2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MA’RUZA. QURILISH KERAMIKASI VA G’ISHT ISHLAB CHIQARISH XOM ASHYOSI . GILLARNING XUSUSIYATLARI
Rasm.1. Kolonnali flotatsiya mashinasi 20 1 – xavo dispergatori; 2 – Tinchlantiruvchi panjara; 3 - kamera; 4 – kо‘pik maxsulotni qabul qiluvchilar; 5,6 – ta’minotni tarqatuvchilar; 7 - float; 8 - shiberli flabber; 9 - shiberniy chо‘ntak. Sement sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham bu jarayonga katta ahamiyat beriladi. Ayniksa tayyor aralashma - shlamni yetiltirish va saqlash texnologiyaning muxim omillaridan biridir. Shlam shlam-basseyn nomli qurilmada kranli va boshqa aralashtirgichlar yordamida aralashtirib turiladi. Natijada shlamning og‘ir bо‘lakchalarining chо‘kishiga yо‘l kо‘yilmaydi. Shlamning kimyoviy tarkibi bir turli bо‘lishiga, uning bо‘lakchalari namligi ham bir xil bо‘lishiga erishiladi. Nazorat uchun savollar. 1. Xom ashyoni saralash jarayoni kanday kechadi? 2. Xom ashyolarni saralashning kanday usullari sizga ma’lum? 3. Xom ashyo silikat sanoatlarida kanday jixozlar yordamida dozalanadi? 4. Dozalash va ta’minlash jarayonlarini kanday sharoit va jixozlar yordamida birgalikda olib borish mumkin? 5-MA’RUZA. QURILISH KERAMIKASI VA G’ISHT ISHLAB CHIQARISH XOM ASHYOSI . GILLARNING XUSUSIYATLARI Reja: Kirish so’zi. 1. Qurilish keramikasi maxsulotlari. 2. Qurilish g’ishti ta’rifi, ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilish soxalari. 3. Qurilish koshinlar (plitkalar) ishlab chiqarish texnologiyasi. 4. Cherepista ishlab chiqarish tizimi. Kirish so’zi Qurilish keramikasi maxsulotldari va buyumlari qatoriga yirik – va mayda donalik keramika massalari asosida olingan va imoratlar, turli muxandislik inshooatlari, yo’llar, suv va kanalizastiya tarmoqlari qurilishida ishlatiladigan moddalar kiradi. Ular Yana Fan texnika, bog’ va parklar, turli – tuman sohalar uchun xizmat kiluvchi inshoatlar qurilishida ham keng qo’llaniladi. Qurilish keramikasi buyumlari texnologik xususiyatlariga ko’ra ikki kata guruxga ibo’linadi. Birinchi «A» guruxiga keramika sopolagining suv yutuvchanligi 7 % dan kam bo’lgan buyumlar, ikkinchi «B» guruxiga esa suv yutuvchanligi 7% dan ko’p bo’lgan buyumlar kiradi. Qurilish keramikasi an’anaviy keramika buyumlari guruxiga mos bo’lib, uning qatoriga sanoat va grajdan qurilishida keng qo’llaniladigan kuyidagi buyumlar kiradi: - devorbop keramika materiallari – oddiy qurilish g’ishti va boshqalar; - tombop keramika materiallari – cherepista; - tashqi yuza keramikasi materiallari yuzali tosh va g’ishtlar oblistovka uchun ishlatuvchi plitkalar, arxitektura san’ati obidalari, pech uchun ishlatiluvchi izrazstilar; 21 - ichki pardozlash materiallari-fayansli plitkalar, izrazsti va boshqalar; - sanitariya – texnika buyumlari – vannalar, rakovinalar umivalniklar unitazlar va boshqalar; - keramikadan yasalgan quvurlar – kanalizastiya va drenaj maqsadlarida ishlatiluvchi buyumlar; - qurilish keramikasi buyumlar asosan kuydirib olinadigan buyumlar bo’lib, g’ovakli (devorbop materiallar, arxitektura pardozlash keramikasi, dekorativ keramika, cherepista, issiqlik izolyastiyasi va boshqalar) va tosh - keramika buyumlari ( klinkerli g’it, kanalizastiya quviri, kislotaga chidamli quvur va buyumlar, pol uchun ishlatiladigan plitka va boshqalari) ga ajraladi. Qurilish keramikasi buyumlari orasida devorbop keramika, drenaj quvurlari va cherepista aloxida o’rinni egallaydi. Ular ko’p tonnajli buyumlar klassiga mansub bo’lib, xar bir shahar va har bir qishloqda ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va quruvchilarga uzatiladi. Devorbop keramika buyumi qatoriga oddiy tuproqdan yasalgan g’isht, tuproqdan yasalgan kovakli g’isht, yarim quruq usuli bo’yicha presslangan kovakli g’isht, yuzali keramika g’ishti va toshlari (1-rasm), bloklar, yuzali bloklar, sirlangan devorbop keramika, angob yuritilgan devorbop keramika, keramzit asosida olingan keramika bloklari va boshqalar kiradi. 1-rasm. Turli xil g’ishtlar. Tombop materiallar (shifer, temir tunka va boshqalar) orasida keramikadan yasalgan cherepista muhim material hisoblanadi. Shifer vaqt o’tishi bilan darz ketadi va sinadi, temir tunka har surish uchun bo’yoq talab etadi. ammo tuproq asosida yasalgan cherepista 100 yil va undan ko’p hizmat qiladi. Drenaj uchun ishlatiluvchi keramika quvurlarining ham ahamiyati kata. Ular botqoqli erlarni quritishda muhim rol o’ynaydi. Ishlab chiqarishda uzunligi 333 va 5000 mm, diametri esa 125 mm, suv yutuvchanligi 18% - dan oshiq bo’lmagan turlari ko’plab ishlab chiqariladi. 2. Qurilish g’ishti ta’rifi, ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilish soxalari. Yuqorida qurilish keramikasi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Keltirilgan ma’lumotlardan ular orasida qurilish g’ishtining roli naqadar kattaligi ko’rinib turipti. Quyida ko’p tonnajli maxsulot - qurilish g’ishti ta’rifi, turlari, olinishi va ishlatilishi xaqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Enstiklopediyalarda g’ishtga to’g’ri burchakli paralellepiped formasiga ega bo’lgan standart razmerli, mineral materiallardan quyilgan, kuydirish yoki par bilan ishlov berish orqali olinadigan sun’iy toshga aytiladi deb ta’rif berilgan. Xaqiqatdan ham, qurilish materiali sifatida ishlatiladigan g’isht (mahalliy aholi uni xom g’ishtdan ajratish maqsadida pishiq g’isht deb ham aytadi) sun’iy kimeviy material bo’lib, bo’yi 250, eni 120 va qalinligi 65 mm, og’irligi 4 kilogrammgacha qilib tayyorlanadi. 22 G’isht turlari. Qurilish g’ishti fizik-kimeviy jixatdan kalstiy, magniy, alyumosilikat, temir silikati singari tuzlar va kremniy (IV) oksidi asosida qotirilgan suyuqlikning evtektik qotishmasidan iborat. Xarorat 1200-1300 bo’lganda u butunlay erib ketadi va shishasimon moddaga aylanib qoladi. 2- rasm. Qurilish g’ishti turlari: a- oddiy pishiq g’isht; b- ichi kovak g’isht; v- devorbop g’isht. Yuzali g’ishtlar ham xuddi oddiy g’isht o’lchamlarida ishlab chiqariladi, lekin ularning yuzasi keyinchalik eritma bilan suvalmagani uchun yaxshi kuygan, tashqi ko’rinishi tekis va zich bo’lishi kerak. Bu g’ishtlar arxitektura ahamiyatiga ega bo’lgan imoratlarning peshtoqini bezashda qo’llanilgani uchun uning yuzasi yupqa qavat yaxshi pishadigan oq tuproq yoki sir, angobalar bilan qoplangan. Bunday g’ishtlar bilan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, Andijondagi Jomiy masjidi, Alisher Navoiy nomli Akademik opera va balet teatrining tashqi devori bezalgan. Ularning naqadar ko’rkamligiga bir boqib ko’ring-chi. Ko’pincha bunday g’ishtlarni qoliplarda quyish vaqtida unga mexanik usul bilan jo’yak bosilib, shakl hosil qilinadi, rangli to’kma quyiladi. Yuzali g’isht sifatli lyoss kaolin tuprog’iga turli aralashmalar, jumladan shishasimon modda qo’shish orqali olinadi. Yuqori harorat-1100 daraja atrofida o’zaro birikish va kristallanish jarayonlari zudlik bilan ro’y berganligi sababli tiniq, silliq yuza hosil bo’ladi. G’isht deganda yana uning izolyastiya maqsadlarida ishlatiladigan engil vaznli, serkovak va serkovak-ichi kovakli turlari ham tushuniladi (4-rasm). Bu g’ishtlar hajm og’irligini kamaytirish va issiqlikni izolyastiya qilish xossalarini kuchaytirish maqsadida olib borilgan izlanishlar natijasida bunyodga keldi. Nihoyatda engil (xatto ular suvda ham cho’kmaydi) bo’lgan bu xildagi engil vaznli g’ishtlarning 1 tonnasi par qozonlari turbina, pech va issiqlik uzatish trubalarini qurishda ishlatish natijasida xalq xo’jaligida bir yilda 200 tonna atrofida issiqlikni tejash imkoniyatiga ega bo’linadi. Texnika vositalari orasida qovakli g’ishtga teng keladigan, yonmaydigan, issiqlikni tejash koeffistenti 95-97 prostentga etadigan boshqa qurilish materialini topish amri mahol. Kovakli qishtda tovush yutish va tovushni izolyastiya qilish nixoyatda a’lo darajadadir. Serkovak g’ishtlarning mineralogik tarkibi xuddi oddiy qurilish g’ishtining tarkibiga aynan o’xshash, ammo tanada sferik shakldagi juda mayda mikroskopik bo’shliqchalarning bo’lganligi ularning 1 kub metr hajmi og’irliklarini 600 dan 1450 kilogrammgacha tushib qolishiga sababchidir. Albatta, har bir g’ishtning og’irligi 4 kilogrammdan ancha kam bo’ladi. 3-rasm. Serkovak g’isht. 23 Ichi kovak g’ishtlar 12, 16, 19, 24, 31, 65, 105 teshikli qilib chiqariladi. Teshiklarning ko’pligiga qarab g’ishtlarning og’irligi 2,5 kilogrammgacha kamayadi, issiqlikni saqlash xususiyati esa ortadi, ammo siqilishga chidamliligi kamayadi. Shuning uchun ham ichi kovak g’ishtlarni ishlab chiqarish prostessida uning markasini keskin kamayishiga yo’l qo’ymaslik darkor. Keyingi yillarda g’ishtning serkovak va ichi kovak turlari o’rniga serkovak-ichi kovakli g’isht turi ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Bu effektiv g’isht turi massaga kuyuvchi qo’shimchalar (mayda ko’mir, qipiq) va g’isht g’oliplarga maxsus kernlar qo’yish orqali amalga oshirilmoqda. G’ishtning turlari ko’p. Shundan biri kislotaga chidamli g’isht. Fazali tarkibi asosan mullit va kvarst minerallaridan tashkil topgan bunday g’ishtlarning markasi 200 dan, kislotalarga chidamliligi 94 prostentdan kam bo’lmasligi uning asosiy xossalaridandir. Mamlakatimizda yaratilgan va qurilishda keng foydalaniladigan yana bir g’isht bor. U ham bo’lsa kvarst va ohak asosida olingan va formulasi kalstiyli gidrosilikatdan tashkil topgan silikat g’ishtdir. Oq rangli silikat g’ishtti mamlakatimizda 75, 100, 125 va 150 markalarida chiqariladi. Ularga 0,1-3 prostent atrofida bo’yoq qo’shib, hohlagan rangdagi g’ishtni olish mumkin. 4-rasm. Rangli g’ishtlar. Qurilish g’ishti tushunchasi ko’pincha uy-joy qurilishi materiali sifatida talqin etiladi. Ammo bu tushunchani texnikada ishlatiluvchi qurilish materialiga ham taaluqli deb hisoblansa katta xatoga yo’l qo’yilmaydi. Sostavi asosan mullit, stirkonomullit, kvarst, shpinel, xromomagnezit, korund kabi minerallardan tashkil topgan va o’tga chidamli material nomi bilan atalgan g’isht turi juda yuqori haroratda ham o’z xossalarini yo’qotmaydi. Bunda g’ishtning erish nuqtasi albatta 1580 darajadan yuqori, og’irlik ta’siridagi deformastiya nuqtasi esa 1500 daraja atrofida. O’tga chidamli g’ishtlar o’lchami qurilish g’ishti qolipiga o’xshash bo’lsada, ammo mustaxkamlikda tanxodir. Ularning 1 kvadrat santimetriga teng yuzasi 1 tonna va undan og’irroq yuk bilan siqilganida ham o’zining formasini yo’qotmaydi. Oddiy qurilish g’ishtini yasash uchun tarkibida 50 prostent kvarst, 10 prostent glinozem, 15 prostent kalstiy va magniy oksidlari, 5 prostent ishqor va temir oksidlari va 15 prostent suv va angidrid gazidan iborat lyoss tuproqlari ishlatiladi. Bu tuproqning erish temperaturasi 1150-1180 darajaga teng bo’lib, toshga aylanish temperaturasi 1050-1100 daraja atrofidadir. Engil vaznli izolyastiya g’ishtini olishda lyoss, slanestli tuproq, diatomit, trepel kabi plastik moddalar, bazalt, granit, diabaz, traxit kabi tog’ jinslari yoki domna toshqoli, issiqlik elektrostanstiyalarining kullari kabi sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Mahsulot vaznida atom va molekulalar zichligini kamaytirish maqsadida esa gaz, ko’pik, o’tin, torf, qamish, xashak, alyuminat pudrasi, kanifol, sovun, vodorod perekisi kabilar massaga qo’shiladi. 24 Serkovak va serkovak-ichi kovakli g’ishtlar massasiga pishish temperaturasini kamaytiruvchi qum yoxud qipiq yoki kul va ko’mir qo’shish orqali olinadi. Granulometrik tarkibi asosan 0,05-0,005 millimetrdan iborat bo’lgan lyosslarga daraxt chiqindisi yoki maydalangan ko’mir qo’shiladi. Ichi kovak g’isht yuqorida qayd qilganimizdek uvalanishga moyil, siqilishga esa chidamsiz. Bu kamchilikni ularga kuchli plastik moddalar qo’shish orqaligina bartaraf etish mumkin. Toshkent kimyo texnologiya instituti « Silikat materiallar texnologiyasi » kafedrasi olimlarining fikricha, bu maqsadlarda 10-15 prostent miqdorda Keles bentoniti yoki Angren kaolinini lyossga qo’shish yaxshi natija beradi. 5-rasm. Qurilish g’ishti ishlab chiqarish texnologik tizimi. G’ishtning silikat g’ishti deb ataluvchi turini ishlab chiqarishda esa oxaktosh va qum ishlatiladi. Ishlatilayotgan kvarst qumida kremniy (IV) oksidining miqdori 25 90 prostentdan kam bo’lmasligi, oxak esa to’yinmagan va so’nmagan bo’lishi kerak. 90-93 prostent qum va 7-10 prostent miqdorda ohak aralashtirilgandan so’ng ohak baraban yoki silosxonalarda suv ishtirokida so’ndiradi. 6-rasm. Silikat g’ishti. O’tga chidamli va yuzali g’ishtlarning olinishida asosan tarkibida alyuminiy oksidi ko’p bo’lgan va kimeviy formulasi gidroalyumosilikatga to’g’ri kelgan oq kaolin tuprog’i hamda tog’ jinslarining barcha turi qo’llaniladi. Masalan, shamot g’isht nomli o’tga chidamli materialning olinishida ishlatiladigan tuproqning haroratga chidamliligi 1580 darajadan, undagi alyuminiy (III) oksidining miqdori esa 28 prostentdan kam bo’lmasligi kerak. G’isht ishlab chiqarish prostessi murakkab prostess bo’lib, bir qancha stadiyalarni o’z ichiga oladi. Yuqorida berilayotgan oddiy va effektiv g’isht ishlab chiqarishning texnologik sxemasi bu haqida tushuncha hosil bo’lishiga yordam beradi. G’isht ishlab chiqarish kerakli xom ashyo manbalari bor erlarda amalga oshiriladi va xom ashyo bir yoki ko’p cho’michli ekskavator yordamida qizib olishdan boshlanadi. So’ngra tuproq 12 tonna yoki undan ham ko’p yuk ko’taradigan KrAZ, BelAZ markali avtosamosvallarda tuproq saqlash omboriga jo’natiladi va saqlanadi. Xom ashyoni maydalash jarayoni g’isht ishlab chiqarish texnologiyasining eng axamiyatli jarayonidan biridir. G’isht korxonalarida bu jarayon toshajratgich va silliq valli mashina (bulg’alagichlar) yordamida bajariladi. 150-200 mm razmerli bo’lakchalar toshajratgich stilindrlarida 12 mm gacha, silliq vallarda esa 3-4 mm gacha maydalanadi. Mexanik aralashtirgichlar yordamida tuproqqa qo’shimcha moddalar va suv qo’shiladi. Sanoatda keng tarqalgan SM-447A aralashtirgichda bir soatda 18 m 3 atrofida moddalarning qo’shish va namlash mumkin. Namlikning massada bir tekisda tarqalishi, tuproqning tez bukishi uchun suv o’rnida 0,5-0,7 atmosferali par ishlatilsa yaxshi natijalar berishi mumkin. Texnologlarning fikricha, 1000 dona g’ishtga 100-150 kg par sarflash g’isht markasining hech bo’lmaganda 25 kilogrammga oshishini ta’minlaydi. 18-23 prostent namlikdagi g’isht massasi vakuumli va vakuumsiz yotiq lenta presslarda 2-5 kg sm 2 li bosim ostida qoliplarga quyiladi. Vatanimizda keng tarqalgan 420-700mm simob ustuniga teng vakuumli va 100 kvt tok kuchi yordamida ishlaydigan SM-443A pressining unumdorligi soatiga 5000 ming donani tashkil etadi. Shuningdek, g’ishtni yarimquruq presslash metodi bo’yicha 100-150 atmosferali bosim ta’sirida ham qoliplash mumkin. Bu holda namligi 8-12 prostent bo’lgan tuproq ishlatiladi. Nurli yoki rotastion avtomatlar bilan brusdan kesilgan g’isht “avtomat taxlovchi” mashinalar yordamida quritish vagonchalariga joylanadi. Jumladan, “SM-562A” markali shunday mashina bir soatda 8000 dona g’ishtni tahlaydi, ya’ni ilgari 8-10 kishi bajaradigan ishni mashinaning bir o’zi bajaradi. Xom g’isht 6-9 prostentli namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli operastiya hisoblanib, g’isht haftalab ochiq maydonlarda quyosh nuri yoki 26 yonayotgan o’tin yordamida quritilar edi. hozirgi paytda g’isht quritish prostessi zamonaviy, qo’l kuchidan xoli bo’lgan kamera yoki tunnel quritgichlarda 90-120 darajali issiq yordamida quritilmoqda. Quritish vaqti ham bir necha marta qisqardi: u kamera agregatida 40-70 soatni, tunnel agregatida esa 15-40 soatni tashkil qiladi. Quritilgan g’isht quritgich vagonchalaridan olinib, maxsus vagon yoki xonalarga joylanadi va so’ngra u pishiriladi. Qurilish g’ishti olish uchun ishlatiladigan shixta sostavga erish temperaturasi past bo’lgan moddalar kirishiga qaramasdan xom g’ishtning pishishi va qattiq toshga aylanish temperaturasi hali ham yuqoriligicha (900-1100 daraja atrofida) qolmoqda. Shuning uchun g’ishtlar maxsus o’tdonda, ya’ni halqali va tunnel pechlarida kuydiriladi yoki avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O’tga chidamli g’isht tarkibiga erishi qiyin bo’lgan kaolin tuprog’i, haroratga chidamli tog’ va sun’iy jinslar kirganligi sababli ularni kuydirilayotganda harorat ancha yuqori (1350-1500 daraja atrofida) bo’ladi va ular asosan tunnel pechlarida tayyorlanadi. Xozirgi zamonaviy g’isht kuydirish pechlari gigant inshoatlaridan biri bo’lib, uning maydoni o’n, xatto yuz kvadrat metrni tashkil qiladi. Misol tariqasida halqali pechning xajmi 950, tunnel pechning xajmi 315-440 m 3 ni tashkil qilishini eslatib o’tish kifoya. Bu pechlar elektr toki, gaz yoki mazut orqali qizdiriladi. Bunday pechlarning 1 kub metr xajmidan bir oyda 1500-5000 dona g’isht pishirib olinadi, bitta 100 kub metr hajmni tashkil etgan pechdan yiliga olinadigan g’isht maxsuloti 25 million donani tashkil etadi. G’ishtlarni kuydirish vaqti 24 soatdan to 72 soatgacha davom etishi mumkin. Xozirgi paytda silikat g’ishtlari katta hajmli avtoklavlarda pishiriladi. Ishlov berishda bug’ning xarorati 150-200 daraja atrofida bo’lib, bosim 7-8 atmosferani, avtoklavda ishlov berish vaqti esa 14-16 soatni tashkil etadi. Faqat shunday sharoit yaratilgandagina qum oxak va suv bilan kimeviy reakstiyaga kirishadi, g’ishtning mustaxkamligini ta’minlovchi monokalstiy gidrosilikat mineralini hosil qiladi. Effektiv g’isht turlari ham xuddi qurilish g’ishti singari halqali va tunnel pechlarida pishiriladi. Ularni bunday usulda kuydirilganda 20-25 prostent yoqilg’i tejaladi, kuydirish vaqti birmuncha qisqaradi, vagonlarini siljishga ketgan energiya kamayadi. G’ishtning ishlatilishi. Oddiy qurilish g’ishti imorat hamda inshoatlarning devorlari va boshqa qismlarga ishlatilsa, yuzali g’isht imoratlarning tashqi yuzasini pardozlashda; maxsus g’ishtlar esa zavod va fabrika trubalari, kanalizastiya va yo’l inshoatlari qurilishida; o’tga chidamli xillari yuqori haroratli qurilmalarini bunyod jtishda, xususan stement, gips, shisha pishirish pechlarini qurishda ishlatiladi. Silikat g’ishtning tannarxi oddiy pishiq g’ishtning tannarxidan arzon. Ammo uning shakli to’g’ri, yuzasi tekis, rangi tiniq. Bu faktorlar qurilish prostessida devorlarga g’isht qo’yishni tezlashtiradi, devorlarning ko’rkam va sifatli bo’lishi ga olib keladi. G’isht kime sanoatida ham keng qo’llanilmoqda. U alyuminiy, magniy, qo’rg’oshin, kalstiy karbidi, fosfor, ferroqotishmalari eritish pechlarini,stiklonlar,truboprovod va chang to’plash apparatlarini qurish,qattiq yoqilg’ida ishlovchi bug’ qozonlarining yuzini qoplashda ishlatiladi. 1950 yillardan keyin o’tga chidamli g’ishtlarning yangi texnikada qo’llash sur’ati yanada tezlashdi. Raketa, reaktiv dvigatel hamda gaz turbinalarining mustahkamligi va eroziyaga chidamligini ta’minlovchi kremniy karbidi, disilistid 27 molibdeni singari kimyoviy birikmalar bilan qoplangan qismi uglerodli materiallar bilan futerovka qilinmoqda. Shunga o’xshash mahsulotlar rektorlarda neytronlar harakatini sekinlashtirish, presslash pechlarining isuvchi formalari rolini bajarish, vakuum texnikada issiqlikni izolyastiya qilish kabi ishlarni bajarishga yordam beradi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling