2 mundarija
Qattiq fayans - fayans buyumlari
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamotli fayans buyumlari
- Yarim chinni buyumlarni
Qattiq fayans - fayans buyumlari orasida muhim o’rinni egallaydi.
Fayansning bu turi dala shpatili fayans nomi bilan ham ataladi. XVIII asrning boshlarida nemis hunarmandlari birinchi bo’lib bunday sopol buyumlarni kashf etishdi. Ularning massasi tarkibiga 45-65 prostent kulrang gilmoya, 25-40 prostent qumtosh va 8-15 prostent dala shpati kiradi. Gilmoya qisman chinni gili, dala shpati esa ishlab chiqarish chiqindisi bilan almashtirilishi mumkin. Shamotli fayans buyumlari olishda massa tarkibiga ko’p miqorda shamot qo’shiladi. Shamotni o’z navbatida chinni gili yoki boshqa alyuminiy (III) oksidiga boy bo’lgani gilmoyani yuqori haroratda bir necha soat davomida qizdirish yo’li bilan olinadi. Shamotli fayans yuzasiga qalin angob, so’ngra shaffof bo’lmagan sir surtiladi. Angobni ishlatishga shamotli fayans tarkibiga kiruvchi gilmoya vosita bo’ladi. Odatda bu xom ashyo yog’li va yopishqoq bo’lishi kerak. Oxirgi xususiyatlar esa tarkibida temir va alyuminiy moddalari ko’p bo’lgan gillarga mansub. Fayerton nomi bilan ataluvchi shamotli fayans massasi tarkibiga 25-45 prostent shamot kiradi. Yog’li gilmoyaga qo’shiluvchi bu modda zarrachalarining o’lchami 2-5 mm oralig’ida bo’lishi kerak. Massa tarkibiga 4 prostent pegmatit, 18 prostent qumtuproq, 3 prostent o’ta yuqori yopishqoq gil va 0,1 prostent soda qo’shilishi mumkin. Yarim chinni buyumlarni ishlab chiqarishda qattiq fayansdagi kabi xom ashyolar ishlatiladi. U sanitariya-gigiena va mexanika jihatidan qattiq fayans bilan chinni o’rtasidagi oraliq materialdir. Odatda yarim chinni tarkibiga 48-50 prostent gil va kaolin, 40-50 prostent kvarst va 5-10 prostent dala shpati kirgan bo’ladi. Agar massa tarkibiga ozroq miqdorda pishiqlikni oshiruvchi va kuydirish intervalini kattalashtiruvchi dolomit, magnezit yoki talk qo’shilsa, bunday mahsulotni magnezialli fayans deb ataladi. Qoliplangan xom mahsulotlarning kuydirish prostessini 30-60 prostent barit mineralini massa tarkibiga kiritish bilan yaxshilash mumkin. Bunday mahsulot baritli fayans nomi bilan yuritiladi. Sopol idishlar yasash uchun sog’ tuproqqa 10-15 prostent yopishqoqlikni oshiruvchi bentonit nomli gil qo’shiladi. Bu esa buyumning cho’ziluvchanlikka mustahkamligini oshiradi va bentonitli fayans deb ataladi. Sopol mahsulotlari tayyorlash usuli, ishlov berish turi, strukturasi, qattiq mayda zarrachalarning yopishqoqligi, sirpanuvchanligi, kislotaga barqarorligi va shunga o’xshash boshqa faktorlar asosida qism, gruppa va turlarga bo’linadi. Tayyorlov usuliga ko’ra, mahsulotlar shliker yoki eritmadan quyilgan va plastik qoliplangan, shuningdek, tashqi yuzasiga ko’ra, sirlangan va sirlanmagan buyumlarga bo’linadi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling