bo`lishiga, balki, poyalarni deformatsiyalariga (uzilish, sindirish, ezish va hakozo) ham sababchi bo`ladi.
Shuning uchun ham yanchish texnologik jarayonini ratsional tuzish uchun yanchilayotgan massaning xossalarini va uning yuqorida keltirilgan deformatsiyalarga qarshilik ko`rsatish qobiliyati to`g`risidagi ma`lumot-larga ega bo`lish lozim. Bu xossalar juda keng chegarada o`zgaradi, ularni baholashda esa statistika metodidan foydalanishga va ko`rsatkichlarning o`rtacha qiymatini aniqlashga to`g`ri keladi.
Poyalarning mustahkamligi va uzilishga qarshiligi ularning o`lchamlari, namligi, navi, ekin turiga va har bir o`simlikning rivojlanish sharoitiga bog`liq. Donni eng yaxshi, sifatli yanchib ajratib olishga u to`liq pishgandan so`ng erishish mumkin. Bu esa boshoqli don va boshqa ekinlarni o`rib-yig`ish muddatlarini aniqlashda asosiy omil bo`lib hisoblanadi.
O`simliklarning uzunligi va yotib qolishi. O`simliklarning kesilishi, ularniyanchish, donni poxoldan ajratish va tozalash g`alla yig`ish mashinalarining asosiy jarayonlaridir. Ularning ish o`rsatkichlari poyalarning va po`stloqli donning parametrlari, ularning massalarini o`zaro nisbati, namligi va boshqa omil faktor) larga bog`liq. Yig`ib olinadigan o`simliklarning mashinalarni rostlashda hisobga olinishi zarur bo`lgan xossalarini ko`rib chiqamiz.
O`simliklarning uzunligi lr ga kesish balandligi, tashish qurilmalarining rostlanishlari, yanchish moslamasida massaning harakati bog`liq. Ya`ni, lr<50 sm bo`lganda o`rgichning o`tishida nobudgarchilik oshadi, lr>120 sm bo`lganda esa tashish va yanchish moslamalarining ish jarayoni qiyinlashadi. Kombaynga uzatilayotgan kesilgan o`simliklarning optimal uzunligi 70-90 sm ni tashkil etadi.
Poyalarning tik turgan holatidan og`ishi (egilishi) yotib qolishlik
koeffitsiyenti λn bilan baholanadi:
100(h) /
bu yerda h – tuproq yuzasidan boshoqning uchigacha bo`lgan masofa.
Koeffitsiyent λn ning oshishi bilan kombaynning ishchi tezligi pasayadi, ish jarayonining buzilish ehtimolligi oshadi va boshqarish qiyinlashadi. O`simliklar qancha past bo`lsa, yotib qolishlik o`rgich va yanchish moslamasining ishiga shunchalik sezilarli ta`sir ko`rsatadi. ya`ni, λn=50% (lr=70-90 sm) va λn=30% (lr=50-60 sm) bo`lganda mashinalarning ishchi tezligi va ishlab chiqarish normalarini pasaytirishga to`g`ri keladi.
Koeffitsiyent λn ni baholash uchun o`simliklarning uzunligi lr va masofa h ni 100 va undan ko`p marta o`lchanadi. Buni daladan o`tish yo`lagi bo`yicha uzunasiga 5-10 ta joyda bajariladi. Olingan ma`lumotlar bo`yicha o`rtacha uzunlik va yotib qolishlik koeffitsiyenti topiladi.
Donning pishib yetilganligi. G`allani mexanizasiyalashgan o`rim-yig`imga tayyorligi donning pishib yetilganligi bo`yicha aniqlanadi. Pishib yetilganlikning uchta fazasi farqlanadi: sutli, mum va to`liq pishgan.
Sutli pishib yetilganlik boshoqning o`rta qismidagi don optimal
o`lchamlariga yetganda boshlanadi, po`stloqli donni ezganda oq suyuqlik ajralib chiqadi, poyalar yashil ko`rinishda va pastki barglari quriy boshlaydi. Sutli pishib yetilganlik fazasida donni yanchib olish qiyin, u mashinaning ishchi organlariga kelib urilganda oson eziladi. Sutli pishib yetilganlik fazasining oxirida don-furaj (yem-xashak) ekinlarni ozuqa uchun yig`ish va maydalangan o`simliklardan donador hamda briket ko`rinishida don va o`t konsentrati tayyorlash afzalroq. Shu fazada yig`ilgan massada protein va karotin keyingi fazalarda yig`ishtirib olingan massanikiga nisbatan 30-45% ko`p.
Sutli pishib yetilganlik fazasi hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib 10-20 kun davom etadi.
Mum pishib yetilganlik g`allaning shunday holatiga mos keladiki, bunda
don ortiqcha namni chiqaradi va unda oziq moddalar to`plash jarayoni tugaydi. U mum konsistensiyasiga ega bo`lib, tirnoq bilan yengil kesiladi. Bu fazada poyalar sarg`ayadi, barglarning ko`p qismi quriydi, po`stloqdagi donning bog`lanish kuchlari va chegaraviy deformatsiyalari sutli pishib yetilganlik fazasidagidan kichik.
Lekin, donning o`z-o`zidan to`kilishi ro`y bermaydi, pishib yetilmagunicha uni yanchib olish qiyin.
O`simliklarni kesish, ularni pishishi uchun anqizda qator uyumga yotqizib shakllantirish, so`ngra yanchish uchun qator uyumdan yig`ib olish mumkin.
Bu fazaning davomiyligi hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib 6-12 kun davom etadi.
To`liq pishganlik qattiq, tirnoq bilan kesilmaydigan don bilan
xarakterlanadi. Po`stloqdagi donni guldon bilan bog`liqligi kuchsizlanadi. Zarba tezligi υzar=2,0-2,5 m/s bo`lganda don to`kilishi va boshoqlar sinishi mumkin.
Yig`ib olishni qisqa muddatlarda o`tkazish maqsadga muvofiq. Yig`ib olish muddatining davomiyligi 10 kundan oshib ketishi donning to`kilishi va boshoqlarning sinishiga olib keladi.
Donni pishganligini baholash uchun dalaning diagonali bo`yicha 10 ta joyidan namuna yig`ib olinadi. Yig`ib olingan o`simliklarni yanchiladi.
O`lchanadigan don massasini (300 g) pishib yetilganlikning fazalari bo`yicha tekshiriladi. Mum va to`liq pishganlik fazalarini uzunligi 25 sm gacha bo`lgan 10- 15 dona poxolpoyani boshoqlari bilan birga eozinning suv bilan 1% li eritmasiga solib baholash mumkin. Sutli fazadagi donli boshoqlar bo`yoq moddada 3 soat bo`lishi davomida yarqiragan (yorqin) ko`rinish-ga ega bo`ladi, mum va to`liq pishganlari esa o`z rangini o`zgartirmaydi.
Pishganlikni har qaysi fazasini don miqdori 75% dan kam bo`lmagan tarkibdan foizlarda aniqlanadi.
O`simlik massasining poxolliligi. Don va donsiz qismi (poxol, qipiq, to`pon) orasidagi o`zaro munosabatni poxollilik koeffitsiyenti bilan baholanadi:
s d s  m m m
bu yerda ms – o`rilgan o`simliklarning donsiz qismi massasi; md – don massasi.
Massalar ms va md larni har qaysining o`lchami 0,25 m2 bo`lgan 10 ta maydonchalardan olingan namunalarni tortish orqali o`lchab aniqlanadi.
Maydonchalarni o`rilgan o`tish yo`lining ikkala o`rilmagan tomoniga 1 m ichkariga kirib tanlanadi.
Yig`ishtirib olinayotgan g`allaning poxollilik koeffitsiyenti β katta
chegarada o`zgaradi: u uzunpoyali, kam hosilli ekinlar uchun katta va poyasi kalta, don hosildorligi yuqori ekinlar uchun kichik. β ning o`rtacha qiymati bug`doy uchun 0,5-0,6, javdar uchun 0,65-0,75, arpa va suli uchun 0,48-0,52 ni tashkil etadi.
G`alla yig`ish kombaynlarining yanchgichlarini loyihalash va ularning ishini baholashda β0=0,6, ya`ni md/ms=1,0/1,5 ga teng.

Download 45.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling