2 mundarija
Nafis keramika klassifikastiyasi
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
2. Nafis keramika klassifikastiyasi. Barcha nafis keramika buyumlari ikki katta gruppaga ajratiladi: 1. Yumshoq sopolakka ega bo’lgan, g’ovak va etarli darajada pishmagan buyumlar; 2. Sopalagining kesimi qattiq va yaltiroq bo’lgan hamda pishgan buyumlar. Birinchi gruppa buyumlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Yarim chinni (oshxona buyumi,sanitariya-texnika buyumi va boshqalar); 2. Qattiq fayans - xo’jalik va sanitariya-texnika buyumi, fayansli oblistovka maqsadlarida ishlatiluvchi koshinlar; 3. Tuproqli fayans; 4. Ohakli fayans; 5. Rangli va oq sopalakga ega bo’lgan mayolika (xo’jalik buyumi, dekorativ buyumlar, oblistovka uchun ishlatiluvchi rangli mozaika, panno va boshqalar); 6. Sanitariya-qurilish va sanitariya-texnika buyumlari - vannalar, umivalniklar, laboratoriya va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan rakovinalar. 12-rasm. Chinni buyumlar. 3. Sun’iy sopol (fayans) buyumlar ishlab chiqarish. Sopolsozlik qadimiy bo’lib, xalq ustalari uni asrlar davomida o’z mahoratlari bilan rivojlantirib kelmoqdalar. Bugungi kunda sopolsozlik san’ati asosida yasalgan turli xildagi buyumlarga yangidan jilo berilmoqda. Bu san’at va xo’jalik buyumlari bilan bir qatorda tarixiy obidalar, zamonaviy uy-joylar, inshoatlar,xiyobonlarga chiroy baxsh etmoqda. Endilikda sopolsozlik san’ati birinchi bor metro stanstiyalari pardozida ham qo’llanila boshladi. Jumladan, Toshkent metropolitenining “Oybek”, “Navoiy” va “Toshkent” stanstiyalariga kirib kelgan har bir kishi o’zini ko’rkam qasrga kirib qolgandek his etadi.. 116 Respublikamiz tarixining o’rta asrga oid sopol yodgorliklarini Farg’ona vodiysining Chust va Dalvarzin, Surxandaryo oblastining Sopolitepa va Kuchuktepa, Samarqandning Afrosiyob, Xorazm va Toshkentning hunarmandlar yashagan dahalaridan topilgan amaliy ashyolar ichida ko’plab uchratish mumkin. Bunday sopol idishlar o’zining pishiqligi, naqshning betakrorligi, nafis ishlov olinganligi bilan lol qoldiradi. Sopol idishlar AQSh, Angliya, Franstiya, Turkiya, Grestiya, Misr muzeylarida madaniyatimizning noyob nusxalari sifatida namoyish etilmoqda. XIII asrda sopolsozlik inqirozga yuz tutdi. Ammo Temuriylar davlatining paydo bo’lishi va taraqqiy etishi natijasida XIV-XVI asrlarda sirli sopol buyumlarini ishlab chiqarishga qayta asos solindi. XX asrga kelib O’zbekistonda keramika mahsulotlarining barcha turi, shu jumladan sopolsozlikning rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Respublikamizning hamma oblastlarida kulolchilik korxonalari barpo etildi. G’ijduvon, Rishton, Xiva, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentda mavjud bo’lgan hunarmandchilik ustaxonalari qayta jixozlandi va kengaytirildi. Sopol buyumlari qurilish va sanoat qurilishi materiallari, texnika materiallari va maishiy-xo’jalik materiallariga bo’linadi. Qurilish va sanoat qurilishi materiallariga devorbop va bezakbop sopol buyumlar, kanalizastiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, sanitariya-qurilish sopol buyumlari kiradi. Texnika materiallari esa gal’vanika elementlari qobig’i, kimeviy chidamli sopol buyumi, filtrlovchi kovak sopol, nur texnikasi sopoli kabi mahsulotlardan tashkil topgan. Maishiy-xo’jalik materiallari va buyumlariga sopoldan yasalgan badiiy-dekorativ buyumlari kiradi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling