2 mundarija


6 O‘zbekistondagi shisha korxonalarining faoliyati


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

4.
6
O‘zbekistondagi shisha korxonalarining faoliyati.
 
O‘zbekistonda shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar Quvasoy
G‘azalkent va Toshkent shahrida joylashgan. Quvasoy korxonasida asosan deraza 
oyna, transport oynasi va ichimliklar uchun butilkalar chiqariladi. G‘azalkent 
korxonasida deraza oyna va Toshkent shahri “Oniks”, “Asl oyna” va “Farm-glass” 
korxonalarida billur buyumlari jimjimador butilkalar va farmatsevtika idishlari 
ishlab chiqariladi. 


37 
Rasm 1. SHisha korxonasi - xom ashe saklash bunkerlari kurilishi. 
Rasm 2. Birkomponentli shnekli dozirovka kompleksi (avtomat tarozilar) KDU-
SH. 
5. SHishakristall materiallar va bu sohada O‘zbekiston olimlarining
izlanishlari. 
Suyuqlantirilgan shishalarni kristallantirib tekis mayda kristalli shishalar 
olinadi, bular sitallar deb ataladi. Sitallar mexanik ta’sirlarga chidamli materiallar 
bo‘lib, mustahkamligi ularni hosil qilgan shishalarning mustahkamligidan ba’zan 5 
marta ortiq ham bo‘ladi va cho‘yanning mustahkamligiga yaqinlashadi. Sitallar 
kimyoviy ta’sirlarga va issiqa chidamli materiallardir. SHishalardagi kimyoviy 


38 
komponentlarning kimyoviy tarkibini va qizdirish me’yorini tanlash orqali 
sitallarni tegishli kristallik tuzilishlarni hosil qilish mumkin, ya’ni kerakli bir 
xossaga ega yoki birdaniga bir necha hossalarga ega sitallarni tayyorlasa bo‘ladi. 
Sitallar qurilish ishlarida, elektotexnikada, xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida katta 
ahamiyatga ega yangi materialdir. Ximiya zavodlarida endi chiqit bo‘lmaydi
butun chiqitlar sitallar ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladi va bular chiqitsitall 
deyladi.
Sitallar o‘zini yuqori fizik-mexanik xossalari bilan keramik materiallardan 
bir necha bor ustun turadi. Hozirgi vaqtda sitallardan bo‘lgan mahsulotlar xorijiy 
mamlakatlarda keng o‘rin olgan, ayniqsa Amerika (Korning firmasi), YAponiya, 
Germaniya, Fransiya, Belgiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda. Bu 
mamlakatlarda sitall asosida (LiAlSi
2
O
6
)
olingan mahsulotlar metall o‘rini bemalol 
bosishi mumkin. Afsuski, bizning Respublikamizda sitall mahsulotlarini olish 
uchun zavodlar yo‘q, lekin Respublika olimlari bu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqiot ishlarini olib borishmoqda. Ayniqsa, bu yo‘nalish bo‘yicha prof. Ismatov 
A.A., prof. Sirojiddinov N.A., prof. YUnusov M.YU. larning xissalari kattadir. 
Prof. Sirojiddinov N.A. MgAl
2
Si
5
O
18
-
SiO

, MgAl
2
Si
5
O
18 
- MgAl
2
O

,LiAl-
SiO

- MgAl
2
O

, , LiAlSi
2
O

- MgAl
2
O

. , LiAlSi
4
O
10
- MgAl
2
O

sistemalari 
asosida yangi sitallar olishga erishdilar. U olingan materiallarning solishtirma 
og‘irligi, nur sindirish koeffitsienti, mikroqattiqligi, mexanik hossalari, issiqlikdan
kengayish koeffitsienti qiymati kabi parametrlarini kimyoviy tarkib va haroratga 
bog‘liqligi qonuniyatlarni yaratdi. Sitallarda hosil bo‘lgan evkriptit, spodumen va 
kordieritlarning tuzilishi va parametrlarga oid aniqliklarni kiritdi. 
Prof. Ismatov A.A., prof. YUnusov M.YU., prof. Aripova M.X. tamonidan 
melilit, diopsid, anortit, apatit kabi kimyoviy birikmalar ishtirokidagi sistemalar 
mukammal o‘rganildi. SHu sistemalar asosida yangi tarkibli sitallar sintez qilindi. 
Ularning tuzilishi, hossa-hussusiyatlari va tadbiq etish imkoniyatlari chuqur 
o‘rganildi. Olingan mahsulotlarning texnikada yarimo‘tkazich sifatida, tibbiyotda 
esa implantatlar rolini o‘ynashi mumkinligini tasdiqlandi. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling