Tog’ jinslarining mineralogik zichligini aniqlash


Download 38.06 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi38.06 Kb.
#1498948
Bog'liq
амалмй 14


Tog’ jinslarining mineralogik zichligini aniqlash

Jinslarning mineralogik zichligi jins hosil qiluvchi minerallarning og’irligi va hajmini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi.


Og’irligi 3-5 gramm jins namunasi hovonchada uni tashkil etuvchi alohida donalarga ajralguncha maydalanadi. Yuvilgan piknometr +105oC haroratda quritiladi va og’irligi o’lchanadi (Mp). Tajriba vaqtida og’irlikni o’lchash aniqliligi 0,001 gramni tashkil etadi.
Tayyorlangan jins quruq piknometrga to’kiladi va og’irligi o’lchanadi (M1). Maydalangan jins solingan piknometrga distillangan suv solinadi va vakuumlanib yoki qaynatilib suvdan havo chiqariladi. Suvda eriydigan tuz va bukadigan gil tarkibli jinslar hamda kabonalar uchun ishchi suyuqlik sifatida tozalangan kerosindan foydalaniladi, havoni chiqarish esa vakuumlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Maydalangan jins solingan piknometr va ma’lum zichlikdagi (Ys) ishchi suyuqlikning umumiy og’irligi o’lchanadi (М2).
Jinsning mineralogik zichligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(8.7)
bu yerda: Ymmineralogik zichlik, g/sm3;
Мp- quruq piknometrning og’irligi, g;
М1- maydalangan jins solingan piknometrning og’irligi, g;
М2- maydalangan jins solingan piknometr va ishchi suyuqlikning og’irligi, g;
М3- piknometrning ishchi suyuqlik bilan og’irligi, g;
Ys- ishchi suyuqlikning zichligi, g/sm3.
Tog’ jinsining mineralogik zichligini aniqlash 0,001 g/sm3 gacha aniqlik bilan amalga oshiriladi.


Jinslarning hajmiy zichligini aniqlash

Ochiq va berkilgan bo’shliq kanallariga ega bo’lgan 4-5 sm3 hajmdagi namuna ingichka simga bog’lanadi va analitik taroziga osib og’irligi o’lchanadi (М4). Tajriba vaqtida og’irlikni o’lchash aniqliligi 0,001 gramni tashkil etadi. Simning og’irligi aniqlanadi (М7). Namuna parafinning yupqa qobig’i bilan qoplanadi. Buning uchun simdan ushlab namuna 1-2 sekund harorati parafinning erish haroratidan 5-100С yuqori bo’lgan erigan parafinga botiriladi. Parafinlash tugallangandan keyin parafin qobig’da darzliklar va pufaklar borligini aniqlash uchun namuna tekshirib ko’riladi. Aniqlangan nosozliklar issiq sim bilan bartaraf qilinadi.



Namunalarning og’irligini o’lchash.
Parafin sovigandan so’ng namuna sim bilan bargalikda tortiladi (М5). Parafinlangan namuna distillangan suvda tortiladi (М6) (8.12-rasm).
Jinsning hajmiy zichligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
,
bu yerda, Yhhajmiy zichlik, g/sm3;
M4 – quruq namunaning sim bilan birgalikda og’irligi, g;
M5 – namunaning parafin qobig’i bilan birgalikda og’irligi, g;
M6 – parafin qobig’li namunaning suvdagi og’irligi, g;
M7 – simning og’irligi, g;
Yssuvning zichligi, g/sm3;
Ypparafinning zichligi, g/sm3.
Tog’ jinsining mineralogik zichligini aniqlash 0,001 g/sm3 gacha aniqlik bilan amalga oshiriladi.
Download 38.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling