2 mundarija
-Mavzu: Keramik buyumlar turlari ishlab chiqarish usullari va
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
18-Mavzu: Keramik buyumlar turlari ishlab chiqarish usullari va
asosiy texnologik jarayonlar. Qurilish yupqa keramik buyumlarini quritish va kuydirish ishlari. Reja: Kirish so’zi. 1. Qurilish keramikasi maxsulotlari. 2Qurilish koshinlar (plitkalar) ishlab chiqarish texnologiyasi. Plitka ta’rifi Bino bezagi uchun keramika texnologiyasi bo’yicha issiqlik berish yo’li bilan pishirilgan maxsus tarkib va xossalarga ega bo’lgan chinni va sopolsimon tuzilishi me’morchilikda keng qo’llaniladigan buyumlarga keramik plitkalar (koshinlar) deb ataladi. U binoning sirti va ichki qismiga ko’rk berib, uni kir va namdan saqlaydi. Ko’p sonli adabiyot manbalarda plitkalar termini toshtaxtacha, ya’ni kichkina plita yoki to’rtburchak taxtacha shaklidagi kichikroq buyum ma’nosida ishlatiladi. Ba’zi manbalarda esa koshin termini naqshli plitka ma’nosida ishlatiladi. Hozirgi kunda koshinlar O’zbekiston hududida «O’zqurilishmateriallari» akstiyadorlik kompaniyasiga qarashli Toshkentdagi «Toshqurilishmateriallari» va barcha viloyatlarda mavjud bo’lgan maxsus kulolchilik korxonalarda ishlab chiqarilmoqda. 2000-yili «Toshqurilishmateriallari» akstiyadorlik korxonasi Italiya firmasi yordamida Germaniyada chiqadigan qoliplovchi presslarni korxonada o’rnatish hisobiga katta o’lchamli koshinlar ishlab chiqarishga o’tdi. Plitka turlari. Keramik plitkalar ishlatilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi: 100 1. Polbop keramik plitkalar. Ular dag’al keramika guruhiga mansub; 2. Ichki pardozlash plitkalari. Ular nafis yoki nozik keramika texnologiyasi bo’yicha olinadi; 3. Fasad plitkalari. Ular ham dag’al keramika buyumlari safini to’ldiradi; Polbop keramik plitkalar o’z navbatida ikki turga ajraladi: 1. Keramik plitkalar; 2. Koshin yoki naqshli plitkalar. Polbop keramik materiallar shakli 85-rasmda, o’lchamlari esa 30-jadvalda berilgan. Rasmda 1, 2, 4, 6, 7, 9, 11 va 13 raqamlar bilan ko’rsatilgan plitkalarning qalinligi 10 mm, qolganlari (3, 5, 8, 10, 12, 14 va 15) niki esa 13 mm. 7 rasm. Polbop plitkalar. Plitka xom-ashyosi. Polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish uchun pishish intervali katta bo’lgan (~80-100°C li) bir tarkibli gillar ipshatiladi. MDH mamlakatlari hududlarida joylashgan ko’pgina korxonalar kuydirilganida oq, sariq va qizil rang beruvchi shunday xom-ashyolardan foydalanishadi (1 jadval). 1 jadval Polbop plitkalarning xom-ashyosi sifatida ishlatiladigan gillarning mas.% berilgan kimyoviy tarkibi, °C hisobidagi olovbardoshliligi va rangi. Kimyoviy tarkibi va xossalari Gil konining nomi Chasov Yar Drujkovsk Yangi shveystars k Nikiforovs k Nikolaevs k Quyi Uvelsk SiO 2 53,0 61,6 55,1 58,8 62,0 57,6 Al 2 O 3 +Ti O 2 32,6 24,7 32,3 21,7 24,3 29,2 Fe 2 O 3 1,5 0,8 0,8 9,3 2,6 3,0 101 CaO 0,6 0,8 0,6 0,6 0,8 0,2 MgO 0,7 0,7 0,6 0,6 1,0 0,9 K 2 O 2,7 2,9 2,1 1,9 2,5 - Na 2 O 0,3 0,2 0,3 SF 0,3 - Qizdirilga nda yo’qotishl ik 8,5 7,0 8,1 6,2 6,4 9,5 Olov bardoshli k 1700 1610 1700 1480 1600 1560 Rangi Oq Oq Oq Qizil Sariq Kulrang Sifati past gillarga odatda qo’shimchalar (haroratni pasaytiruvchi, deformastiyani kamaytiruvchi, rang beruvchi va hokazo) kiritiladi. Haroratni pasaytiruvchilar sifatida dala shpatlari, pegmatitlar va nefelin sienitlar (O dan 8- 19% gacha) ishlatiladi. Kirishib ketishni kamaytirish uchun O dan 10-20% ga qadar maydalangan shamot va mayda donali kvarst qumi qushish mumkin. Rang beruvchilar sifatida xromli temirtosh FeO·Sg 2 O 3 (O dan 3-10% gacha) ishlatilsa tuproq to’q kulrang yoki ko’k rangga burkaladi. Pirolyuzit MnO 2 (O dan 1,5-5 % gacha) to’q kulrang yoki qora rang, temir oksidi Fe 2 O 3 jigarrang va qizil, kobalt oksidi So 2 O 3 (O dan 2-10%) - ko’k va och ko’k ranglarni beradi. 2-jadval. Keramika materiallari olishda O’zbekistonda qo’llaniladigan gil, lyoss, kaolin, kvarst, qumi va boshqa xom-ashyolarning kimyoviy tarkibi. № Xom-ashyo nomi Gillarning kimyoviy tarkibi, mas.% hisobida. RO 2 R 2 O 3 RO R 2 O Boshqalar Kuydirish yo’qotishi 1 2 3 4 5 6 7 8 1. Angren boyitilmagan kaolini 60,7-63,7 SiO 2 0,31-0,64 TiO 2 21,8- 23,4 Al 2 O 3 1,9-2,0 Fe 2 O 3 0,4-0,8 CaO 0,1-0,2 MgO - - 9,0-10,8 2. Angren boyitilgan kaolini 56,2-58,5 SiO 2 21,4- 28,0 Al 2 O 3 1,4-1,8 Fe 2 O 3 0,5-0,8 CaO 0,3-0,4 MgO - - 10,4-11,0 102 3. Angren QK boyitilmagan kaolini 55,7 SiO 2 0,35 TiO 2 29,0 Al 2 O 3 1,0 Fe 2 O 2 0,7 CaO 0,5 MgO 1,0 Na 2 O 0,5 K 2 0 - 11,3 4. Angren KK boyitilgan kaolini 48,3 SiO 2 36,1 Al 2 O 3 1,0 Fe 2 O 3 0,2 CaO 0,3 MgO 0,5 Na 2 O 0,6 K 2 0 - 12,8 5. Toshkent lyossi 51,6 SiO 2 0,7 TiO 2 11,8 Al 2 O 3 2,20 Fe 2 O 3 11,5 CaO 2,9 MgO 2,0 Na 2 O 2,1 - 13,0 6. Eolov lyossi 44,4 SiO 2 0,6 TiO 2 9,1 Al 2 O 3 1,6 Fe 2 O 3 17,2 CaO 2,7 MgO 2,6 Na 2 O 0,9 K 2 O 2,8 FeO 10,6 CO2 0,1 P 2 O 5 5,5 7. Prolyuvial lyossi 57,7 SiO 2 0,5 TiO 2 15,2 Al 2 O 3 2,7 Fe 2 O 3 3,7 CaO 2,6 MgO 1,1 Na 2 O 2,1 K 2 O 0,6 FeO 4,1 CO 2 4,8 8. Delyuvial lyossi 56,9 SiO 2 0,8 TiO 2 17,0 Al 2 O 3 3,2 Fe 2 O 3 2,6 CaO 2,9 MgO 2,2 Na 2 O 1,5 K 2 O 3,3 FeO 1,3 CO 2 0,3 P 2 O 5 0,1 MnO 5,9 9. Akburlin mergeli 7,50 SiO 2 2,07 Al 2 O 3 0,84 Fe 2 O 3 47,24 CaO 1,17 MgO 0,94 Na 2 O 0,49 K 2 O 0,20 SO 3 39,53 10. Porlitau mergeli 9,86 SiO 2 3,54 Al 2 O 3 0,96 Fe 2 O 3 45,24 CaO 0,71 MgO 0,95 Na 2 O 0,62 K 2 O - 37,91 103 11. Koytash vollastoniti 37,22- 50,46 SiO 2 0,06-0,08 TiO 2 1,00- 3,33 Al 2 O 3 0,64- 0,80 Fe 2 O 3 40,50- 42,89 CaO 1,00-3,95 MgO 0,07-0,09 MnO 0,19- 0,84 Na 2 O+ K 2 O 0-0,10 SO 3 2,52- 12,50 12. Taskazgan oxrasi 51,25- 51,86 SiO 2 0,65-1,22 TiO 2 19,70- 21,01 Al 2 O 3 14,64- 15,64 Fe 2 O 3 0,60-0,74 CaO 0,32-0,65 MgO 0,10- 0,30 Na 2 O 1,39- 1,70 K 2 O 0,11-0,24 SO 3 6,70-9,01 13. Bazalt 49-50 SiO 2 15-16 Al 2 O 3 20-28 Fe 2 O 3 9-11 CaO 6-6,5 MgO - - - 14. Andezit 60-61 SiO 2 15-16 Al 2 O 3 6,5-7,0 Fe 2 O 3 5,5-7,0 CaO 2,0-3,5 MgO 7-8,5 Na 2 O+ K 2 O - - 15 Diabaz 49-50 SiO 2 11-13 Al 2 O 3 5-15 Fe 2 O 3 4-5 CaO 7-9 MgO 4 Na 2 O+ K 2 O - - 16. Karmana tuffiti 45,45- 59,47 SiO 2 7,35- 13,76 Al 2 O 3 2,44- 4,90 Fe 2 O 3 3,53-15,01 CaO 2,94-4,60 MgO 0-4,80 Na 2 O+ K 2 O 1,42-4,42 SO 3 11,40- 18,08 17. Gazgon mramor chiqindisi 2,14-2,28 SiO 2 0,62- 0,67 Al 2 O 3 0,34- 0,35 Fe 2 O 3 53,8-54,3 CaO 0,84-0,85 MgO - 0,03-0,84 SO 3 40,57- 40,99 104 18. Bekobod porfiriti 62,88 Si0 2 15,52 Al 2 O 3 1,47 Fe 2 O 3 2,54 CaO 2,09 MgO 3,04 FeO 6,88 Na 2 O+ K 2 O 0,10 SO 3 4,48 19. Jeroy kvarst kumi 97,2 SiO 2 0,06 TiO 2 0,16 Fe 2 O 3 0,003 Cr 2 O 3 0,03 FeO 0,28 Na 2 O+ K 2 O - - 20. Kulantoy kvarst qumi 97,2 SiO 2 0,68 TiO 2 0,3-1,6 Al 2 O 3 0,20 Fe 2 O 3 0,003 Cr 2 O 3 0,03 FeO - - - 21. Maysk kvarst qumi 91-97 SiO 2 0,8-3,6 Al 2 O 3 0,12- 0,24 Fe 2 O 3 - - - - 22. Oxangaron ohaktoshi 1,50-4,38 SiO 2 0,30- 1,22 Al 2 O 3 0,10- 0,56 Fe 2 O 3 51,25-54,0 CaO 0,28-1,0 MgO 0-0,15 Na 2 O 0-0,15 K 2 O 0,05 P 2 O 5 40,84- 42,90 23. Oqtosh aluniti 43,12 SiO 2 0,44 TiO 2 20,78 Al 2 O 3 0,52 Fe 2 O 3 0,42 CaO 0,30 MgO 5,56 Na 2 O+ K 2 O 21,38 SO 3 7,52 24. Gushsoy aluniti 24,83 SiO 2 34,17 Al 2 O 3 0,42 Fe 2 O 3 0,06 CaO 1,16 Na 2 O 5,90 K 2 O 33,45 SO 3 - Binolarning ichki yuzalarini koshinlashda ishlatiladigan keramik materiallar olish uchun och kuyadigan giltuproq va kaolinlar ishlatiladi. Deformastiyani kamaytirish uchun kvarst qumi SiO 2 , kuydirilgan kaolin Al 2 O 3 ·2SiO 2 , buyumlarning util va politoy chiqindilari qo’shiladi. Plitka massasi 105 50% ga qadar tuproqsimon materiallar, 10-25% kvarst qumi va 35% ga qadar buyum siniqlaridan tashkil topgan bo’ladi. Plitkalar yuqori tezlikda pishiriladigan bo’lsa, massa tarkibiga ozroq miqdorda nefelin sienit, perlit, toshqol, bo’ri, shisha sinig’i qo’shiladi. Talk Mg 3 (OH) 2 ·Si 4 O 10 , dolomit MgCa(CO 3 ) 2 , vollastonit CaO·SiO 2 , metallurgiya va fosfor korxonalari chiqindilarini qo’shish ham yaxshi effekt beradi. Umuman olganda massa tarkibiga ishqoriy er oksidlari MgO, CaO larni kiritish quydirish jarayonidagi kirishib ketishni kamaytiradi. Natijada plitkalarning o’lchamlarini bir xilligiga erishiladi. Fasadni koshinlash plitkalari uchun 70-80% oq va qizil qiyin eruvchi gillarga 20-30% deformastiyani kamayiruvchi (shu gildan kuydirish yo’li bilan olingan shamot, kvarst qumi, guruch qobig’i) va haroratni pasaytiruvchi (pegmatit, perlit, nefelin konstentrati, bo’r va shisha sinig’i) materiallar qo’shiladi. Ishlatilayotgan gillardan bir tarkibli bo’lish, zararli qo’shilmalar (ohaktosh donachalari, temirli va toshsimon moddalar, eruvchan tuzlar) dan holi bo’lish, past haroratda pishish talab etiladi. Pishish intervali katta bo’lishi va rangi harorat o’zgaruvchanligi chegarasida o’zgarmaydigan bo’lishi ham ularga xos bo’lgan ijobiy faktorlar qatoriga kiradi. Plitka tayyorlashdagi asosiy texnologik operastiyalar. Barcha turdagi keramik plitka (koshin) larni ishlab chiqarishda qoliplanadigan bir tarkibli aralashmani tayyorlash shliker olish orqali amalga oshiriladi. Shlikerga ishlov berish turi esa qoliplash usuliga bog’liq. Plitkalarni qoliplashda uch usul qo’llaniladi: 1. Kukunlarni yarim quruq presslash; 2. Plastik massadan buyum olish; 3. Quyish yo’li bilan shakllash. Quyida polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish texnologik tizimiga oid chizma keltiriladi. Fasad plitkalari ishlab chiqarishda ham asosiy jarayonlardan biri press kukunlarni purkagichli quritgichda (87-rasm) tayyorlashdir. Bu erda ham avval massa 40-55 % namlikka ega bo’lgan shliker holida tayyorlanadi. Shu maqsadda giltuproq ivitiladi, so’ngra unga propellerli aralashtirgichda donalari o’lchami 2 mm dan kam bo’lgan shamot (kuydirilgan giltuproq) 20-30% ( 50% ga qadar ) qo’shiladi. So’ngra basseyn-aralashtirgichdan shliker nasos yordamida purkagichli quritgichga uzatiladi va press kukun olinadi. Texnikada press-kukun olishning ikki usuli mavjud: 1. Filtr-press orqali. Oldin plastik massa olinadi, so’ngra u quritiladi va tuyiladi; 2. Purkagichli quritgich orqali. Press-kukun to’g’ridan- to’g’ri olinadi. Keyingi vaqtda purkagichli quritgich filtr pressni butunlayin siqib chiqardi. Sababi purkagichli quritgich qo’llashning samaradorligi 2 marta ortiqligidadir. Ikkinchi holat press-kukunni pressdan o’tkazishdir. U 610B Robot, KR Kp 125, Ariste Super Velko kabi presslar yordamida presslandi. Presslangan plitkalar olishdagi uchinchi holat ishlab chiqarishda lentali konveyer quritgichning qo’llanilishidir. U tunnel qo’rinishida bo’lib, issiqlikni elektr tokini qarshiligi ko’p sim orqali o’tkazish yoki gaz alangali infraqizil isitgichlar o’rnatish orqali amalga oshiriladi. 106 107 8 rasm. Polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish texnologik tizimi. 9-rasm.Purkagichli quritgich: 1-tayanch kolonnalar; 2-konusli tag; 3-tortuvchi zont; 4-stilindrli korpus; 5-gaz gorelkalari; 6-shliker purkagich; 7-chiquvchi teshik; 8-zatvor; 9-lentali konveyer; 10-stiklon; 11-ventilyator; 12-shlikerni uzatuvchi nasos; 13-shliker qorg’ichi; 14-gaz taqsimlovchi pult. To’rtinchi muhim masala - plitkalarni kuydirish jarayoni. U ko’p kanalli va kovakli pechlarda amalga oshiriladi (10-rasm). Shu maqsadda qo’llaniladigan Italiyaning "Siti", Belgiyaning "Gotini" firmalari pechi uzunligi 12-17 m, eni va balandligi 0,26x0,1 m bo’lib, ular 1200-1280°C gacha ishlaydi. Sutka unumdorligi 1000-1200 m 2 plitka bo’lib, 1m 2 plitka uchun 1050°C da 2,5 kVt·soat, 1200°C da 3,5 kVt·soat va 1300°C da 5kVt·soat elektr toki sarf etadi. Kapselsiz kuydirish chog’ida 1 m 2 plitka olish uchun 4,75 kg shartli yoqilg’i sarf bo’ladi 10-rasm. Italiya «Siti» firmasining ko’p kanalli elektr pechi. 108 Fasadli plitkalar sirlanmagan yoki sirlangan bo’lishi mumkin. Sir sifatida shaffof bor- yoki bor-qo’rg’oshinli va bo’g’iq kalstiy-fosfatli, kalstiy-fosfat- stirkoniyli yoki stirkoniyli moddalar ishlatilishi mumkin. Kerakli rang hosil qilish uchun esa oz miqdorda pigment qo’shiladi. Sopolli ichki pardozlash plitkalari olishda quyidagi tarkibga ko’ra komponentlar ajratib olinadi: plastik materiallar- 45 - 50% (20% kuydirilmagan va boyitilmagan kaolin, 25-30% plastik giltuproq) va noplastik materiallar 55-50% (15-25% kuydirilgan kaolin, 15-25% kvarst qumi, 5% dala shpati va 10% talk yoki vollastonit). Massa tarkibiga talk va vollastonitni kiritish orqali kuydirish jarayonida ro’y beradigan siqilishning maksimal kamayishiga erishiladi. Bu faktor plitkalarni tezkor usulda kuydirish imkonini beradi. Plitkalarning xossalari Polbop keramika plitkalarining suv shimuvchanligi 4% dan oshmasligi, yoyiluvchanligi 0,1 g/m 2 dan past bo’lishi zarur. Kislotaga chidamlilik 97-98% atrofida bo’ladi. Fasad plitkalarining turlari, o’lchamlari va xossalari ham standart talablariga mos bo’lmog’ligi lozim. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 75, 100 va 150 kg/sm 2 , egilishdagisi esa 12, 16 va 28 kg/sm 2 dan kam bo’lmasligi zarur. Gilam nusxa fasad plitkalarining sovuqqa chidamliligi ularni muzlatib va eritib sinab ko’rilganda, ular kamida 25 ta shunday stiklga yorilmay bardosh berishi lozim. Ularning 1 m 2 ga mos keladigan og’irligi 6-8 kg atrofida bo’lmog’ligi darkor. Ichki koshinlash materiallari tashqi ko’rinish va sirlangan yuza sifatiga qarab 3 sortga ajraladi. Ularning suv yutuvchanligi yuqori bo’lib, bu raqam 16% dan oshmasligi kerak. Ularning suv shimuvchanligi va issiqqa chidamliligi standart talablariga mos bo’lishi zarur. Plitkalarning issiqqa chidamliligini bilish uchun u 100°C gacha qizdiriladi va temperaturasi 18-20°C bo’lgan suvga tushirilib tez sovitiladi. Shu vaqtda plitka yuzasidagi sir qatlami darz ketmasligi lozim. To’g’ri to’rtburchak va kvadrat shaklli plitkalar muntazam geometrik shaklda bo’lishi, to’g’ri burchakdagi xato 0,5 mm dan oshmasligi shart. Plitkalar yuzining qing’irligi birinchi sort uchun 1,0 mm dan oshmasligi ham talab qilinadi. Plitkalarning ishlatilishi. Polbop keramik plitka, ichki pardozlash plitkasi va fasad plitkalari uy-joy va jamoat binolarining sirti va ichki devorlarini qoplab bezash uchun ko’plab ishlatiladi. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlardagi arxitektura yodgorliklarini qurishda ham qadimgi ustalar keng foydalanilanishgan. Polbop keramika plitkalari pollari ho’llanib va ishqalanib turadi-gan xonalar-vestibyul, hammom, hojatxona, kirxona, sanitariya uzellari, oshxo-na va boshqalarni qoplash uchun hamda metropoliten, davolash muassasalari, kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari pollarini oson yuvish, changdan tozalash, namdan himoyalash uchun zarur. Ular amalda suv o’tkazmaydi va tezda ishqalanib eyilmaydi. Kislotalarga chidamliligi yuqori bo’lganligi tufayli kimyoviy saqlagich va apparatlar futerovkasi uchun ham keng ishlatiladi. Lekin kamchiliklari ham mavjud-plitkalar mo’rtligi va issiqlik o’tkazuvchanligi talabga nisbatan biroz yuqoriroq, o’lchamlari mayda bo’lganligi sababli ularni polga yotqizishga ko’p mehnat sarf bo’ladi. 109 Binolarning fasadlarini bezashda hamda stokol, belbog’, peshburun, karniz kabi fasad elementlari yuzasini qoplashda keramikadan tayyorlanadigan plitkalardan keng foydalaniladi. Ular arxitektura echimiga ko’ra bino fasadini yoppasiga yoki qisman qoplashlari mumkin. Birinchi holda butun sirtga yoppasiga qoplanadi, ikkinchi holda esa fasad elementlarigagina yopishtiriladi. O’rnatilgan plitkalarning sirti tekis va to’g’ri bo’lishi, burchaklari uchmagan, qirralari sinmagan va yuza sirtida darzlar bo’lmasligi talab qilinadi. Plitkalarning tusi har xilligi 10 m dan sezilmaydigan darajada bo’lishi kerak. Ichki yuzalarni koshinlashda ishlatiladigan keramik plitkalarning o’lchami aniq, shakli muntazam va rangi bir xilda tekis chiqqan bo’lishi lozim. Ichki pardozlash plitkalaridagi nuqsonlar fasad plitkalaridagilarga nisbatan ko’zga yaxshi tashlanadi. Shuning uchun ularning tashqi qo’rinishlari-yuzasi, burchaklari va qirralariga jiddiy talablar qo’yiladi. Ular suv shimmaydigan, o’tga chidamli va etarlicha mustahkam bo’lishi lozim. Lekin ulardan pol plitkalariga xos zarb ta’siriga bardosh berish va ishqalanishga o’ta chidamlilik talab qilinmaydi. Ichki pardozlash plitkalaridan shuningdek fasad plitkalaridan talab qilinadigan sovuqqa chidamli bo’lish ham talab qilinmaydi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling