2 mundarija
Ish unumdorligi, afzalligi va kamchiligi
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHisha tarkibi.
- Mavzu bo‘yicha nazorat savolllari.
Ish unumdorligi, afzalligi va kamchiligi.
Bu usulning unumdorligi “lodochka” li usulga nisbatan yuqori. Bir qavat shisha lentasini tortish tezligi 120 pog m/soat. SHisha sifati ham ancha yuqori. Kamchiligi: Qurilmaning murakkabligi. 3. “Lodochka” siz gorizontal tortish usuli. Usulning o‘ziga xos xususiyatlari: vertikal usulni gorizontal usulga o‘tkazilganligi natijasida yuqori tezlikda tortishda kuydirish jarayonini yaxshilash. Bu usulda shisha lenta qisman vertikal (600mm) tortilib, keyin valik yordamida gorizontal holatga o‘tadi. Bunda lenta tortish qurilmasi yordamida tortiladi. SHisha tarkibi. Bu usulda quyidagi tarkib ishlatiladi: mass.% SiO 2 -72, Fe 2 O 3 + Al 2 O 3 -0,7, SaO-10,1, MgO-4,2 va Na 2 O-13. Afzalligi va kamchiligi. Bu usulni ish unumdorligi boshqalarga nisbatan yuqori. Tortish tezligi bir qavat uchun 120-140 pog. m/soat. SHisha sifati yuqori. Juda 71 yupqa shisha lentasi olish imkoni mavjud. Kamchiligi: Qurilmaning qo‘polligi va murakkabligi, keramik elementlarni tayyorlash murakkabligi. Tayanch so‘z va iboralar Qurilish listli shishalar, deraza oynasi, lodochka, lenta bo‘rtig‘i, OVT mashinasi, lentalarda valiklar izi, lenta qisqarishi, gorzontal tortish, vertikal tortish,ishlab chiqarish kanali, sovitgichlar. List shisha – deraza oynasi, vitrina shishasi, foto shishasi, yaxlit shisha, yopishtirilgan list shishasi, naqshli shisha, polirovka shisha, prokat shisha, silliqlangan shisha. Qurilish-arxitektura shishasi- shishadan yasalgan konstruktiv qurilish elemenlari ( shisha bloklar,shishabeton, shishatemirbeton uchun qismlar va boshqalar). Mavzu bo‘yicha nazorat savolllari. 1.Qurilish shishasiga tarif bering? 2.Qrilish shishasininig kimyoviy tarkibida qanday oksidlar mavjud? 3.Qurilish shishasi qanday hususiyatga ega? 4.Qurilish shishasini tasniflanishi ? 5.Qurilish shishasi olishda ishlatiladigan hom a’shyolar? 6.Qurilish shishaga Davlat Standart talablari? 7.Qurilish shishasini ishlab chiqarish usullari? 8.Deraza oynasi olish texnologik tizimini chizib bering? 9.Vertikal tortish mashinasiga tushuncha bering? 10”Lodochka” siz tortish usulini aytib bering? Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling