2 mundarija


- Mavzu: Qurilish shishasini ishlab chiqarish. Arxitektura-qurilish


Download 3.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/83
Sana11.10.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1698470
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

12- Mavzu: Qurilish shishasini ishlab chiqarish. Arxitektura-qurilish 
shishasini ishlab chiqarish. 
1. Qurilish shishasi ta’rifi va tarkibi. 
2. Qurilish shishasi xususiyatlari. 
3. Qurilish shishasi turlari. 


72 
4. Deraza oynasini ishlab chiqarish. 
5. Qurilish shishasining assortimenti va ishlatilishi. 
6. Qurilish shishasi ishlab chiqarish istiqbollari. 
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 
Nazorat savollari. 
1. Qurilish shishasi ta’rifi va tarkibi. 
Tarkibiga SiO
2
, A1
2
O
3
, CaO, MgO, Na
2
O kabi oksidlar kirgan (1-jadval) va 
yuqori haroratda olingan eritmani uzunligi va eniga nisbatan qalinligi kam qilib 
silliq yuzali taxta (varaq yoki list) shaklida qoliplangan shaffof jinslar listli shisha 
yoki qurilish shishasi nomi bilan ataladi. 
13-jadval 
Turli mamlakatlarda ishlab chiqariladigan deraza oynalarining tarkiblari 
Cho’zish 
usuli 
Mamlakat
, shaxar 
Oksidlar miqdori, mass.% 
SiO

Al
2
O

Fe
2
O

CaO MgO Na
2
O K
2
O SO

Tik lodkali 
MDX 
malakatla
ri: 
Gomel 
Salavat 
Gusev 
Ashxabod 
Germaniy

71,6

72,0

71,7

72,5

71,5

2,00 
1,61 
1,85 
2,50 
0,50 
0,08 
0,09 
0,11 
0,10 
0,10 
6,70 
6,60 
6,80 
6,35 
7,90 
4,10 
4,10 
4,04 
3,65 
4,30 
14,60 
14,60 
13,80 
14,50 
15,20 
0,50 
0,50 
1,30 
0,10 
0,10 
0,40 
0,50 
0,40 
0,30 
0,40 
Tik lodkasiz MDX 
mamlakat
lari
Polsha 
AQSh 
Belgiya
72,0
0- 
72,8

71,9

72,9

71,4

1,50

1,70 
1,50 
1,30 
1,30 
0,10 
0,90 
0,10 
1,10 
8,00- 
8,10 
8,90 
8,60 
8,60 
3,50- 
3,80 
2,80 
3,50 
3,90 
13,40

13,70 
13,70 
13,20 
14,10 
0,50 

0,20 
0,30 
0,50 
0,30 
0,20 
0,30 
Tik-gorizon-
tal 
AQSh 
Belgiya 
Yaponiya 
73,9

73,4

73,1

1,30 
1,30 
1,70 
0,10 
0,06 
0,10 
9,20 
9,20 
7,30 
3,10 
3,00 
3,90 
12,40 
12,40 
13,90 

0,40 


0,20 



73 
Hozirgi vaqtda qurilish shishasi imoratdagi deraza teshiklarining katta-
kichikligiga qarab 30 dan ko’p tipda tayyorlanadi. Bunday listlar eni ko’pincha 500 
dan 925 mm gacha, uzunligi esa 950 dan 1575 mm gacha bo’ladi. Quyida 
keltirilgan 2-jadvalda deraza oynalarining o’lchamlari ularning qalinligiga bog’liq 
ravishda beriladi. 
14-jadval. 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan deraza oynalarining o’lchami 
Shisha 
listining 
Qalinlik 
bo’yicha ruxsat 
Listlar eni va uzunligi, mm 
Eni va uzunligi 
kalinligi, 
mm 
etilgan chetga 
chiqish, mm 
eng kichigi 
eng kattasi 
bo’yicha chetga 
chiqish, mm 

-
0,1dan+0,2gach

400x400 
700x1250 
+0,2dan-
0,3gacha 
2,5 
-
0,1dan+0,2gach

400x500 
750x1450 
+0,2dan-
0,3gacha 

+0,2gacha 
400x500 
1000x1800 
+0,2dan-
0,3gacha 

+0,2dan-
0,3gacha 
400x500 
1200x2200 
+0,2dan-
0,3gacha 

+0,2dan-
0,3gacha 
400x500 
1600x2200 
+0,2dan-
0,3gacha 

+0,4 
400x500 
1600x2000 
+0,2dan-
0,3gacha 
2. Qurilish shishasi xususiyatlari. 
Qalinligi 2 va 2,5 mm bo’lgan qurilish shishasining nurlarga shaffof (tiniq) 
ligi 87% dan kam bo’lmasligi kerak. Qalinroq oyna (3 va 4 mm) da bu raqam eng 
kamida 85% va qalin oyna (5 va 6 mm) da esa 84% bo’lishi zarur. 
Qurilish shishasining asosiy xususiyatlari quyidagicha: hajmiy og’irligi 2450-
2550 kg/m
3
, siqilish va egilishga chidamliligi 10000 va 450 kg/sm
2
, qattiqligi 5-7, 
issiqlik o’tkazuvchanligi 0,6-1,15 kkal/m soat gradus, qaliniligi 2-6 mm. 
15-jadval 
Listli shishalarning ba’zibir xususiyatlari 
Shisha Hajmi

og’irli
gi, 
g/sm

Siqilis
hga 
chida
mliligi

kg/sm

Egilishga 
chidamlil
igi, 
kg/sm

Yung 
moduli, 
kg/mm

Puasson 
koeffist
ienti 
Issiqlik 
o’tkazu
vchanlig
i, 
kkal/m 
ch grad. 
Issiqlik 
sig’imi, 
kkal/kg.
grad 
Isiqli
kdan 
kenga
yish 
koeffi
stient

Tik 
cho’zi


74 
sh: 
MDX 
Konst
antino
vka 
Gusev 
2,50 
2,48 
6000-
7000 
6000-
7000 
700 
809 
6800 
6755 
0,221 
0,217 
0,76 
0,77 
0,205 
0,204 
89,0 
85,0 
Prokat

MDX 
Konst
antino
vka 
Gusev 
2,50 
2,48 
6000-
7000 
6000-
7000 


6880 
6800 
0,225 
0,223 
0,79 

0,200 
0,201 
88,0 
85,0 
Marbl
it 
2,40-
2,50 
6000 
400-500 - 



70-90 
Shisha qurilish materialidir. Uning yangi, arzon, go’zal, uzoq chidaydigan, 
shaffof yarim tiniq, xira turlarini deraza va eshiklarni qoplash, balkonni o’rash, 
to’siq va devor o’rnida ishlatish mumkin. Shisha paketlarning kashf eti-lishi deraza 
panjarali tuzilishiga yangiliklar kiritish, temir va yog’ochni ko’plab tejash, uy-joy 
yig’ish jarayonini tezlatish, oynalarning muzlamasligi va ifloslanmasligiga olib 
keldi. Qurilishda shisha trubalari, shisha gidro- va termoizolyastiya materiallarini 
qo’llash ham kundan-kunga oshmoqda. Hukumatimiz boshqa qurilish materiallari 
singari bu materiallarni ko’plab ishlab chiqarishga katta e’tibor bermoqda. 
3. Qurilish shishasi turlari. 
Qurilish shishasi turi ko’p bo’lgan sun’iy materiallardan biri. U quyidagi to’rt 
gruppadan tashkil topgan: 
1. List shisha (30-rasm) - deraza oynasi, polirovka qilinmagan va 
polirovkalangan vitrina shishalari, foto shishasi, yaxlit rangli list shishasi, 
yopishtirilgan rangli list shishasi, rangli va rangsiz naqshli shisha, metalli setka 
bilan armirovkalangan shisha, xom prokat shishasi, marblit, silliqlangan shisha va 
boshqalar; 
30-rasm. List shishasi. 
2. Qurilish-arxitektura shishasi (31-rasm)- shishadan yasalgan konstruktiv 
qurilish elementlari (ichi kovak shisha bloklar, shishabeton va shisha-temir-beton 
uchun shisha qismlar, shishadan yasalgan profilli qurilish qismlari, shisha paketlar, 
shisha eshik va boshqalar), yorug’lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish 
shishasi (ultragunafsha nurlarni o’tkazuvchi "uviolevoe" shishalari, ultragunafsha 
rangli yutuvchi shishalar, issiqlik nurlarini yutuvchi qurilish shishasi va boshqalar), 
rangli qurilish va vitraj list shishalari (rangli cho’zilgan list shisha, rangli 
yopishtirilgan list shisha, rangli prokatkalangan vitraj list shishasi va boshqalar), 


75 
metallashtirilgan shisha (kumush rangli yupqa alyuminiyli qavat bilan qoliplangan 
shaffof shisha, tilla rangli yupqa alyuminiyli qavat bilan qoliplangan sariq shisha, 
rangli ko’zgu, tilla rangli mis qotishmasi bilan qoplangan shisha va boshqalar, 
shishadan yasalgan ichki pardozlash plitkalari va arxitektura-badiiy shishasi; 
31-rasm. Qurilish-arxitektura shishasi. 
3. Ko’pchitilgan shisha - issiqlik izolyastiyasini ta’minlovchi shisha paxta, 
tovush yutuvchi izolyastion material, filtrlovchi g’ovak shisha, texnika 
maqsadlarida ishlatiluvchi ko’pchitilgan shisha va boshqalar; 
4. 
Shisha trubalar (32-rasm)- devorining qalinligi 1-2 mm va diametri 
0,1-40 mm bo’lgan yupqa tanali trubalar, devorining qalinligi 2-4 mm va diametri 
12-40 
mm bo’lgan qalin tanali trubalar, shu o’lchamdagi issiqlik 
o’zgaruvchanligiga chidamli qalin tanali trubalar va devorining qalinligi 2,5-12 
mm va diametri 45-200 mm bo’lgan issiqlik o’zgaruvchanligiga chidamli qalin 
tanali trubalar. 
32-rasm. Shisha trubalar. 
Qurilish shishalari orasida qalinligi 2 dan 6 mm gacha, yuza o’lchami 
250x250 dan 1600x2200 mm gacha qilib tayyorlanadigan list shishalar, shu 
jumladan oddiy deraza oynasi muhimligi, ko’p tonnajli va olish usullarining turli-
tumanligi bilan ajralib turadi. 
4. Deraza oynasini ishlab chiqarish. 
Deraza oynasi hozir qanday usullar bilan ishlab chiqariladi? Bu savolga 
quyida keltirilgan oyna taxta olish sxemasi javob beradi: 
Shisha ishlab chiqarish tizimi bo’yicha kvarst va ohaktosh singari qattiq xom 
ashyolar jag’li maydalagichlarda bo’lakchalarga ajratilib, temir oksidi kabi rang 
beruvchi birikmalardan tozalanadi. So’ngra ular aylanma pech yoki kamerali 
sushilkalarda quritiladi, konusli bolg’achali tegirmonlarda un holatiga keltiriladi. 
Elangan qumtuproq, ohaktosh va soda tortilib maxsus mashinalarda aralashtiriladi. 


76 
33-rasm. Deraza oynalarini tik cho’zish texnologik tizimi:
1-shixta uchun bunker; 2-shixtani mexanik yuklagich; 3-vannali shisha 
pishirish pechi; 4- ishlab chiqarish kanali; 5-mashina tagi kamerasi; 6- tik cho’zish 
mashinasi; 7-shisha listlarini bo’laklarga ajratuvchi avtomat; 8-shisha listlarini 
uzatuvchi konveyer; 9-shishani kesish stoli; 10-shishani jamlovchi piramida; 11- 
upakovka; 12-upakovkalangan shishalarni vagonlarga joylash. 
Manzarali rangli shisha ishlab chiqarishda esa bo’yoq sifatida mis, xrom, 
temir, kobalt va boshqa ba’zi bir metallarning oksidlaridan foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda deraza oynalari vertikal va gorizontal yo’nalishlarda 
cho’ziladigan mashinalarda tayyorlanadi (5-va 6-rasmlar). Bu mashinalarda 
uzluksiz shisha lentasi qoliplovchi moslamaning tirqishi orqali cho’ziladi. Shishani 
lodochka deb atalagan bunday moslamasisiz ham erkin cho’zish mumkin. Bunday 
usulda olingan shisha sifatliroq - shaffof va polosalarsiz bo’ladi. 


77 
34-rasm. Deraza oynasi ishlab chiqarishning soddalashtirilgan sxemasi. 
Uzluksiz shisha lentasi qayiqcha usulisiz erkin holda ham cho’zib yoki float 
(suzish) usulida olinishi mumkin (7-8 rasmlar). Bu usullarda shisha massasi o’zga 
modda bilan aloqada bo’lishmagani sababli havo pufakchalari, qilsimon chiziq va 
xira nuqta kabi nuqsonlardan xoli bo’ladi. Float jarayoni asosida qurilish shisha 
olish texnologiyasi rasmda keltirilgan.


78 
35-Rasm. Float usulida qurilish shishisini olish uchun float vannani tuzilishi. 
36-Rasm. Qurilish listli shishani float usulida ishlab chiqarish jarayoni. 
Polirovkalangan vitrina shishasi va ko’zgu olishda kuchlanishdan xoli 
qilingan shisha sayqallash va yaltiratish stanoklariga yo’naltiriladi. Dekorativ 
buyumlarga esa mexanik ishlovdan tashqari, kimyoviy va badiiy ishlov ham 
beriladi. Natijada mahsulot yarqarab, jilva berib turadigan bo’ladi. 
Oddiy deraza oynasidan tashqari shaffof va xira bezakbop oyna, zarbga 
chidamli va egiluvchan toblangan oyna, oynaband devorlarga ishlatiluvchi profilli 
oyna, ichiga sim to’r quyilgan parchalanmaydigan oyna, shisha varaqlari 
yopishtirilgan o’q o’tmas oynalarni ham yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish 


79 
sxemasi bo’yicha olish mumkin. Bu holda sxemaga qisman o’zgarish kiritish kerak 
bo’ladi, xolos. 
5. Qurilish shishasining assortimenti va ishlatilishi. 
Listli qurilish va dekorativ shishalari imorat va turar-joylarning deraza va 
eshiklarni oynalash, yuqori nur tushish fonarlarini qoplash, vitrinalarni hosil 
qilishda ishlatiladi. Yana ular ko’zgu va mebellar yasashda, vestibyul va zinapoyali 
yo’laklarni jihozlashda qo’llaniladi. Ularning armirovkalangan va rangli turlari 
tomlarni bekitish, olovga moyil xonalarni qoplash, dekorativ oynalashda qo’l 
keladi. 
Maxsus xossali listli shishalardan ultra gunafsha nurlarini o’tkazadigan 
shishalar tayyorlanadi. Ular maktab, kasalxona, parniklarni oynalashda keng 
ishlatiladi. Ultra gunafsha nurlarini yutuvchi shishalardan kitob saqlash xonalari
arxiv va boshqa hollarda keng foydalaniladi. Issiqlik nurlarini yutuvchi shishalar 
issiq iqlimli rayonlarda vitrinalarni oynalashda keng ishlatiladi. 
Ichi kovak shisha bloklardan devor tanasi, ichki to’siqlar, yorug’ beruvchi 
teshiklar, shisha temir betoni detallari yasaladi. Shisha cherepista engil tom 
qoplash materiali sifatida keng ishlatiladi. 
6. Qurilish shishasi ishlab chiqarish istiqbollari. 
Hozirgi kunda respublikamizning ikki yirik korxonasida qurilish shishasi 
ishlab chiqarilmoqda. 1975 yili ishga tushirilgan Quvasoy «Kvarst» zavodi ham 
qalinligi 2 mm dan 10 mm gacha bo’lgan Ml, M2, M3 va M4 markali polirovka 
qilingan, 4 xil rang yuritilgan, dekorativ va tonirovkalangan listli shishalarni ko’p 
miqdorda ishlab chiqarmoqda. 
Respublikamizda kelajakda qurilish-montaj ishlari hozirgi sharoitdagiga 
nisbatan 2 baravardan oshiq bajarilsa, qurilish shishasining istiqboli porloq 
ekanligini tassavur etish mumkin. Sanoat va uy-joy qurilishining bunday keskin 
rivojlanishi O’zbekistonda kelgusida oyna shishalar 3,96 million kvadrat metr 
o’rniga 10 million kvadrat metrga yaqin ishlab chiqarilishini taqazo etadi. Bunday 
ko’rsatkichga erishish uchun Chirchiq «G’azalkentoyna» shisha zavodini 
texnikaning oxirgi yutuqlari asosida qayta rekonstrukstiya qilish va kengaytirish 
zarur. 
37 rasm.Oyna lentasini sovutish. 
Yaqinda Quvasoy «Kvarst» zavodida g’ovak shisha va avtomobil shisha 
chiqarish, Chirchiq oyna zavodida gilam-mozayka plitalari, shisha tola asosida 
issiqlik izolyastiya materiallari, kesilgan yuzali va yoyma shisha, rangli va rangsiz 
katta o’lchamli shisha bloklar olish mo’ljallangan. O’zbekiston avtomashinalarini 
trip-leks oynalari bilan ta’minlash uchun Farg’ona vodiysida yana bir yangi zavod 
ishga tushirilmoqda. 


80 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent kimyo-texnologiya 
institutining shu sohaga taaluqli bo’lgan laboratoriya va kafedralarida xalq 
xo’jaligi uchun muhim bo’lgan shishalarning yangi turlarini olish, ularning sifatini 
yaxshilash, tannarxini kamaytirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishi va 
ishlab chiqarishga tatbiq qilishni o’ta quvonchli holidir. 
MAVZUNI MUSTAXKAMLASh UChUN VAZIFALAR: 
Shisha va shishakristall materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom 
ashyolar bo’yicha "Qanday" usulida diagramma tuzing. 
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 
Tabiiy shisha – tabiatda ro’y beradigan tabiiy hodisalar natijasida hosil 
bo’lgan, obsidian va yashin shisha nomi bilan yuritiluvchi shaffof jins.
Sun’iy shisha – qum, soda, selitra kabi xom-ashyolar aralashmasidan 
qizdirish yo’li bilan olingan va tabiiy shishalarga o’xshash bo’lgan mahsulot. 
Shisha – kimyoviy tarkib va qotish temperaturasiga bog’liqsiz ravishda 
yuqori harorat ta’sirida hosil qilingan eritmani o’ta sovitish orqali olinadigan va 
yopishqoqlikning asta-sekin oshishi natijasida qattiq jismlarning hossalarini qabul 
qilinadigan barcha amorf jismlar. Bunda suyuq holatning shisha holatiga o’tish 
jarayoni orqaga qaytadigan bo’lishi shart. 
Shishasimon xolat xususiyatlari – ularning kristall moddalariga o’laroq 
izotropligi, issiqlikdan kengayish qiymatining past bo’lishi, kam elektr 
o’tkazuvchanligi, ma’lum erish temperaturasining yo’qligi, shartli beqarorligi vash 
u tufayli yillar davomida barqarorlikka intilashi. 
Shishasimon hosil qiluvchilar – yakka xolda eritish va sovitish yo’li bilan 
amorf moda hosil qiluvchi element (oltingugurt, selen, margimush, fosfor va 
ulerod), oksid (SiO
2
, GeO
2
, B
2
O
3
, P
2
O
5
va As
2
O
3
) va boshqa kimyoviy birikma 
(BeF
2
va boshqalar). 
Modifikatorlar – shisha xosil qiluvchilar ishtirokida osongina, shishasimon 
holatni vujudga keltiruvchi oksid (TiO
2
, TeO
2
, SeO
3
va boshqalar) va boshqa 
birikmalar. Ular shisha shixtalarining erish nuqtalarini pasaytiradi va kimyoviy – 
mexanikaviy ko’rsatkichlarning o’zgarishiga sababchi bo’ladi. 
Shisha pishirish - termik jarayon orqali turli komponentlar aralashmasidan bir 
tarkibli eritma olish. 


81 
Shisha pishirish etaplari - silikatlar hosil bo’lishi, shisha hosil bo’lishi, 
oqartirish, gomogenlash va sovutish. 
Yopishqoqlik - turli tezlikda bir-biriga nisbatan harakatlanuvchi ikki qo’shni 
parallel qatlamlarning o’zaro munosabatlarini ko’rsatuvchi kuch. 
Puaz - shunday yopishqoqlik bo’lib, unda 1sm
2
yuzaga ega bo’lgan suyuqlik 
qatlami 1 sm uzoqlikda turuvchi shunday boshqa qatlamga nisbatan 1 sm/sek 
tezlikda harakat qilganida 1 dina o’lchamida kuch sarflanadi. 
Yopishqoqlikning texnologik shkalasi - yopishqoqlikning temperaturaga oid 
qadamlari - eritish, shakllash va termo ishlovlarning temperatura rejimlarini 
aniqlovchi asos. 
«Qisqa» shisha - yopishqoqlikning 10
4
- 4 10
8
puaz oralig’idagi temperatura 
farqi (250-300
o
S)ga ega bo’lgan shisha. 
«Uzun shisha» - yopishqoqlikning 10
4
– 4 10
8
puaz oralig’idagi katta 
temperatura farqi (250-500
o
S)ga ega bo’lgan shisha. 
Shisha pishirishdagi fizik jarayonlar - shixtani qizdirish, suvning chiqib 
ketishi, komponentlarni erishi, polimorf o’tish, gazsimon komponentlarning 
ajralishi va hokazo. 
Shisha pishirishdagi kimyoviy jarayonlar - gidratlar, karbonatlar, sulfatlar va 
nitratlar 
dissostiastiyasi, 
kimyoviy 
bog’liq 
suvning 
ajralishi, 
turli 
komponentlarning o’zaro birikishi va parchalanishi, silikatlar hosil bo’lishi va 
hokazo. 
Silikat hosil bo’lishi - listli va boshqa oddiy shishalarda past temperatura 
(20
o
S) dan to 950-1150
o
S oralig’ida ro’y beradigan jarayonlar (silikatlar va oraliq 
birikmalar hosil bo’lishi, evtektik aralashmalar tufayli suyuq faza paydo bo’lishi va 
hokazo) tufayli zich pishgan massa paydo bo’lishi. 
Shisha hosil bo’lishi - harorat 1200-1250
o
S gacha ko’tarilgani tufayli birinchi 
etapda paydo bo’lgan zich pishgan massaning erishi, unda oshiqcha kvarstning 
sekin-asta eriy boshlashi natijasida ko’p pufakchalari bo’lgan shaffof va turli 
tarkibli eritmaning hosil bo’lishi. 
Oqartirish - haroratni 1500-1600
o
S gacha ko’tarilishi oqibatida ko’zga 
tashlanadigan gazli qo’shilmalar - yirik va mayda puffakchalarning shixta 
eritmasidan chiqarib yuborish. 
Gomogenlash - 1400-1500
o
S da yuqori haroratga ega bo’lgan eritma 
kimyoviy tarkibining bir xil bo’lishiga erishish. 
Studka - sovutish - eritma haroratini 300-400°Cga kamaytirish yo’li bilan 
kerakli yopishqoqlikni hosil qilish va shisha massasini shakllashga tayyorlash 
jarayoni. 
Qurilish shishasi - tarkibiga kremnezem, glinozem, kalstiy oksidi, magniy 
oksidi, natriy oksidi kirgan va yuqori haroratda olingan eritmani uzunligi va eniga 
nisbatan qalinligi kam qilib silliq yuzali taxta shaklida qoliplangan shaffof jins. 
Qurilish shishasi xususiyatlari - hajmiy og’irligi 2450-2550 kg/m
3
, siqilish va 
egilishga chidamliligi 6000- 10000 va 450-700 kg/sm
2
, qattiqligi 5-7, qalinligi 2-
10 mm. 
List shisha - deraza oynasi, vitrina shishasi, foto shishasi, yaxlit rangli list, 
yopishtirilgan rangli list, naqshli shisha, polirovkali shisha, xom prokat shishasi, 
silliqlangan shisha. 


82 
Qurilish arxitektura shishasi - shishadan yasalgan konstruktiv qurilish 
elementlari, yorug’lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish shishasi va 
boshqalar. 
Ko’pchitilgan shisha - issiqlik izolyastiyasini ta’minlovchi shisha paxta, 
tovush yutuvchi izolyastion material, filtrlovchi g’ovak shisha, texnika 
maqsadlarda ishlatiluvchi ko’pchitilgan shisha va boshqalar. 
Shisha truba - devorining qalinligi 1-2 mm va diametri 0,1-40 mm bo’lgan 
yupqa tanali trubalar, qalinligi 2-4 mm va diametri 12-40 mm bo’lgan qalin tanali 
trubalar, qalinligi 2,5-12 mm va diametri 45-200 mm bo’lgan issiqlik 
o’zgaruvchanligiga chidamli qalin tanali trubalar. 
Qurilish shishasini ishlatilishi - deraza va eshiklarni qoplash, balkonlarni 
o’rash, to’siq va devor o’rnida ishlatiladi. Qurilishda shisha trubalari, shisha gidro- 
va termoizolyastiya materiallarini qo’llash ham kundan-kunga oshmoqda. 
Nazorat savollari. 
1. Tabiiy shishalar turkumiga qanday shishalar kiradi? 
2. Sun’iy shisha qanday yo’l bilan hosil qiladi? 
3. Shisha ta’rifini keltiring. 
4. Shishasimon holatga xos bo’lgan xossa va xususiyatlarning asosiylarini 
sanab Bering. 
5. Shisha hosil qiluvchi element, oksid va birikmalar haqida tushuncha Bering. 
6. Modifikatorlar deb qanday moddalarga aytiladi? 
7. Shisha pishirish etaplarini sanab bering. 
8. Shisha pishirishdagi fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarga baho 
bering. 
9. Qurilish shishasiga ta’rif bering. 
10. Qurilish shishasining kimyoviy tarkibiga qanday oksidlar kiradi? 
11. Qurilish shishasining asosiy xususiyatlarini aytib bering. 
12. Deraza oynasini olishning texnologik sxemasini chizib bering.
13. Qurilish shishasining ishlatilishiga oid ma’lumotlarni ayting. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling