2 mundarija


Ishlab chiqarish temperatura rejimi


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

Ishlab chiqarish temperatura rejimi. 
Ishlab chiqarish kanallarini temperatura rejimi shishaning tarkibi va 
mashinalarning joylashish sistemasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
SHisha lentasidagi nosozliklar va ularni bartaraf etish. 


69 
SHisha lentasida katta toshlar paydo bo‘lsa, lentani uzilmasligi uchun ularni 
2-3 juft valiklar orqali o‘tkazib yuboriladi. YUqoridan “lodochka”ga tushayotgan 
shisha siniqlari darhol chet tomonlarga uloqtiriladi. Sababi shisha sinig‘i lentaga 
yopishib qolishi mumkin.
Lenta qisqarishi shishamassani lodochka konusida qayta sovutish va kristallanish 
natijasidan kelib chiqadi. Bunga sabab mashinani uzoq ishlashi yoki mashina osti 
kamerani etarli qizdirilmaganligidir. Buni oldini olish uchun bortlar maxsus ilgak 
bilan tozalanadi.
Lenta bo‘rtig‘i (gorblenie) shisha massasini yoriqcha konusida ushlanib 
qolishidan va bortlarni lenta o‘rtasiga nisbatan tarang tortilganidan kelib chiqadi. 
Bo‘rtiq hosil bo‘lishi ko‘pincha yuqori tezlikda tortishdan, shisha massa oqimining 
temperaturasi bir xil bo‘lmaganidan, yoki “lodochka” bir tomonga chuqurroq 
botirilganidan kelib chiqadi. Bu holatni oldini olish uchun bortlarni bo‘shatish, 
lentani sovishini bir xilligini ta’minlash, shisha massa oqimi temperaturasini 
tenglashtirish, agar iloji bo‘lsa “lodochka” ni gorizantal holatga keltirish lozim 
bo‘ladi. 
Lentalarda valiklar izi mashina ost kamerasida etarli sovutilmaganidan kelib 
chiqadi. Buni yo‘qotish uchun lentani etarli darajada sovutish lozim bo‘ladi.
“YOlka” – tortish jarayonidagi nosozliklar. Lodochka yorig‘i orqali o‘tayotgan 
shisha massa miqdori mashina valiklari tortayotgan shisha miqdoridan oshib 
ketadi. “YOlka” kanalda shisha massa temperaturasini birdan oshib ketishidan
lodochkani unga chuqur o‘rnatilganidan hosil bo‘ladi. Buni oldini olish uchun 
kanal temperaturasi pasaytiriladi, iloji bo‘lsa lodochka yuzaroq o‘rnatiladi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling