2 mundarija


 Mavzu: Shisha va keramik materiallar ishlab chiqarish sanoatinig


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

2 Mavzu: Shisha va keramik materiallar ishlab chiqarish sanoatinig 
rivojlanishi to’g’risida ma’lumot va uning zamonaviy holati. 
Reja: 


10 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish usullari, avzallik va 
kamchiliklari.
Shisha taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bogʼliq. Uning ko’p 
xususiyatlari bor. Аyniqsa—shaffofligi hamda pishiqligidir. Unga yomgʼir, sovuq, 
shamol, quyosh nuri taʼsir etmaydi. 
Shishadan turli xil uy-roʼzgʼor, bezak buyumlari, texnika asboblari 
yasaladi. Shishaning kashf etilishi turli-tuman shakllardagi butilkalar, har xil 
idishlar, vazalar, stakan, qadahlar qisqasi, turmush uchun zarur boʼlgan 
buyumlarni koʼplab ishlab chiqarilishiga olib keldi. 
Ha, shisha bilan raqobatlasha oladigan moddalar juda kam. Kimyoviy 
pishiq moddalarni tabiiy va sunʼiy kristall moddalari orasidan koʼplab topish 
mumkin, ammo shishadek shaffof hamda keng tarqalgan va tannarxi arzon bulgan 
qotishmani axtarib topish amri mahol. 
Shisha asrlar davomida asosan, tinchlik maqsadlari uchun xizmat 
qilmoqda. U ming yillar davomida kishilar uchun taom yeyish, ayollarga bezak, 
bolalar uchun esa oʼyinchoq sifatida xizmat qilib keladi. 
Silikat materiallar ishlab chiqarishda turli xil usullardan foydalaniladi. 
Masalan, keramik mahsulotlar olishda xo’l va yarim quruq usullar, bog’lovchi 
materiallar ishlab chiqarishda quruq va xo’l usullar, shisha sanoatida esa asosan 
quruq usuldan foydalaniladi.
Qorishmani briket qilish. Qorishmaning bir jinsliligini saqlab qolish, 
changlanishini kamaytirish, maqsadida omihtani briket qilinadi. Qorishma briket 
qilinishi natijasida sanitar ish sharoitlari yaxshilanib, pech kamroq buzilib, ishlash 
davomiyligi pishirish tezligi oshadi.
Transportirovkada 
qorishmaning 
to'kilishini 
maksimal 
darajada 
kamaytirish uchun qorishma yo'lining uzunligini qisqartirish, ko'tarish, tushirish, 
titratishlarning oldini olish kerak. Qorishmani juda katta bunkerda saqlash 
yaramaydi. Bunker qorishmaga qancha yaxshi to'lsa qorishmani bunkerdan olishda 
uning tepadan tushishi kamayib, uning maydalanib ketishi, sochilishining oldi 
olinadi.
Shisha mahsulotlariga shakl berishda turli xil usullardan foydalaniladi: 
puflash, presslash, cho’zish usullari.
❖ Xo'jalik buyumlar olish uchun shishalarni 2 xil usulda formalash 
mumkin.
✓ 1) Presslash.
✓ 2) Puflash.
❖ Presslash. Bu usulda buyum tayyorlash juda oddiy. Bu usulning 
afzalligi tayyorlash jarayoni bevosita qolipning o'zida boradi.


11 
❖ Presslash jarayoni quyidagicha boradi: qolipga pechdan shisha olib 
solinadi. Undan keyin puanson richagi orqali presslanadi. Sovitilgandan keyin 
buyumlar qolipdan olinib kuydirish pechiga yuboriladi.
❖ Puflash usuli asosan eng oddiy usul hisoblanib, inson ishtirokida 
boradi. Asosan bu usulda insonni qo’l va og’iz yordamida olib boriladi. Bu usulda 
shakl berilgan mahsulotlar bir-biridan o’girligi o’lchami bilan farq qiladi.
❖ Hozirgi kunda zamonaviy usul- presslash usulidan keng foydalaniladi. 
❖ Chunki, shakl berish oson ,tez, samarali va shakl berilgan mahsulot bir 
xil vaznda bo’ladi. Shisha mahsuloti sifati ham ko’p yaxshilanadi. 
❖ Shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishda har bir qo'llanayotgan hom -
ashyoga ishlov beriladi. 


12 
Nazorat uchun savollar 
1. 
Shisha mahsulotlari haqida nimalarni bilasiz? 
2. Shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish usullari, avzallik va kamchiliklari 
haqida bayon qiling? 


13 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling