Guruch ichidan chiqqan tosh yoki bir oshxo`rlikda qonunbuzarlarning ayon bo`lgan sir-asrorlari haqida


Download 21.9 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi21.9 Kb.
#1004466
Bog'liq
lotin


Toshkent havosi issiqligini qila boshladi. Mehmonlar ko`proq Toshkent suviga qo`l cho`zdilar. R.Alimboyev bo`shagan shishalarni olib, yangilarni qo`yardi. Birdan hamma jim qoldi. Nigohlar o`zgardi, o`tirganlar ko`z urishtirib olishdi. Stol ustidagi Toshkent suvining ichida nimadir qorayib ko`rinardi. Ma`lum bo`lishicha, u bosh barmoqdek keladigan qo`ng`iz ekan.
Mezbon hijolatdan yer yorilsa yerga kirib ketguday bo`ldi. Lekin bo`lar ish bo`lgandi. Fakt faktda. Bu faktning faktligini “Toshkentpivo” ishlab chiqarish birlashmasidagi (bosh direktori G.Go`rjiyev) o`rtoqlar bilib qo`yishsa foydadan holi bo`lmaydi. Chunki kunlar isib kelayapti sifatli chanqoqbosdi ichimliklarga bo`lgan ehtiyoj ham parallel ravishda o`sib boradi. Buni yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi mazkur korxona rahbarlari unitmasliklari kerak. Lekin baribir ular Toshkent suviga cho`kkan qo`ng`izning “xalokati”ni tushuntirib berdilar.
Guruch ichidan chiqqan tosh yoki bir oshxo`rlikda qonunbuzarlarning ayon bo`lgan sir-asrorlari haqida
O`zbek palovini yoqtirmagan kishi bormi? Ayniqsa choyxona palovi erkaklarning joni-dili. Lekin hamma narsaning ham o`z me`yori bor. Bizning oshxo`rlarga esa bu gap chivin chaqqanchalik ta`sir etmaydi. Chunki ular “professional” oshxo`rlarda! Oshxo`r bo`lganlarida ham “ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor"lardan. Ular maoshni kutib “besh-besh” tashlab, bozorma-bozor, to`rva qo`ltiqlab bo`zchining mokkisiday chopishmaydi. Balki kimningdir hojatini chiqarib, oshga “eritishadi”, tayyor oshga bakovul bo`lishadi. Bugun ham “choyxona bazmi” avjida. Ulfatlar quyuq daraxtlar qo`ynidagi choyxona hovlisiga qo`yilgan yog`och karovatda, o`ngi-tersi solinaverib siyqasi chiqib ketgan “qatirma” ko`rpachalar uzra chordona qurib o`tirganlaricha, aljirab-valjirashayapti. Aftidan ular “ulfati chor, anda maza bor” degan halq naqlining mag`zini chaqishyapti… askiya, hazil-mutoyiba esa avjida…

  • Hov, amaki, - shirakayf ulfatlardan biri qo`li bilan ishora qilib choyxonachini chaqirdi: - namuncha tarang qildiz, bu yoqqa bir qarang…

Novcha bo`yli, qotmadan kelgan, qo`ng`iz mo`ylovli choyxonachi istar-istamas kursining bir chetiga cho`kdida, luqma otdi:

  • Ishtaxalaring karnay bo`lsin…

  • O`ziyam guruchni o`rmalatib yuborasiz-da – oshxo`rlardan biri choyxonachiga maqtov toshini otdi.

  • Endi bizning qo`ldan shu zormandani otvorasiz… so`ngra sizni ulfatlarim bilan tanishtiraman. O`zlariyam yigitlarning xo`rozi-da bular…

Choyxonachi ham ko`p tarang qilmadi. Shartta konyakni otib, piyolani “oq” qilib berdi. Atrofdan “balli, balli, siz ham o`zimizdan ekansiz” degan tasannolar o`qiladi.
So`ngra “yigitlarning guli” ulfatlarini qiroat bilan tanishtirishga tushdi.

  • Bu kishi hurmatli boshlig`imiz, ustozimiz, akaxonimiz “Uzglavstroydrevprom’ning avtokorxonasi boshlig`I o`rtoq Ubaydullayev… bo`ladilar (U boshliq so`ziga alohida urg`u berdi). Yonlaridagi ishbilarmon akamiz, bosh injenerimiz o`rtoq Alimov…, bu kishi esa mulla jiringlarni u yoqdan-bu yoqqa suruvchi, o`zimizning “brat” Kleyner, bizning yonda o`tirgan bu akaxonimiz esa ekspluatasiya bo`limi boshlig`I o`rtoq Oyxo`jayev bo`ldilar… aytib qo`yay, kun tug`sa ham shu kishiga, axir familiyalari bilan Oyxo`jayev-da, - askiya qildi u.

Atrofdan “xov”, “bu”, “ha-ha” degan beo`xshov kulgi ko`tarildi.

  • O`zlari-chi, - choyxonachi suhbatni ulaganday bo`ldi.

  • Kaminani bilasiz, kunda-shunda oshxo`rlardan... xo-xo-xo… bekorchilar raisi… xo-xo-xo…

Ulfatlar obdan kulishgach, biroz jiddiy tortishib, mavzuni ishga burishdi.

  • Kecha deng, balansdagi 134 ta avtomobildan 32 tasini “shofyor yo`q” degan bahona bilan “remont”ga qo`ydim, - dedi bosh injener maqtaganday.

  • Davlatning yoqilig`isi omon bo`lsa, osh bo`laveradi, - dedi bosh buxgalter ham bo`sh kelmay.

  • Ortiqcha yoqilig`I sarflangan shofyordan chakana narx bo`yicha 100 foiz o`rniga ulgurji narx bilan 60 foiz jarima ushlab qolayapmiz.

  • Lekin ayrim shafyorlardan umuman ushlab qolmayapsizlar, - boshliq gina qilganday bo`ldi.

  • Ha, to`g`rida, - eksplutatsiya bo`limi boshlig`i “shefning” gapini quvvatladi. – ularning ham oshini yeylikda!..

  • Masalan o`tgan yarim yillikda benzin ortiqcha sarf qilgan kishilardan 145 so`m ushlanmay qoldi, - bosh buxgalter yana hisobdonligini ko`rsatdi. – bu ahir uch-to`rtta osh degani-ya! Lekin boshqarma apparati va xo`jaligimizda oriqcha o`n kishi ishlayapti. Davlat cho`ntagidan 163 ming so`m ortiqcha ish haqi to`lab yuboramiz! Ishqilib ohiri bahayr bo`lsin…

  • E, sovuq nafas qilma, birodar, - ulfatlardan biri bosh buxgalterni jerkib berdi. – yaxshi gaplardan gapaylik.

  • Bir zumlik sukutni boshliqning dorillagan ovozi buzdi:

  • Bizda ikkita qorovul ham ortiqcha ishlayotgan ekan! Ularni ham bir etsak bo`larmidi…

Boshliqning bu gapidan hammaga jon kirdi. Ulfatlar goh kekirib, goh “xo-xo”lab kulishardi. “choyxona palov” ustidagi gurung anchagacha davom etdi. Oshxo`r ulfatlar biri olib, biri qo`yib avtomobil xo`jaligida :amalga oshirayotgan” qallobliklari va yangi “rejalari” xususida anchagina chaqchaqlashdilar.
Ammo biz shu yerga kelganda feletonimizga nuqta qo`yishni lozim topdik. “uzglavstroydrevprom”ning bu avtomobil korxonasida davlat qonun-qoidalarining buzilayotganliginingsababi nimada ekan. Nima uchun korxona rahbarlari o`ta xo`jasizlikka, talon-tarojlikka, moliya-shtat intizomining buzilishiga yo`l qo`yayaptilar! Ularning mushugini “pisht” deydiganlar nahotki topilmasa!
O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetning XVI plenumida ko`zbo`yamachilarga, oshirib, qo`shib yozuvchilarga, poraxo`rlarga, o`z xizmat maqeini suiiste`mol qilayotgan shaxslarga shafqatsiz bo`lish kerakligi uqdiriladi. Ana shu talablardan kelib chiqib, ATP boshlig`I B.Ubaydullayev, bosh injener A.Alimov, eksplutatsiya bo`limi boshlig`i Sh.Pyxo`jayev, bosh buxgalter I.Kleynerlarning ma`suliyatsizligi, xo`jasizligini qanday baholash kerak.
Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling