69
SHisha lentasida katta toshlar paydo bo‘lsa, lentani uzilmasligi uchun ularni
2-3 juft valiklar orqali o‘tkazib yuboriladi. YUqoridan “lodochka”ga tushayotgan
shisha siniqlari darhol chet tomonlarga uloqtiriladi. Sababi shisha sinig‘i
lentaga
yopishib qolishi mumkin.
Lenta qisqarishi shishamassani lodochka konusida qayta sovutish va kristallanish
natijasidan kelib chiqadi. Bunga sabab mashinani uzoq ishlashi yoki mashina osti
kamerani etarli qizdirilmaganligidir. Buni oldini olish uchun bortlar maxsus ilgak
bilan tozalanadi.
Lenta bo‘rtig‘i (gorblenie) shisha massasini yoriqcha konusida ushlanib
qolishidan va bortlarni lenta o‘rtasiga nisbatan tarang tortilganidan kelib chiqadi.
Bo‘rtiq hosil bo‘lishi ko‘pincha yuqori tezlikda tortishdan, shisha massa oqimining
temperaturasi bir xil bo‘lmaganidan, yoki “lodochka”
bir tomonga chuqurroq
botirilganidan kelib chiqadi. Bu holatni oldini olish uchun bortlarni bo‘shatish,
lentani sovishini bir xilligini ta’minlash, shisha massa oqimi temperaturasini
tenglashtirish, agar iloji bo‘lsa “lodochka” ni gorizantal
holatga keltirish lozim
bo‘ladi.
Lentalarda valiklar izi mashina ost kamerasida etarli
sovutilmaganidan kelib
chiqadi. Buni yo‘qotish uchun lentani etarli darajada sovutish lozim bo‘ladi.
“YOlka” – tortish jarayonidagi nosozliklar. Lodochka yorig‘i orqali o‘tayotgan
shisha massa miqdori mashina valiklari tortayotgan shisha miqdoridan oshib
ketadi. “YOlka” kanalda shisha massa temperaturasini
birdan oshib ketishidan,
lodochkani unga chuqur o‘rnatilganidan hosil bo‘ladi. Buni oldini olish uchun
kanal temperaturasi pasaytiriladi, iloji bo‘lsa lodochka yuzaroq o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: