2 mundarija
-Mavzu: Maxsus shisha turlari. Yorug’likka sezgir fotoxromli shisha oyna
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. SHisha buyumlarining ishlatilishi.
7-Mavzu: Maxsus shisha turlari. Yorug’likka sezgir fotoxromli shisha oyna.
Maxsus shishalar tarkibi ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlatish sohalari. 1. SHisha ta’rifi. 2. SHisha buyumlarning ishlatilishi. 3. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra shishalarning bo‘linishi. 4. O‘zbekistondagi shisha va sitall korxonalarning faoliyati. 5. SHishakristall materiallar, shu sohada O‘zbekiston olimlarining izlanishlari. 1. SHisha ta’rifi. SHisha deb, qotish temperaturasi, kimyoviy tarkibidan qat’iy nazar qovushqoqlikni asta sekin oshirilganda qattiq jismlarning mexanik xossalarini 34 namoyon etuvchi, suyuq xolatdan shisha xolatiga o‘tish jarayoni qaytar bo‘lgan doimiy amorf jismlarga aytiladi. 2. SHisha buyumlarining ishlatilishi. Bugungi kunda zamonaviy texnikani shishasiz tassavur qilib bo‘lmaydi. CHidam berilgan shisha , ko‘p qavatli shishalar yuqori mexanik mustahkamlikka ega, ko‘pikli shisha esa suvdan engil, yonmaydi, issiq va tovush izolyasion materialdir, shishadan olingan shishatola va matolar suv va olov bardosh, hamda elektroizolyasion hussusiyatga egadir. SHishadan olingan issiqqa chidamli trubalar oziq-ovqat va kimyo sanoatlarida keng qo‘llaniladi. Zamonaviy temir yo‘l, avtomobil va aviatsiya transportini signal shishalarisiz tassavur qilib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda shisha buyumlari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Kimyo sanoatida suyuqliklarni saqlash, eritish, parlatish, uzatib berish uchun; tibbiyotda dori – darmonlarni saqlash, qonni va boshqa suyuqliklarni uzatish uchun; texnikada – turli moslamalarning tashqi qatlami, qobig‘i, ehtiyot qismi; qurilishda – bino derazalari oynasi, ko‘zgular, yoritgichlar qobig‘i va boshqa ko‘pgina shisha mahsulotlari ishlatiladigan sohalalarni misol qilib keltirish mumkin . Rasm. SHisha va billur maxsulotlar. Og‘zi keng, og‘zi tor ya’ni, ichki aylana o‘lchami 30 mm dan oshiq va ichki aylana o‘lchami 30 mm dan kam shisha idishlar quruq va boshqa meva – sabzavotlarni, ulardan olinadigan sharbatlarni qadoqlab saqlash, ichimlik suyuqliklarini solish va boshqa joylarga olib borish uchun ishlatiladi. SHisha idishlarning ichki yuzasida havo pufakchalari bor bo‘lgan bo‘shliqlar, chang, darz ketgan, cheti uchgan bo‘lmasligi kerak. Ular kimyoviy va ma’lum xarorat ta’siriga 35 chidamli bo‘lishi kerak. Ularga qo‘yiladigan talablar davlat standartlarida belgilangan bo‘ladi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling