2 mundarija


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
 
 
 

5.SHakllash usullari. 
Listlangan 
deraza 
oyna 
ishlab 
chiqarishning 
quyidagi 
usullari 
mavjud:«lodochka» orqali oyna lentasini vertikal holda tortib (cho‘zib) olish; 
oyna massasi yuzasidan oyna lentasini vertikal holda tortib (cho‘zib) olish; 
oyna lentasini gorizontal holda tortib (cho‘zib) olish. 


66 
Oyna listlarini “ladochka” uslubi bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonida 
shishamassa tarkibi katta ahamiyatga ega. SHishamassasini kristallanish xossasi 
juda past bo‘lishi lozim. Etarli tezlikda qotish va yuqori kimyoviy bardoshlikka 
ega bo‘lishi kerak.
1. “Lodochka” orqali vertikal holda oyna ishlab chiqarish. 
Formalash prinsipi. 
Sovutilgan oyna massasiga namatdan tayyorlangan, o‘rtasi teshik ariqchasi 
bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallellipiped shaklidagi “lodochka” tushiriladi. 
“Lodochka”ni massaga botirish jarayonida uning ariqchasidan yuqoriga oyna 
massasi chiqa boshlaydi. Bu chiqayotgan massani asbest valiklar yordamida 
yuqoriga lenta shaklida tortib olinadi. Bunda chiqayotgan oyna lentasi suvli 
sovutgichlar yordamida sovutiladi. 
 
Pechning ishlab chiqarish qismi. 
Ishlab chiqarish kanallari. Lodochka uslubi hovuzli pech bilan bog‘langan 
maxsus “mashina kamera”lar yordamida amalga oshiriladi. Kameralar soni va 
joylashishiga qarab ishlab chiqarish kanallarini bir qator konfiguratsiyalari mavjud. 
(1-rasm). 


67 
1
-rasm. Ishlab chiqarish kanallari: a) ketma-ket joylashgan; b,v,g) bevosita oyna 
massasi bilan ta’minlaydigan. 
Rasmda ketma-ket va bevosita oyna massasi bilan ta’minlaydigan kanallar 
ko‘rsatilgan.
Ketma-ket ta’minlovchi kanallarda sifatli oyna faqat markaziy mashinalardan 
chiqadi. Markazdan uzoqlashgan sari oyna sifati yomonlashib boradi. Buning 
sababi uzoq oqish davomida massa soviydi va uni qayta qizdirish jarayonida uning 
termik bir xilligi o‘zgaradi. Bundan tashqari tarkibida ko‘p miqdorda qo‘shimcha 
toshlar paydo bo‘ladi. Bevosita ta’minlovchi kanallarda yuqori sifatli mahsulot 
olinadi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling