2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nafis keramika tushunchasi.
технологиялар
4. Chinnining qisqacha yaratilish tarixi, ta’rifi va ishlab chiqarish инновацион texnologiyasi. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. Nazorat savollari. *** Kirish so’zi. Nafis keramika buyumlari qatoriga birinchi navbatda sopol (fayans) va chinni buyumlari kirishi ko’pchilikka ma’lum. Sopol buyumlari juda qadim zamonlarda ham ishlatilgan. Bu fikrni arxeologik va geologiya-qidiruv ishlari natijasida topilgan pishiq, turli rang berilgan, usti sirlangan yoki sirlanmagan, uy ro’zg’orda ishlatiladigan buyumlarning qoldiqlari tasdiqlaydi. Bu topilmalarni chuqur taxlil qilinganda ularning tarkibi tuproq, qum va boshqa birikmalardan tashkil topganligi ma’lum bo’lgan. Ko’p mablag’ va ishlov talab etmaydigan, ba’diiy bezakli, sopol buyumlariga bo’lgan extiyoj juda katta. Shuning uchun bu soxani yanada rivojlantirish, yanada ko’rkam mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. 1. Nafis keramika tushunchasi. Nafis keramika buyumlari qatoriga bir tarkibli va zich strukturali pishgan yoki mayda zarrachali (mayda g’ovakli) sopollakka ega bo’lgan va keramika texnologiyasi asosida olingan buyumlar kiradi. Bunday buyumlar “qo’pol” keramika buyumlaridan sopalagining kesimida ko’z ilg’ab oladigan ko’p tarkibli strukturaning yo’qligi bilan farqlanadi. Buyumlarning rangi yoki sopalakning massivligi nafis keramika bilan “qo’pol” keramikani ajratuvchi faktor bo’laolmaydi. Masalan, rangli chinni va cherepista, steatitli buyum va shamot g’ishti keramika sohasi turli guruxlarining vakillari bo’lishiga qaramasdan bir hil rangga ega bo’lishi mumkin. Shu bilan birga bir guruhga kiruvchi buyumlar ishlatilayotgan xom-ashyo va maqsadga ko’ra oq rang yoki turli ranglarga boyalgan bo’lishi mumkin. Nafis keramika buyumi ishlab chiqirishda xom ashyo tozaligiga qoyilgan talablar kuchli bo’ladi. Xom ashyolarni qayta ishlash jarayoni ham murakkab o’tadi. Xaridorning estetik talablaridan kelib chiqqan holda qoliplangan buyumlar yuzasiga ishlov berish ham murakkab kechadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling