2 mundarija
-Mavzu: Sitallar va shlakositallar ishlab chiqarish
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
14-Mavzu: Sitallar va shlakositallar ishlab chiqarish.
Sitall va shlakli sitall ishlab chiqarish texnologiyasi REJA: Kirish so’zi. 1. Sitall turlari. 2. Sitallning kimyoviy tarkibi. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. Nazorat savollari. *** 1. Sitall turlari. Sitallar ikkita katta gruppaga bo’linadilar: 1. Texnika sitallari. Ular o’z navbatida tarkibiga ko’ra turlarga ajraladi: a) litiyli sitall; b) =o’rg’oshinli sitall va hakazo. Yana texnika sitalli mahsulotning xossalariga ko’ra ham turlanadi: a) issiqqa chidamli sitall; b) shaffof sitall va hakazo; 2. Sanoat chiqindilari va tog’ jinslari asosidagi sitallar.Ular ham ikki turga ajratiladi: a) shlaksitallar; b) petrositallar. 89 Shlaksitallarning uch turi adabiyotdan ma’lum: a) qora metallurgiya sanoati shlaklari asosida olingan sitallar; b) rangli metallurgiya sanoati shlaklari asosida olingan sitallar; v) boshqa shlaklar (fosfor sanoati chiqindisi, issiqlik elektr stanstiyalari kuli va boshqalar) asosida olingan sitallar. Petrositallarning ikki turi ma’lum: 1. Bazalt, diabaz va boshqa tog’ jinslari asosidagi sitallar; 2. Boyitish korxonalarining ruda qoldig’i va boshqa chiqindilari asosida olinadigan sitallar. Sitallar ishlatilish oblastiga ko’ra esa uchta katta gruppaga ajratiladi: 1. Qurilish sitallari; 2. Texnika sitallari; 3. Xo’jalik-maishiy sitallari. Sitallarni tasniflashda ularning tarkibiga kirgan kristall faza nomi bilan atash ko’pgina manbalarda uchraydi. Quyida ulardan ba’zi-larining nomi keltiriladi: 1. Spodumen tarkibli sitallar. Ular Li 2 O-Al 2 O 3 -SiO 2 sistemasi asosida TiO 2 katalizatori ishtirokida olingan bo’lib, ularning asosiy kristall fazalari -spodumen Li 2 O . Al 2 O 3 . SiO 2 , -evkriptit Li 2 O . Al 2 O 3 . 2SiO 2 va kvarstsimon qattiq eritmalardan tashkil topgan bo’ladi. Titan (IV) oksidi shisha shixtasi tarkibiga 4- 6% miqdorda qo’shiladi. Sitall olish jarayoni ikki pallali bo’ladi: birinchi ishlov 700-900 o S atrofida 2 soat davomida bo’lsa, ikkinchi ishlov 1000-1150 o S atrofida 2-4 soat davomida olib boriladi; 2. Kordierit tarkibli sitallar. Ular MgO-Al 2 O 3 -SiO 2 sistemasi asosida TiO 2 ishtirokida olinadi. Ularning tanasini tashkil etgan asosiy faza kordierit 2MgO . 2Al 2 O 3 . 5SiO 2 mineralidan iborat. Kristall markazlarini hosil qilish uchun qo’shiladigan titan (IV) oksidining miqdori 9-11% gacha boradi. Sitall hosil qilish bir pog’onali bo’lib, u 1250-1300 o S haroratda 1-16 soat davomida olib boriladi. 3. Yuqori kremnezem tarkibli sitallar. Ular tarkibiga 85-92% gacha kremnezem kirgan shixtalar asosida olinadi. Kristallanish katalizatori rolini tarkibga 7,5-14,5% atrofida kiritilgan Na 2 O bajaradi. 3,6% atrofida qo’shilgan ftor esa kremnezemni past xaroratda erib shishaga o’tishini ta’minlaydi. Bunday sitallarning tarkibida asosiy kristall fazalari sifatida tridimit va kristobalit hosil bo’ladi. Sitall hosil qilish jarayoni ikki pog’onli bo’lib, birinchi kristallanish pog’onasi 720 o S da 2 soat davomida,ikkinchi kristallanish esa 840-900 o S da 1-10 soat davomida amalga oshiriladi. 4. Qo’rg’oshin tarkibli sitallar. Ular PbO- ZnO- B 2 O 3 - SiO 2 sistemasi asosida olingan. R 2 O 5 , WO 3 , MoO 3 lar katalizator sifatida qo’llaniladi. Ularning shishalarini kristallash jarayoni ikki bosqichda o’tkazilgan. Birinchi bosqichdagi harorat 500 o S, shu haroratda ushlash vaqti 2 soatni tashkil etgan, ikkinchi bosqich 700 o S li haroratda 1 soat davomida amalga oshiriladi; 5. Melilit tarkibli sitallar. Ular MgO-CaO-Al 2 O 3 -SiO 2 s istemasi asosida ZrO 2 katalizatori ishtirokida olingan. Shisha tarkibiga kirgan katalizator miqdori - 10%. Sitall tarkibidagi kristall faza gelenit - 2CaO . Al 2 O 3 . SiO 2 - akermanit 2CaO . MgO . 2SiO 2 minerallarining qattiq qotishmasiga to’g’ri keladi. Shishalarni sitallga o’tkazish 2 pog’onali: birinchi pog’onada harorat 750 o S, kristallanish vaqti 2 soat; ikkinchi pog’onada harorat 1000 o S, kristallanish vaqti 3 soatni tashkil etadi. 6. Diopsid tarkibli sitallar. Ularning asosiy fazasi CaO . MgO . 2SiO 2 mineraliga to’g’ri keladi. Ular CaO-MgO-SiO 2 sistemasi asosida olingan. Kristallanish 90 nukleatori vazifasini 1% miqdorda qo’shilgan Cr 2 O 3 bajaradi. Kristallanish jarayoni bu erda ham ikki pog’onali: birinchi harorat 850-950 o S atrofida ushlangan. Adabiyotda bunday sitallarni bir pog’onali harorat berish orqali ham olish mumkinligi keltirilgan. Quyida ishlatilayotgan xom-ash’yo turiga qarab tasniflangan - sanoat chiqindilari va tog’ jinslari asosida olingan uch turli sitallarga oid ma’lumotlar keltiriladi: 1. Shlak sitallari. Ular shlak nomli sanoat chiqindilari asosida olingan. Shlaklar tarkibi (mas.% hisobida): SiO 2 49-63, Al 2 O 3 5.4-10.7, CaO 22.9-29.6, MgO 1.3-12, Fe 2 O 3 0.1-10, MnO 1-3.5, Na 2 O 2.6-5 va Cr 2 O 3 0.1-2. Rangli sitall olishda ularga oz miqdorda kristallanish nukleatorlari MnS va FeS lar qo’shiladi, oq rangli sitall olishda esa ZnO moddasi kiritiladi. FeS+ZnO→ ZnS+FeO va MnS+ZnO→ZnS+MnO jarayonlari orqali sitall oqartiriladi. 2. Kul sitallari. Issiqlik elektr stanstiyalari kuli asosida olingan. Ko’mir kullari tarkibi (mas.% hisobida): SiO 2 23.2-53.1, Al 2 O 3 13.7-38.4, Fe 2 O 3 3.1-8.4, FeO 0- 14.4, CaO 2.6-26.7, MgO 0.2-4.9, SO 3 0.8-16 va Na 2 O+K 2 O 0-2.9. Kul tarkibidagi Fe 2 O 3 va FeO moddalari kristallanish nukleatorlari vazifasini bajaradi. Bunday sitallar bir va ikki pog’onali kristallanish yo’li bilan olingan. Olingan natijalar bir- biriga yaqin keladi. 3. Petrositallar. Sitallarning bu turini olishda uch turli tog’ jinslari ishlatiladi: a) Otilib chiqqan tog’ jinslari - bazalt, diabaz, granit, nefelin- sienit va boshqalar; b) Cho’kindi tog’ jinslari - qum, tuproq, mergel, kaolin va boshqalar; v) Metamorfik tog’ jinslari - gneys, slanest, marmar, serpantin va bosh-qalar. Ayniqsa bazaltlar asosida sitallar oson olingan. Bazalt tarkibi (mas.% hisobida): SiO 2 -48.4, Al 2 O 3 -14.5, Fe 2 O 3 -6.1, FeO-10, CaO-9.4, MgO-5.8, TiO 2 - 2.6, MnO-0.2, Na 2 O-2.5 va K 2 O-0.5. Kristallanish nukleatorlari sifatida 2-10 FeS+TiO 2 , 0.5-10 CaF 2 va 1-4 Cr 2 O 3 ishlatilgan. 2-4% SaF 2 qo’shilganda juda sifatli sitall olingan. Harorat bir pog’onali bo’lib, 900-950 o S ni tashkil qilgan. Yuqori haroratda ishlash vaqti 1,5 soat. 2. Sitallning kimyoviy tarkibi. Sitallarning kimyoviy tarkibi xilma-xil. Masalan, qo’rg’oshinli si-tallar tarkibi quyidagicha (mas.% hisobida): 75-82 PbO, 7-14 ZnO, 1.5-3 SiO 2 va 0-3 Al 2 O 3 yoki 16-18 PbO,48-52 ZnO,12-15 B 2 O 3 va 18-20 SiO 2 . Yuqori kremnezemli sitall tarkibi: SiO 2 85-92,Al 2 O 3 0-2, F 2 3.6 va Na 2 O 7.5-14.5. Kordieritli sitall tarkibi: MgO-17.8, Al 2 O 3 -25.3,SiO 2 45.8 va TiO 2 -11.1.Spodumenli sitall tarkibi: LiO 2 - 12.1,ZrO 2 -3.6 va SiO 2 -57.6.Gelenitli sitall tarkibi: MgO-8.6,CaO-40,Al 2 O 3 - 15.4,TiO 2 -1 va SiO 2 -35.2. Sitall ishlab chiqarishda qo’llaniladigan katalizatorlar turi ham juda ko’p. Metalli katalizator qatoriga Cu,Ag,Au,Sn,Pt va oksidlari qatoriga WO 3 ,MoO 3 ,CeO 2 va boshqalar kiradi. Murakkab katalizatorlar sifatida As 2 O 3 +MoO 3 , TiO 2 +MeF 2 , ZrO 2 +TiO 2 , AgCl+SnO 2 , La 2 O 3 +Cu 2 O va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling