Magnit kallak tovush (nutq, musiqa)ni magnit lentaga yozib olish (o‘chirish) yoki qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan qurilmaning asosiy qismi. Magnitofon
Download 35.01 Kb.
|
M GLOSSARY
- Bu sahifa navigatsiya:
- MANYANI (Magnani) ANNA
- MASXARABOZLIK
- MA’ZUMOVA
MANSUROV MUHRIDDIN (1914.6.8, Namangan viloyati — 1988.7.1, Namangan) — O‘zbekiston xalq artisti (1957). 1942 yildan Namangan teatrida ishla- gan. «Maysaraning ishi»spektaklidagi Cho‘ponali M.ning sahnadagi ilk obrazidir. M. san’ati milliy xususiyatlarga boyligi va o‘ziga xosligi bilan bir qatorda yorqin dramatik aktyor hamdir.
MANYANI (Magnani) ANNA (1908.7.3 — 1973.26.9) — italyan aktrisasi. Estradaning komik saxnalarida va fojiaviy spektakllarda ham bir xil muvaffaqiyat qozongan qamrovi keng san’ atkorlardan. MARE JAN (1913.11.12—Parij— 1998) — fransuz aktyori. Romantik rollar ustasi sifatida tanilgan. Dastlab teatrda J. Kokto pyesalarida o‘ynagan. MARSH (musiqada) — tantanali yurish qo‘shinlarning saf tortib yurishi kabi jarayonlarda ijro etishga mo‘ljallangan musiqa janri. MASXARABOZLIK — o‘zbek an’anaviy teatri. 18—20-a.larda Xorazm va Buxoro an’anaviy teatrlarida M.deb, Farg‘ona vodiysida «qiziqchilik» (aktyori — «qiziq», «qiziqchi») deb atalgan. MATJONOV BAYRAM (1940.29.4, Qo‘ng‘irot) — qoraqalpoq xonandasi (lirik bariton) va rejissor. MATXOLIQ QIZIQ (1840-1910, Andijon) — Farg‘ona qiziqchilar te -atrining taniqli aktyori. MASHQ, musiqada — sozanda va xonanda tomonidan kuy va ashulalarni ustozlar ko‘rsatmasi asosida o‘zlashtirish, ijrochilik mahoratini oshirish uchun qilinadigan maxsus tayyorgarlik. MA’ZUMOVA (1907.12.1 -Toshkent — 1988.4.4) — aktrisa, rejissor, O‘zbekiston xalq artisti. MELIYEVA SHIRIN YO‘LDOSHOVNA(1921.25.2—Kattaqo‘rg‘on — 2001.16.4) — aktrisa, rejissor. O‘zbekiston xalq artisti (1964). 1937 yildan Katta-qo‘rg‘on teatrida aktrisa, rejissor. (1948— 78 yillar direktor). Sahnada Xonzoda, Hojiona («Boy ila xizmatchi»), Xolisxon («Xolisxon»), Maysara («Maysaraning ishi»), Kime («Nurxon»), Martena («Zo‘raki tabib»), Agafya Tixonovna («Uylanish»), Farmonbibi («Kelinlar qo‘zg‘oloni»), Ona(«Qonli to‘y») kabi yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. Qaxramonlarning ichki ruxiy holatlarini yorqin va ishonarli talqin etish, turli qarashlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchli ehtiroslar orqali na -moyish etish M. ijodiga xosdir. Rejissor sifatida «Adolat» (I. Akromov), «Xolis xon» (Hamza), «Surmaxon» (B. Rahmonov), «Bahs» (M. Bayjiyev), «Ona» (S. Zunnu nova), «Og‘riq tishlar» (A. Qahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. «El yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999). Download 35.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling