2 mundarija


-Mavzu: Keramik massani va xom ashyoni shixta tarkibini


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

19-Mavzu: Keramik massani va xom ashyoni shixta tarkibini 
tayyorlashning asosiy bosqichlari. 
Reja 
1. Asosiy xom ashyo materiallar. 
2. Xom ashyo materiallarini tanlash. 
3. Xom ashyoni boyitish. 
Keramika, shisha va bog‘lovchi mahsulotlari birinchi navbatda silikatlar 
asosida olingan. Yer pо‘stining 75 protsenti silikatlardan tashkil topgan, yana 12 
protsenti esa ozod kremnezemdan iboratligini inobatga olsak, ularning 
haѐtimizdagi katta roli oydinlashadi. Keramika va shisha hamda bog‘lovchi 
modda-lar tarkibi turli-tuman bо‘lgan xom ash’ѐlardan qizdirish va eritish orqali 
olinadi. Shuning uchun ularning xususiyatlari tarkib va muhitga qarab 
о‘zgaruvchan bо‘ladi.
Silikat sanoatining asosiy tabiiy va sun’iy xom ash’ѐlari - kaolin Al2O3 
2SiO2 2H2O, galluazit Al2O3 2SiO2 4H2O, muskovit K2 Al2 (Si3 Al)O10 
(OH)2, flo-gopit K Mg3 (Si3 Al)O10 (OH)2, montmorillonit (Ca, Mg)O Al2O3 4-
5 SiO2 xH2O, talk 3 MgO 4SiO2 H2O, gipstosh CaSO4 2H2O, kalsit CaCO3, 
magnezit MgCO3, dolomit MgCa (CO3)2, flyuorit CaF2, soda Na2CO3, potash 
K2CO3, apatit 5CaO P2O5 (F,Cl), mikroklin K2O Al2O3 6SiO2, albit Na2O 
Al2O3 6SiO2, anortit CaO Al2O3 2SiO2, kvars SiO2, korund Al2O3, 
qо‘rg‘oshinli surik Pb3O4, vollastonit CaO SiO2, gematit -Fe2O3, magnetit 
Fe3O4 va boshqalar kristall moddalar qatoriga kiradi (1-jadval). Ular asosida 
olinadigan material va buyumlarda esa alit 3CaO SiO2, belit β- 2CaO SiO2, 
uchkalsiyli alyuminat 3CaO Al2O3, tо‘rt kalsiyli alyumoferrit 4CaO Al2O3 
Fe2O3, ohak CaO, mullit 3Al2O3 2SiO2, enstatit MgO SiO2, diopsid CaO MgO 
2SiO2, gedenbergit CaO FeO 2SiO2, jadeit Na2O Al2O 4SiO2, spodumen Li2O 
Al2O3 4SiO2, forsterit 2MgO SiO2, fayalit 2FeO SiO2 kabi kimѐviy birikmalar 


110 
hosil bо‘ladi va ular mahsulotning tegishli xossa va xususiyatlarni ta’minlaydi. 
Ular ham yuqorida nomlari keltirilgan xom ash’ѐlar kabi kristall strukturaga ega 
bо‘lgan. 
Xom ash’ѐ va tayѐr mahsulot tarkibi kristall tuzilishiga ega bо‘lmasligi ham 
mumkin. Masalan, vulqon otilishi natijasida hosil bо‘lgan obsidian nomli xom-
ash’ѐ ѐki chinni maxsuloti tarkibiga kiruvchi shaffof moddalarni olaylik. Bunday 
kimѐviy birikmalar tuzilishiga kо‘ra smola, kanifol kabi amorf moddalarga kiradi. 
Xom-ash’ѐ ѐki mahsulotga termik ishlov berish esa ularning kristall shaklidan 
amorf shakliga о‘tishini tezlatuvchi faktor bо‘lib xizmat qiladi.
Silikat sanoati va unga taaluqli sohalar – bog‘lovchi moddalar va 
asbestsement buyumlari, keramika va olovbardosh buyumlar, shisha va 
shishakristall (sitall) materiallarining xom-ash’ѐlari, bir tarkibli aralashmalari 
(bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda – shlam va xom-ash’ѐ uni, keramika va 
olovbardosh buyumlar olishda shliker, massa, yarim quruq va quruq kukunlar, 
shisha va sitallar ishlab chiqarishda esa – shixta ѐki briket) va tayѐr mahsulotlar 
sifati va xossalarini nazorat qilishda ularning ichki tuzilishi va uni tashqi muxit 
ta’sirida о‘zgarishini bilish eng muxim masala hisoblanadi. Bu esa о‘z navbatida 
talabalarning texnologiya asoslari, silikatlar fizik-kimѐsi, fizik-kimѐviy taxlil, 
kristallografiya, mineralogiya va petrografiya fanlari asoslarini chukur 
о‘zlashtirishlari kerakligini taqazo etadi. 
Umumiy qilib gapirilganda, bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda xom-
ashyolarni tanlash quyida nomlari keltirilgan 6 xil jinslar atrofida bо‘ladi: 
1. Karbonatli xom-ashyolar. Ularga portlandsement va ohak olishda 
ishlatiladigan ohaktosh, bо‘r, ohak tufi, chig‘anoqtosh nomli ohakli tog‘ jinsi 
hamda magnezial bog‘lovchilar ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan dolomit va 
magnezit kiradi. Ohaktosh, magnezit va dolomit kristall panjarali tog‘ jinslari 
bо‘lib, ularning tarkibi kо‘pincha tegishli kimyoviy formulaga tо‘g‘ri keladi. 
Ularning mikrotuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin. Masalan, dolomitning 
mikrostrukturasi kristallarining о‘lchamiga qarab mayda kristalli (о‘lchami 0,1 mm 
dan kichik ), о‘rtacha kristalli (о‘lchami 0,1-0,25 mm oralig‘ida ) va yirik kristalli 
(о‘lchami 0,25 mm dan katta); 
2. Gilli xom-ashyo - gillar, gilli slanetslar, qumoq tuproqlar, lyoss va 
boshqalar. Ular sementli shixtalarning ikkinchi asosiy komponenti hisoblanadi. 
Gillar ham tabiatda keng tarqalgan bo’lib, kimyoviy tarkibiga ko’ra kaolinit
galluazit, pirofillit, montmorillonit, monotermit kabilarga ajraladi. Ular tabiatda 
granit va gneyslarning parchalanishidan hosil bo’ladigan jinslardir; 
3. Karbonat-gilli xom-ashyo - mergellar. Mergellar tabiatning ulug‘ tuhfasi 
bо‘lib, о‘ta yuqori sement olishga imkon tug‘diraditgan yuqori sifatli xom 
ashyodir. 
4. Kremnezemli xom-ashyo - silikat avtoklav materiallari tayyorlash va 
portlandsement 
shixtalarida 
korrektirovka qiluvchi qо‘shimcha sifatida 
ishlatiladigan kvarsli qumlar va betonlar solishtirma og‘irligi va korroziyaga 
chidamliligini oshirish uchun sement tarkibiga faol mineral qo’shilma sifatida 
kiritiladigan trepellar, diatomitlar va opoka (qumga boy tog‘ jinsi) lar. Tabiatda 
kvarsitlar kо‘p tarqalgan zich qattiq maydadonali tog‘ jinsidir. Ular asosan kvars 
donachalaridan tashkil topgan bо‘lib, qо‘shilma modda sifatida tarkibiga muskovit, 
xlorit, gematit, grafit, kianit va boshqalar kiradi; 


111 
5. Sulfatli xom-ashyo - gipstosh va tabiiy angidrid. Ular gipsli. bog‘lovchilar 
ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo va portlandsement qotishi regulyatorlardir; 
6. Toshqol va kullar - sementlarning xom-ashyoli shaxtasi hamda ohak, gips va 
portlandsement asosida olinadigan qо‘shma sement tarkibiga kiradi. 
Bog‘lovchi modda, keramika va shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 
korxonalarga xom-ashyo tabiiy, texnogen yoki sintetik holatlarida karer, kon va 
korxonalardan keltiriladi. Sintetik xom-ashyo - kalsinatsiya qilingan soda, bor 
kislotasi, bura, potash, bariy karbonati, о‘ta toza oksidlar, karbidlar, nitridlar, 
silitsidlar va boshqa bir qator kimyoviy birikmalar dastlabki ishlov berishni talab 
etmaydi. Ular korxonalarga tayyor holda keltiriladi va shixtalar tarkibiga 
dozirovkadan о‘tgach kiritiladi. 
Tabiiy va texnogen xom-ashyolar - kremnezemli (kvars, kvars qumi, 
kvarsit, diatomit, opoka, trepel), alyumosilikatli (lyoss, gil, olovbardosh gil, gilli 
slanets, kaolin, dala shpati, chinni toshi, perlit, pemza, tuf, trass va boshqa), 
karbonatli (ohaktosh, bо‘r, mergel, magnezit, dolomit), glinozemli (boksit va 
nefelin), sulfatli (gipstosh, angidrid, natriy sulfati), fosforli (fosforit, apatit) 
moddalar silikat massasi yoki shixtasi tarkibiga boyitilmagan holda kiritilishi 
mumkin (qurilish keramikasi ishlab chiqarishda). Lekin kо‘p hollarda (chinni-
sopol, olovbardosh buyum ishlab chiqarishda) ularga dastlabki ishlov berish 
zaruriyati tug‘iladi. 
Dastlabki ishlov berish orqali ularning tarkibidagi temir va boshqa rang 
beruvchi oksidlarning miqdori kamaytiriladi, yopishqoqligini ta’minlovchi 
glinozyom miqdori oshiriladi va h.k. 
Kvars qumlari yuvilgan vaqtda tuproqlardan tozalanadi, qumdagi erkin 
temir 
birikmalarning 
miqdori 
25-30 
%ga 
kamayadi. 
Bu 
jarayon 
klassifikalashtiruvchi konus, gidromexanik klassifikator va gidrotsiklonlarda 
bajariladi. Ishqalab yuvish maxsus aralashtirgichlarda 8-9 minut davomida amalga 
oshiriladi. Bu vaqtda kvars zarrachalari yuzasidan gillar yuvilib ketadi, ishqalanish 
tufayli yuzada joylashib qolgan 80-90% temir birikmalari yо‘qotiladi. 
Flototozalash flotatsion mashinalar yordamida faol aralashtirish yо‘li bilan 
amalga oshirildi. Pulpaga flotoreagentlar kiritilishi tufayli qum zarrachalari suvda 
xо‘llanadi va chо‘kadi, qо‘shilmalar esa qо‘llanmaganligi tufayli kо‘pik holatida 
yuzada qoladi. Bu usul yordamida temir oksidining miqdori 0,02-0,04% ga 
kamayishi mumkin. 
Elektromagnitli separatsiya induksion - rolikli magnit separatori yordamida 
bajariladigan operatsiya bо‘lib, unda temir birikmalari va kvars zarrachalari turli 
trayektoriyalar bо‘yicha harakat qiladi va yig‘iladi. 
Boyitishning kimyoviy metodlari ham optik shishalari, qо‘rg‘oshinli billur 
kabi mahsulotlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yuzani erituvchisi sifatida 
suyultirilgan kislota yoki kuchsiz kislota tuzi eritmasi ishlatilishi mumkin 
 


112 
Rasm.1. Kolonnali flotatsiya mashinasi 
1 – xavo dispergatori; 2 – Tinchlantiruvchi panjara; 3 - kamera4 – kо‘pik 
maxsulotni 
qabul 
qiluvchilar; 5,6 – ta’minotni 
tarqatuvchilar; 7 - float; 8 -
 shiberli flabber; 9 - shiberniy chо‘ntak.
Sement sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham bu jarayonga katta 
ahamiyat beriladi. Ayniksa tayyor aralashma - shlamni yetiltirish va saqlash 
texnologiyaning muxim omillaridan biridir. Shlam shlam-basseyn nomli qurilmada 
kranli va boshqa aralashtirgichlar yordamida aralashtirib turiladi. Natijada 
shlamning og‘ir bо‘lakchalarining chо‘kishiga yо‘l kо‘yilmaydi. Shlamning 
kimyoviy tarkibi bir turli bо‘lishiga, uning bо‘lakchalari namligi ham bir xil 
bо‘lishiga erishiladi. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling