Devorbop va pardozbop tabiiy tosh materiallarini ishlab chiqarish texnalogiyasi
Download 6.66 Kb.
|
Devorbop va pardozbop tabiiy tosh materiallarini ishlab chiqaris-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devorbop beton bloklar
- Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar
Devorbop va pardozbop tabiiy tosh materiallarini ishlab chiqarish texnalogiyasi Devorbop va pardozbop tabiiy tosh materiallarini ishlab chiqarish texnalogiyasiTayorladi:81-20 -grux talabasi Qodirov Bahodir Tabiiy tosh materiallarDevorbop sopol bloklar (11-rasm, a-v) yaxshi qorilib, obdan pishirilgan mayin loydan plastik presslash usulida tayyorlanadi. Ular uch tip o'lchamda chqariladi (yaxlit blok, yarim blok, deraza o'rinlariga ishlatiladigan bir burchagi o'yilgan blok). Bunday buyumlarning kovaklari 60% ni tashkil etadi.Pardozlash sopol g'ishtlar (12-rasm, a, b) yuqori sifatli loydan quyiladi, pishirilganidan keyin och jigarrangdan qizg'ish va jigarrang tusgacha bo'lgan har xil ranglarni kasb etadi.Pardozlash sopol g'ishtlar (12-rasm, a, b) yuqori sifatli loydan quyiladi, pishirilganidan keyin och jigarrangdan qizg'ish va jigarrang tusgacha bo'lgan har xil ranglarni kasb etadi.Bunday g'ishtlar yaxlit yoki ichi kovak qilib ishlab chiqariladi; kovaklar (ochiq yoki berk) g'ishtning enli tomoniga nisbatan ko'ndalang joylashadi. G'ishtning sirti jilolangan, taram-taram yoki rangli bo'ladi.Pardozlash g'ishtlari 250x120x65 mm va 250x120x88 mm o'lchamlarda, 75, 100, 125, 150, 200, 300 markalarda ishlab chiqariladi hamda binolarning ichki va tashqi devorlari sirtiga qoplash uchun ishlatiladi.Devorbop beton bloklarDevorbop beton bloklar (14-rasm, a-b) – yaxlit yoki kovak qilib tayyorlanadi; kovaklar tirqishsimon va bir boshi ochiq bo'ladi. Bunday bloklar poydevor, devor va pardevorlar qurishda ishlatiladi. Koshinlash uchun sirtqi yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo'ladi, 25-200 markali bloklar ishlab chiqariladi. Devor qurish ishlarini qo'lda bajarish mo'ljallangan hollarda bloklarning massasi 32 kg dan ortiq bo'lmasligi lozim.Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar:yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi; arralangan toshlar – granit, ohaktosh, marmartoshlardan arralab olinadi: qalinligi 40-150 mm bo'ladi, sirti yaltiratilgan, jilvirlangan, arralab naqshlar solingan koshinlar tashqi devorlar sirtiga qoplanadi; marmartosh va ohaktoshlardan tayyorlangan yupqa (qalinligi 6-20 mm) koshinlar ichki va tashqi devorlar sirtiga qoplanadi; Download 6.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling