2 mundarija
Download 3,9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohakli fayans - yumshoq fayans
Sopol turlari.
Sopol mahsulotlari buyumning kimeviy va mineralogik tarkibiga yoxud ishlatiladigan xom ashyo turiga qarab klassifikastiyalanadi. Masalan, ular xom ashyo turi va miqdoriga qarab tuproqli fayans, ohakli fayans, qattiq fayans, shamotli fayans va yarim chinnilarga bo’linadi. Tuproqli fayans buyumlari qadimiy bo’lib, kulolsozlik buyumlari nomi bilan yuritiladi. Agar ular sirlangan va gul chizilgan bo’lsa, sirlangan guldor sopol nomini oladi. Milodiy XV asrga kelib , mashhur italiyalik kulolsoz - xaykaltarosh Luka della Robbianing sirlangan sopol buyumlarini ishlab chiqarishdagi ulkan ishlari tufayli bu soxa Italiyaning Faensta shaharida taraqqiy qiladi. Guldor kulolchilik buyumlari fayans buyumlari deb atala boshlandi. XVI asrlarga kelib franstuz haykaltaroshi Bernara Palissining tadqiqotlari asosida italiya fayansining yangi turi-flamand fayansi, XVI-XVIII asrda esa Delfte shahrida golland fayansi yaratildi. Bu buyumlar tarkibiga 80-85 prostent yuqori haroratda eriydigan tuproq bilan 15-20 prostent kuydirilgan chaqmoqtosh kirgan. Ayrim hollarda buyumlarning oqligini oshirish maqsadida tarkibiga chinni gili qo’shiladi. Chaqmoqtosh o’rniga esa tabiiy kvarst va qum ishlatish mumkin. Tuproqli fayans massasi rangli, oqimtir va sarg’imtir bo’lishi mumkin. Unga surkaladigan sir esa engil eriydigan shaffof yoki sidirg’a shiradan iborat. Uning sopolaki zich va mahkam bo’ladi. Ohakli fayans - yumshoq fayans yohud o’rta asr fayansi nomi bilan mashhur. Bu fayans turiga “turk” fayansi, yarim fayans buyumlari kiradi. Bu mahsulotlar milodiy X-XVIII asrlarga oid bo’lgan fors sopolsozligiga asoslangan bo’lib, uning tarkibida 30-40 prostentli gil, 30-50 prostent kvarst, 0-10 prostent 117 dala shpati va 10-15 prostent ohaktosh bo’lgan. Ba’zi erlarda ohaktosh o’rniga dolomit minerali ham ishlatiladi. Odatda ularning yuzasi tarkibida qo’rg’oshin oksidi bo’lgan sir bilan qoplanadi. Qo’llanilayotgan sir rangli, oq va shaffof bo’lishi mumkin. Download 3,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling