2 mundarija
Ishlatiladigan hom ashyolar
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Davlat standarti talablari
2..Ishlatiladigan hom ashyolar.
Qurilish shishasi ishlab chiqarishda quyidagi hom ashyo materiallari qo‘llanadi: kvars qumi, soda, dala shpati, dolomit, ohak. Listli deraza oynasini kimyoviy tarkibi quyidagicha (%da) : SiO 2 –70-72, Al 2 O 3 –1,5-2, SaO–7,5-8, MgO–3-3,5, Na 2 O–15-15,5. Kvars qumi orqali SiO 2,, soda orqali Na 2 O, dala shpati orqali Al 2 O 3, dolomit orqali-SaO, MgO, ohak orqali SaO oksidlari kiritiladi.. “ G‘azalkent oyna” korxonasida ishlab chiqariladigan deraza oynasi uchun quyidagi hom ash’yolar ishlatiladi. Hom Gost Oksid tarkibi mass.% 65 ashyoni nomlanishi talabi SiO 2 Al 2 O 3 SaO MgO K 2 O Na 2 O CO 2 Fe 2 O 3 Qizd yo‘qot . Maysk kvars qumi 27501-77 94,2 2,79 0,39 0,3 1,2 0,2 0,006 0,18 0.54 Coda 5100-85 57,2 - 42,8 Guzar dolomiti 23172-79 1,5 0,8 31 20 - 0,1 46,5 0,1 SHisha sinig‘i 111-90 73 1,88 6,00 4,00 1,00 14 0,12 Dala shpati Lolabuloq 13431-77 73.23 15,41 0,70 0,31 5,72 3,20 - 0,08 - 3. Davlat standarti talablari Respublikamizda listlangan deraza oynasi GOST-111 – 90 ga muvofiq ishlab chiqariladi. Listlangan deraza oynasi sifat ko‘rsatkichiga qarab GOST ga muvofiq 3 ta navga: 1chi, 2chi, 3chi navlarga ajratiladi. Oyna navi uning rangi, bukilganligi, pufakchalar saqlanganligi, svillar, mexanik nosozliklari va razmeriga qarab belgilanadi. Oynaning barcha navlari rangsiz bo‘lishi kerak; kuchsiz yashil va ko‘k rangli xillarga yo‘l quyiladi. Bu ranglar oynaning nur o‘tkazishiga ta’sir etmasligi lozim, ya’ni shaffof (tiniqligi) 87% dan kam bo‘lmasligi kerak. Barcha navlarning bukilganligi uzunligi bo‘yicha 0,3% dan oshmasligi lozim. Oynaning barcha navlari suv va ishqorga chidamli bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda listlangan deraza oynasi ishlab chiqarish mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Qurilish shishaning fizik-texnik ko‘rsatkichlari quydagicha: xajmiy og‘irligi 2450-2550 kg/m 3 , qattiqligi 5-7, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,6-1,15 kkal/msoat, siqilish va egilishga chidamligi 1000kg/sm 2 . Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling