Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini o’rganish va hisoblash. Reja


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1416837
  1   2   3   4
Bog'liq
3 amalyot Bug’latish qurilmalarini oziq ovqat sanoatida qo’llanilishini


Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini o’rganish va hisoblash.




REJA:

  1. Bug‘latgichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari.

  2. Umumiy temperaturalar farqi.

  3. Qurilmalarning avzallik va kamchiliklari.

Bug‘latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari
Bug‘latish qurilmalarini klassifikatsiyalash usullari kо‘p. Lekin, bug‘latish qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyatsiyasining turi va karraligi klassifikatsiyalashning asosiy belgilari deb xisoblash mumkin. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida uch xil bug‘latish qurilmalari keng tarqalgan:
1. Erkin (tabiiy) sirkulyatsiyali bug‘latish qurilmalari;
2. Majburiy sirkulyatsiyali bug‘latish qurilmalari;
3. Yupqa qatlamli (plyonkali) bug‘latish qurilmalari.
Zamonaviy bug‘latish qurilmalarining isitish yuzalari 10...1800 m2. Bug‘latkichlar konstruksiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari, kristallinishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, xar bir korpusdagi foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik xususiyatlari xisobga olinishi zarur.
Bug‘latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli pо‘latlardan tayyorlanadi.
Quyida, sanoatda eng keng tarqalgan, tipik bug‘latkichlar konstruksiyalari keltiriladi.
Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyatsion trubali bug‘latkich. Vertikal qobiq 1 ning pastki qismida isitish kamerasi 2 joylashgan. О‘z navbatida isitish kamerasi ikkita teshikli panjara va unga razvalsovka usulida maxkamlangan qaynash trubalari 3 dan tarkib topgan. Isitish kamerasining о‘rtasiga qaynash trubalariga qaraganda diametri kattaroq sirkulyatsion truba 4 о‘rnatilgan bо‘ladi.
Isitish kamerasining trubalararo bо‘shlig‘iga issiqlik eltkich, ya’ni suv bug‘i yuboriladi.
Eritma esa qurilmaning teshikli truba panjarasi ustiga uzatiladi va sirkulyatsion truba orqali pastga oqib tushadi. Sо‘ngra, isitish natijasida zichligi kamayib, qaynash trubalari bо‘ylab tepaga kо‘tariladi va truba ichidan ma’lum bir masofada qaynaydi. Xosil bо‘lgan ikkilamchi bug‘ separatsion bо‘shliq 5 ga kо‘tariladi va tomchi ushlagich 6 da inersion kuch ta’sirida mayda eritma tomchilaridan ajratiladi. Undan keyin, ikkilamchi bug‘ qurilmadan chiqib ketadi.
Quyuqlashtirilgan eritma konussimon tubdagi shtuser orqali oraliq yoki tayyor maxsulot sifatida chiqariladi.
Y

uqorida qayd etilgandek qaynash va markaziy (sirkulyatsion) trubada eritmaning sirkulyatsiyasi uning zichliklari farqi ostida rо‘y beradi. Eritma zichligi farqining xosil bо‘lishiga sabab, isitish kamerasi yuzasining markaziy trubanikidan ancha kattaligidir.
Ma’lumki, isituvchi kamera trubalarida eritmadan bug‘ ajralib chiqishi, markaziy trubaga qaraganda ancha intensiv bо‘ladi. Demak, qaynash trubularida eritmaning zichligi, markaziy trubanikidan pastroq bо‘ladi. Natijada, zichliklar farqi ta’siri ostida eritma erkin sirkulyatsiya qiladi va issiqlik о‘tkazish jarayoni jadallashadi. Undan tashqari, eritma sirkulyatsiyasi truba yuzasiga sopolsimon, g‘ovak qatlam (nakip) о‘tirib qolishiga qarshilik kо‘rsatadi.
Bu turdagi qurilmalar vakuum ostida ishlaganda, qaynash temperaturasi pasayadi. Demak, past bosimli issiklik eltkichlardan foydalanish mumkin. Ushbu usulda yuqori temperaturalarga bardosh berolmaydigan eritmalarni bug‘latish tavsiya etiladi.
Bug‘latish jarayonida vaqt о‘tishi bilan eritmaning fizik va issiqlik-diffuzion xossalari о‘zgaradi. Bu xol issiqlik berish jarayoniga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
Qurilmaning kamchiliklari: trubalar teshikli panjaralarga qattiq, qо‘zg‘almas qilib maxkamlanganligi uchun qobiq va trubalarning temperatura ta’sirida uzayishiga yо‘l qо‘ymaydi; markaziy truba isitish kamerasining ichida о‘rnatilgani uchun temperatura farqi kam bо‘ladi, natijada zichliklar farqi xam oz bо‘ladi, ya’ni sirkulyatsiya karraligi kamayadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling