2 mundarija
Mavzu: Keramika ishlab chiqarish sanoatining xom ashyo materiallar
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
4. Mavzu: Keramika ishlab chiqarish sanoatining xom ashyo materiallar
tasnifi, ularni tayyorlash va buyumlarni qoliplash usullari. Kirish so’zi. 1. Asosiy xom ashyo materiallar. 2. Xom ashyo materiallarini tanlash. 3. Xom ashyoni boyitish. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar Nazorat uchun savollar Keramika, shisha va bog‘lovchi mahsulotlari birinchi navbatda silikatlar asosida olingan. Yer pо‘stining 75 protsenti silikatlardan tashkil topgan, yana 12 protsenti esa ozod kremnezemdan iboratligini inobatga olsak, ularning haѐtimizdagi katta roli oydinlashadi. Keramika va shisha hamda bog‘lovchi modda-lar tarkibi turli-tuman bо‘lgan xom ash’ѐlardan qizdirish va eritish orqali olinadi. Shuning uchun ularning xususiyatlari tarkib va muhitga qarab о‘zgaruvchan bо‘ladi. Silikat sanoatining asosiy tabiiy va sun’iy xom ash’ѐlari - kaolin Al2O3 2SiO2 2H2O, galluazit Al2O3 2SiO2 4H2O, muskovit K2 Al2 (Si3 Al)O10 (OH)2, flo-gopit K Mg3 (Si3 Al)O10 (OH)2, montmorillonit (Ca, Mg)O Al2O3 4- 5 SiO2 xH2O, talk 3 MgO 4SiO2 H2O, gipstosh CaSO4 2H2O, kalsit CaCO3, magnezit MgCO3, dolomit MgCa (CO3)2, flyuorit CaF2, soda Na2CO3, potash K2CO3, apatit 5CaO P2O5 (F,Cl), mikroklin K2O Al2O3 6SiO2, albit Na2O Al2O3 6SiO2, anortit CaO Al2O3 2SiO2, kvars SiO2, korund Al2O3, qо‘rg‘oshinli surik Pb3O4, vollastonit CaO SiO2, gematit -Fe2O3, magnetit Fe3O4 va boshqalar kristall moddalar qatoriga kiradi (1-jadval). Ular asosida olinadigan material va buyumlarda esa alit 3CaO SiO2, belit β- 2CaO SiO2, uchkalsiyli alyuminat 3CaO Al2O3, tо‘rt kalsiyli alyumoferrit 4CaO Al2O3 Fe2O3, ohak CaO, mullit 3Al2O3 2SiO2, enstatit MgO SiO2, diopsid CaO MgO 2SiO2, gedenbergit CaO FeO 2SiO2, jadeit Na2O Al2O 4SiO2, spodumen Li2O Al2O3 4SiO2, forsterit 2MgO SiO2, fayalit 2FeO SiO2 kabi kimѐviy birikmalar hosil bо‘ladi va ular mahsulotning tegishli xossa va xususiyatlarni ta’minlaydi. Ular ham yuqorida nomlari keltirilgan xom ash’ѐlar kabi kristall strukturaga ega bо‘lgan. Xom ash’ѐ va tayѐr mahsulot tarkibi kristall tuzilishiga ega bо‘lmasligi ham mumkin. Masalan, vulqon otilishi natijasida hosil bо‘lgan obsidian nomli xom- ash’ѐ ѐki chinni maxsuloti tarkibiga kiruvchi shaffof moddalarni olaylik. Bunday kimѐviy birikmalar tuzilishiga kо‘ra smola, kanifol kabi amorf moddalarga kiradi. Xom-ash’ѐ ѐki mahsulotga termik ishlov berish esa ularning kristall shaklidan amorf shakliga о‘tishini tezlatuvchi faktor bо‘lib xizmat qiladi. Silikat sanoati va unga taaluqli sohalar – bog‘lovchi moddalar va asbestsement buyumlari, keramika va olovbardosh buyumlar, shisha va shishakristall (sitall) materiallarining xom-ash’ѐlari, bir tarkibli aralashmalari (bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda – shlam va xom-ash’ѐ uni, keramika va olovbardosh buyumlar olishda shliker, massa, yarim quruq va quruq kukunlar, shisha va sitallar ishlab chiqarishda esa – shixta ѐki briket) va tayѐr mahsulotlar sifati va xossalarini nazorat qilishda ularning ichki tuzilishi va uni tashqi muxit 18 ta’sirida о‘zgarishini bilish eng muxim masala hisoblanadi. Bu esa о‘z navbatida talabalarning texnologiya asoslari, silikatlar fizik-kimѐsi, fizik-kimѐviy taxlil, kristallografiya, mineralogiya va petrografiya fanlari asoslarini chukur о‘zlashtirishlari kerakligini taqazo etadi. Umumiy qilib gapirilganda, bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda xom- ashyolarni tanlash quyida nomlari keltirilgan 6 xil jinslar atrofida bо‘ladi: 1. Karbonatli xom-ashyolar. Ularga portlandsement va ohak olishda ishlatiladigan ohaktosh, bо‘r, ohak tufi, chig‘anoqtosh nomli ohakli tog‘ jinsi hamda magnezial bog‘lovchilar ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan dolomit va magnezit kiradi. Ohaktosh, magnezit va dolomit kristall panjarali tog‘ jinslari bо‘lib, ularning tarkibi kо‘pincha tegishli kimyoviy formulaga tо‘g‘ri keladi. Ularning mikrotuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin. Masalan, dolomitning mikrostrukturasi kristallarining о‘lchamiga qarab mayda kristalli (о‘lchami 0,1 mm dan kichik ), о‘rtacha kristalli (о‘lchami 0,1-0,25 mm oralig‘ida ) va yirik kristalli (о‘lchami 0,25 mm dan katta); 2. Gilli xom-ashyo - gillar, gilli slanetslar, qumoq tuproqlar, lyoss va boshqalar. Ular sementli shixtalarning ikkinchi asosiy komponenti hisoblanadi. Gillar ham tabiatda keng tarqalgan bo’lib, kimyoviy tarkibiga ko’ra kaolinit, galluazit, pirofillit, montmorillonit, monotermit kabilarga ajraladi. Ular tabiatda granit va gneyslarning parchalanishidan hosil bo’ladigan jinslardir; 3. Karbonat-gilli xom-ashyo - mergellar. Mergellar tabiatning ulug‘ tuhfasi bо‘lib, о‘ta yuqori sement olishga imkon tug‘diraditgan yuqori sifatli xom ashyodir. 4. Kremnezemli xom-ashyo - silikat avtoklav materiallari tayyorlash va portlandsement shixtalarida korrektirovka qiluvchi qо‘shimcha sifatida ishlatiladigan kvarsli qumlar va betonlar solishtirma og‘irligi va korroziyaga chidamliligini oshirish uchun sement tarkibiga faol mineral qo’shilma sifatida kiritiladigan trepellar, diatomitlar va opoka (qumga boy tog‘ jinsi) lar. Tabiatda kvarsitlar kо‘p tarqalgan zich qattiq maydadonali tog‘ jinsidir. Ular asosan kvars donachalaridan tashkil topgan bо‘lib, qо‘shilma modda sifatida tarkibiga muskovit, xlorit, gematit, grafit, kianit va boshqalar kiradi; 5. Sulfatli xom-ashyo - gipstosh va tabiiy angidrid. Ular gipsli. bog‘lovchilar ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo va portlandsement qotishi regulyatorlardir; 6. Toshqol va kullar - sementlarning xom-ashyoli shaxtasi hamda ohak, gips va portlandsement asosida olinadigan qо‘shma sement tarkibiga kiradi. Bog‘lovchi modda, keramika va shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga xom-ashyo tabiiy, texnogen yoki sintetik holatlarida karer, kon va korxonalardan keltiriladi. Sintetik xom-ashyo - kalsinatsiya qilingan soda, bor kislotasi, bura, potash, bariy karbonati, о‘ta toza oksidlar, karbidlar, nitridlar, silitsidlar va boshqa bir qator kimyoviy birikmalar dastlabki ishlov berishni talab etmaydi. Ular korxonalarga tayyor holda keltiriladi va shixtalar tarkibiga dozirovkadan о‘tgach kiritiladi. Tabiiy va texnogen xom-ashyolar - kremnezemli (kvars, kvars qumi, kvarsit, diatomit, opoka, trepel), alyumosilikatli (lyoss, gil, olovbardosh gil, gilli slanets, kaolin, dala shpati, chinni toshi, perlit, pemza, tuf, trass va boshqa), karbonatli (ohaktosh, bо‘r, mergel, magnezit, dolomit), glinozemli (boksit va nefelin), sulfatli (gipstosh, angidrid, natriy sulfati), fosforli (fosforit, apatit) moddalar silikat massasi yoki shixtasi tarkibiga boyitilmagan holda kiritilishi 19 mumkin (qurilish keramikasi ishlab chiqarishda). Lekin kо‘p hollarda (chinni- sopol, olovbardosh buyum ishlab chiqarishda) ularga dastlabki ishlov berish zaruriyati tug‘iladi. Dastlabki ishlov berish orqali ularning tarkibidagi temir va boshqa rang beruvchi oksidlarning miqdori kamaytiriladi, yopishqoqligini ta’minlovchi glinozyom miqdori oshiriladi va h.k. Kvars qumlari yuvilgan vaqtda tuproqlardan tozalanadi, qumdagi erkin temir birikmalarning miqdori 25-30 %ga kamayadi. Bu jarayon klassifikalashtiruvchi konus, gidromexanik klassifikator va gidrotsiklonlarda bajariladi. Ishqalab yuvish maxsus aralashtirgichlarda 8-9 minut davomida amalga oshiriladi. Bu vaqtda kvars zarrachalari yuzasidan gillar yuvilib ketadi, ishqalanish tufayli yuzada joylashib qolgan 80-90% temir birikmalari yо‘qotiladi. Flototozalash flotatsion mashinalar yordamida faol aralashtirish yо‘li bilan amalga oshirildi. Pulpaga flotoreagentlar kiritilishi tufayli qum zarrachalari suvda xо‘llanadi va chо‘kadi, qо‘shilmalar esa qо‘llanmaganligi tufayli kо‘pik holatida yuzada qoladi. Bu usul yordamida temir oksidining miqdori 0,02-0,04% ga kamayishi mumkin. Elektromagnitli separatsiya induksion - rolikli magnit separatori yordamida bajariladigan operatsiya bо‘lib, unda temir birikmalari va kvars zarrachalari turli trayektoriyalar bо‘yicha harakat qiladi va yig‘iladi. Boyitishning kimyoviy metodlari ham optik shishalari, qо‘rg‘oshinli billur kabi mahsulotlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yuzani erituvchisi sifatida suyultirilgan kislota yoki kuchsiz kislota tuzi eritmasi ishlatilishi mumkin Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling