2 mundarija
Sopol buyumlarining xususiyati va ishlatilishi
Download 3,9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sopol ishlab chiqarish usullari.
Sopol buyumlarining xususiyati va ishlatilishi.
Tuproqli va ohakli fayans buyumlari yumshoq sopol buyumlariga kiradi. Ular anchagina g’ovak bo’lib, 19-22 % suvni shimadi. Ularning 1 sm 2 yuzani sindirishga sarf qilinuvchi kuch 60-200 kilogrammga to’g’ri keladi. Shu yuzaning siqilishga chidamliligi 600-900 kilogramm atrofida bo’ladi. Issiqlik kengayish koeffistienti esa 50-60x10 -7 grad. -1 ga teng. 118 Tuproqli va ohakli fayansning asosiy kamchiligi temperaturaning o’zgarib turishiga turg’unsizligidir. Shuning uchun bunday buyumlar juda oz miqdorda ishlab chiqariladi. Uning massasi asosida galvanika elementlari saqlanuvchi idish, filtr, arzon xo’jalik buyumlari yasaladi. Yarim chini massasidan tayyorlangan xo’jalik va maishiy idishlari urilish va issi-sovuqning o’zgaruvchanligiga chidamliigi bilan fayansdan ustun turadi. Masalan, yarim chinnidan yasalgan tarelka 25-200 gradusda xaroratning marta o’zgarishiga chidaydi. Bu jixatdan u chini buyumlarning xossalarini eslatadi. Shamotli fayans qattiq fayans massasi asosida yaratilgan. Uning tarkibida shamot bo’lganligi tufayli yuqori harorat va urilishga chidaili bo’ladi. Shu tufayli ularning massasi asosida vanna, rakovina va boshqalar yasaladi. Vanna oshxona devorlariga yopishtiriladigan plitalar o’zining suv shimuvchanligi (16% dan oshmasligi kerak), issiqqa chidamliligi (100 0 gacha qizdirilib, so’ngra 18-20 0 li suvda tez sovitilganda sir qatlami darz ketmasligi lozim) va boshqa xususiyatlari Bilan sopol buyumlarga yaqin turadi. Sopol ishlab chiqarish usullari. Hozirgi kunda sopol buyumlari massasi turli xil usulda tayyorlanadi. Birinchi usul eng qadimiy bo’lib, bu usul boyicha suyuq modda – quyishga mo’ljallangan shliker tayyorlanadi va quyiladi (2-rasm). Bunday shakarqiyom moddaning namligi 31-32 % bo’ladi. Ikkinchi usul ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan bo’lib, uni mutaxassislar plastik usul deb ataydilar. Bu usul boyicha odat namligi 16-25% bo’lgan plastik massa tayyorlanadi va qoliplarda kerakli shakllar hosil qilinadi. Uchinchi usul boyicha namligi 5-8% bo’lgan talqonsimon massa tayyorlanadi. Korxonalarda shlikerni qoliplarga qoyish ko’pincha mexanizastiya yordamisiz bajariladi. Shu tufayli qoliplashdagi bosim bir atmosferadan yuqori bo’lmaydi. 5- 8% namlikga ega bo’lgan yarim quruq poroshok bir yoki ikki tomonlama, bir pog’onali yoxud ko’ppog’onali usullarda 200-400 kgs/sm 2 bosimda presslanadi. Presslash jarayoni tirsak – dastali, frikstion, rotastion va gidravlik presslarda bajariladi. Plastik massaning namligi 16-25% bo’lganda presslash 10-20 kgs/sm 2 bosimda lentasimon yoki shtampovka presslarida amalga oshiriladi. Odatda tayyorloy shnek yordamida suriladi va zichlanadi. Sopol ishlab chiqarish ancha murakkab prostess bo’lib, bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oladi. Ma’ruza matnining bu qismida berilayotgan kattiq fayans nomli sopol ishlab chiqarishning texnologik sxemasi bu haqda to’la tushuncha xosil qilishga yordam beradi (3-rasm.). Yarim quruk presslash usuli kata bosim ostida turli avtomatik moslamalar yordamida amalga oshirilgani tufayli presslanayotgan massani qoliplash usuli bilan ish yuritilganda soda yoxud murakkab shaklli buyumlarni yasash mumkin. Shliker yoxu eritma bilan ishlanganda esa o’ta murakkab shaklli buyumlar gipsli formalarga qoyiladi. Haqiqatdan ham korxonalarda choynak, koshin, kuvacha, ko’ra (vaza), xaykalcha, unitaz, umivalnik singari sopol buyumlari eritmalardan quyib olinadi. Lagan, tarelka, kosa, piyola, quvur va plita singari xo’jalik asboblari esa plastik massa olish va uni qoliplash usuli orqali amalga oshiriladi. Koshinlashda ishlatiladigan plita, guldor sopol va turli xildagi soda shaklli buyumlar pressavtomat yordamida tayyorlanadi. 119 Ushbu qattiq fayans olishning umumiy texnologik sxemasini bir oz o’zgartirib boshqa fayans turlarini ishlab chiqarishga ham joriy etish mumkin. Jumladan, sxemada dala shpatiga oid liniya olib tashlansa, texnologik jarayon tuproqli fayans sxemasiga o’xshash bo’lib qoladi. Ohakli fayans buyumlarni ishlab chiqarishda yuqoridagi sxemaga oxaktosh liniyasi kiritish darkor. Ohaktosh konlarni portlatish va bir cho’michli ekskavatorlar yordamida qazib olinadi. Shundan o’ng tosh bo’lakchalari 12 tonna yoki undan xam ko’proq yuk ko’taradigan KrAZ va BelAZ markali avtosamosvallarda ohakli fayans korxonasining ohaktosh saqlash omboriga jo’natiladi. Ohaktosh ishlov berish va dozalash operastiyalari orqali komponentlarni aralashtiruvchi tegirmonlarga kelib tushadi va boshqa xom ashyolar bilan aralashib ketadi. Download 3,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling