MAGNIT KALLAK - tovush (nutq, musiqa)ni magnit lentaga yozib olish (o‘chirish) yoki qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan qurilmaning asosiy qismi.
MAGNITOFON (magnit va-... fon) — tovush (nutq, musiqa) ni magnit len -taga yozib olish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan apparat.
MAZOHIDOVA RAHIMA (1930.8.3, Qo‘qon) — xonanda va aktrisa. O‘zbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini M. Qo‘ldoshev rahbarligidagi ba diiy havaskorlik to‘garagida boshlagan (1948-54). Qo‘qon musiqali drama teatri Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissor., bosh rejissor.
MAZURKA-(polyakcha mazur — Mazoviyada yashovchi so‘zidan) — polyak xalq raqsi.
MAISHIY MUSIQA - musiqa turi; maxsus (konsert zali kabi) joylarda emas, balki uy sharoitida ijro etishga mo‘ljallangan, odamlarning kundalik hayot ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bogliq bo‘lgan janrlardan iborat.
MALIKBOYEVA ERKLI VOHIDOVNA (1928.16.12, Toshkent) — O‘zbekiston xalq artisti (1971). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1950). 1949 yildan Hamza teatri (hoz. O‘zbek milliy akademik drama teatri)da.
MAMATXONOV YAHYOXON (1914.21.12, Kuva tumani — 2001.25.8, Farg‘ona) — O‘zbekiston xalq artisti (1955). O‘zbek davlat musiqali drama teatri Kirshdagi studiyada ta’lim olgan (1930—32). 1932—34 yillar shu teatrda aktyor. 1934 yildan Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatri aktyori (1948—64 yillar direktori). Spektakllarda yetakchi qahramon, ayni vaqtda, cho‘rtkesar, o‘jar tabiatli kishilar obrazini yaratishda kuchli dramatizm, bosiq harakatlar, past ovoz va bamayli xotirlik bilan ifoda etish uning ijodiga xos.
MAMUTOV YO‘LDOSH (1914.2.11, Chimboy —1991.12.5, Nukus) — qoraqalpoq aktyori. O‘zbekiston xalq artisti (1957). Teatr san’ati institutini(Moskva)ning Qoraqalpoq studiyasini tugatgach (1939), Qoraqalpoq teatrida aktyor va rejissor.
MANZARALI FILM – hujjatli film turi. U tabiat xususiyatlarini ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. «Geografik film» deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |