Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini o’rganish va hisoblash. Reja


Y upqa qatlamli (plyonkali) bug‘latkichlar


Download 0.54 Mb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1416837
1   2   3   4
Bog'liq
3 amalyot Bug’latish qurilmalarini oziq ovqat sanoatida qo’llanilishini

Y
upqa qatlamli (plyonkali) bug‘latkichlar
yuqori temperaturaga chidamsiz eritmalarni quyuqlashtirish uchun qо‘llaniladi. Qurilma trubalari orqali eritmaning bir marta о‘tishi natijasida bug‘latish jarayoni sodir bо‘ladi.
Eritmaning xarakat yо‘nalishiga qarab, kо‘tariluvchi va pastka oqib tushuvchi yupqa qatlamli bug‘latkichlarga bо‘linadi.
Yupqa qatlamli bug‘latkichlar isituvchi kamera va separatordan tarkib topgan bо‘ladi (5-rasm).
Isituvchi kamera trubalari 7...9 m uzunlikda bо‘lib, suv bug‘i yordamida isitiladi.
5a-rasmda kо‘tariluvchi qatlamli bug‘latkich kо‘rsatilgan. Boshlang‘ich eritma uzluksiz ravishda isituvchi kameraning pastki qismiga yuboriladi va trubalarning 20..25% uzunligini tо‘ldirib turadi. Trubalarning qolgan qismi bug‘ - suyuqlik aralashmasi bilan band bо‘ladi.
Ushbu aralashma truba devorida yupqa qatlamli suyuqlikka va uning о‘qida bug‘ agregat xolatiga ajralgan bо‘ladi. Bug‘ oqimi xarakati paytida suyuqlik qatlamiga ishqalanish oqibatida yupqa qatlam turbulizatsiyaga uchraydi va uning yuzasi jadal ravishda yangilanib turadi. Shu omillar xisobiga yuqori issiqlik о‘tkazish koeffitsiyenti va katta bug‘latish yuzasiga erishiladi.
5b-rasmda pastga oqib tushuvchi qatlamli bug‘latkich tuzilishi keltirilgan. Bunday qurilmada boshlang‘ich eritma isituvchi kameraning yuqori qismiga uzatiladi.
Quyuqlashtirilgan eritma, separatorning pastki qismidan chiqariladi.
Yupqa qatlamli bug‘latqichlarning issiqlik almashinish yuzasi 63...2500 m2 bо‘lib, 38 va 57 mm li trubalardan yasaladi.
Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa.
Kamchiliklari; isituvchi bug‘ bosimi tebranib turgan xollarda ishlashi bir tekisda emas. Agar, ish rejimi buzilsa, qurilmani sirkulyatsiyali ishlash rejimiga о‘tkazish mumkin.


Tekshirish uchun savollar:

  1. Osma isituvchi kamerali bug‘latgich qanday tuzilgan?

  2. Majburiy sirkulyatsiyali bug‘latkichlar kamchiliklari nimada?

  3. Yupqa qatlamli bug‘latgichlar qanday maqsadda ishlatiladi?

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling