MELODIYA (yun. melos — ohang, qo‘shiq va oda —kuylash) — aynan kuy.
MELODRAMA (yun. melos — qo‘shiq, kuy va drama) — musiqiy sahnaviy janr. 18-asrda Yevropa san’atida rivoj topgan.Qahramonlarning monolog va dialoglari musiqa jo‘rligida ijro etilganligi bilann ajralib turadi. Ilk namunasini J. Russo (1762, «Pigmalion» lirik sahnalari) yaratgan. Ma’rifatchilik davri g‘oyalariga asoslangan M. ga sahna rivojiga monand bo‘lgan musiqaning jonli va tabiiy ifodaviyligiga intilish xosdir. 19asrda M. janri tamoyillari dramatik asarlarga yaratilgan musiqa (R. Shumanning «Manfred», J. Bizening «Arlezianka», J. Grigning «Per Gyunt» va boshqalar)da o‘z rivojini topadi. 20-asrdada shakllangan o‘zbek musiqali dramasi, N. Zokirovning «Soxilda to‘qnashuv», H. Rahimovning «Ona qalbi» kamer operalarida ham M. elementlari mavjud.
MIKROFON (mikro... va ... fon) tovush tebranishlarini elektr tebranish larga aylantiradigan elektr akustik asbob.
MIKROFOTOMETR - fotosuratlarning optik zichligini o‘lchaydigan asbob.
MIM (yun. mimos — taqlid, taqlidchi) —1) qadimgi xalq teatrining turi, maishiy va hajviy mazmundagi badiiy hajviy kichik tomoshalar. Mil.av. 5-asrda Yunonistonda, ellinizm davrida (mil.av. 4—3 asrlar) Yaqin va O‘rta Sharqda, shu jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida vujudga kelgan. M.da shahar va qishloq quyi tabaqalarining hayoti aks ettirilgan.
MIMIKA (yun. — takdid) — yuz mushaklarining ifodali harakati. Inson- ning ma’yuslik, xursandlik, g‘azab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. M.oddiy kishilarda tabiiy tarzda ro‘y beradi. Teatr san’atida esa aktyorlarning doimiy mashqlari asosida yuzaga keladi. Yuzga beriladigan pardoz M. ifodaviyligini oshiradi. M. aktyorning nutqi bilan hamohang bo‘lib, obraz mohiyatini, qahramonlarning o‘zaro munosabatlarini ochishga xizmat qiladi.
MINIATYURA (adabiyot, teatr, estrada, sirkda) kichik hajmli badiiy asar, janr. Unga kichik hikoya, intermediya, kulgu-hikoya, xoreografik yoki musiqaviy sahna, monolog, qiziqchilik va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |