2 I. Bob Dramatizm va badiiy yechim


Download 340 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi340 Kb.
#1625582
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulla Qikasi”




Mundarija
Kirish..................................................................................................................2
I. Bob Dramatizm va badiiy yechim
1.1 A. Qahhor hikoyalarida dramatizm va Chexov an’analari............................8

    1. Fojiya holatlar tasviri...................................................................................12

II. Bob Yozuvchi mahorati (poetikasi)ning ba’zi qirralari
2.1 Zamonaviy mavzudagi hikoyalarning
g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari…………………………………………………….18
Xulosa...............................................................................................................33
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati...............................................................35


Tushuntirish qismi-
Kirish.
Muhtaram Prezidentimiz о‘zlarining “Adabiyotga e’tibor, ma’naviyatga kelajakka e’tibor” nomli asarida Xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug‘ bir dargoh deb biladi, degan ta’rifni aytadi. Yurtboshimizning bu tavsifini sevimli yozuvchimiz Abdulla Qahhorning ham ijodiy, ham ijtimoiy faoliyati tо‘la ifodalandi.
Har bir xalqning ma’naviy yuksalishida о‘sha xalqning iste’dodli ijodkorlari yaratgan madaniy meros katta rol о‘ynaydi. Aytish joizki, ulkan so’z san’atkori Abdulla Qahhorning adabiy merosi xalqimiz ma’naviy tafakkurini komillikka yetaklovchi chо‘qqilaridan biridir.
U betakror ijodkor sifatida ham, ulug‘vor fazilatlarga ega bо‘lgan shaxs sifatida ham xalqimiz ma’naviy hayotida mangulikka aylangan siymodir.
Abdulla Qahhor xilma-xil janrdagi asarlari bilan ona yurtimizning yaqin о‘tmish tarixi va о‘z davrining tо‘laqonli manzarasini, zamondoshlarimizning yuksak fazilatlarini faqat о‘zigagina xos bо‘lgan siqiq, va tabiiy hamda boy tafakkurga ega bо‘lgan ijodiy uslubda tasvirlab adabiyotimizda maktab yaratdi, unga yangi nafas olib kirdi.
Abdulla Qahhor dastavval о‘zbek adabiyotida mohir hikoyanavis sifatida shuhrat topdi. Darhaqiqat, u yangi о‘zbek adabiyotidagi realistik hikoyachilikning shakllanishi va rivojlanishida benazir ijodkor sanaladi. U mazkur janrda xalqimizning XX asr boshlaridagi tufonli hayotini, sobiq shо‘ro tuzumi davridagi turmush tarzi va undagi butun murakkabliklar, millatimizga xos bо‘lgan fazilatlarni butun bо‘yi-basti bilan haqqoniy tasvirlab berdi. Xususan, adib “Anor”, “О‘g‘ri”, “Kо‘r ko’zning ochilishi”, “Bemor”, “Daxshat”, “Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot muallimi”, “Munofiq”, “Ko’k konvert”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Asror bobo”, “Tо‘yda aza” kabi hikoyalari bilan XX asr о‘zbek nasrida birinchi bо‘lib shafqatsiz va izchil realizmning tasvir imkoniyatlarining serjiloligini isbotlab berdi. Bu xikoyalar xalqimiz hayotining jonli manzaralaridir. Ulardagi hayot voqeligi va inson xarakterini ixcham shaklga xos mazmun uygunligida, yorqin detallar asosida, sodda va ravon tilda tasvirlay olish uslubi Abdulla Qahhorni jahon adabiyotining taniqli novellistlari qatoriga olib chiqdi.
Abdulla Qahhor xikoya janridagi о‘ziga xos realistik tasvir uslubini yirik nasriy asarlarida ham namoyon etdi. Adib roman va qissalarida ham tariximizning muxim taraqqiyot bosqichlaridagi xalq hayoti va dolzarb mavzularni mumtoz tasvirlashning badiiy sabog‘ini berdi. Adib uzoq vaqtlar adabiy jamoatchilikning bahslariga sabab bо‘lgan birinchi romani “Sarob”(1934) uchun xayotiy material, saralar ekan, hayot mazmuni va davr qiyofasini о‘zgartirishga qodir inson ma’naviyatini talqin etishni asos qilib oladi. Sobiq shо‘ro davri adabiyot ilmida “Sarob” romani millatchilik mafkurasini fosh etishga qaratilgan degan qarash xukmron edi. Ustoz Ozod Sharafiddinov tо‘g‘ri ta’kidlaganidek bunday qarash roman matnidan, badiiy tuqimasidan kelib chikdan emas, balki davr siyosatiga moslashishning oqibati edi. Shu maqsadda inson ma’naviyatini inqirozga yetaklovchi xudbinlik va shaxsiyatparastlikning fojiasini Saidiy va Munisxon obrazlari misolida isbotlab berdi.
Adabiyotimizga shuxrat keltirgan “Sinchalak” (1958) qissasida XX asrning 50-yillari о‘rtalaridagi о‘zbek qishlog‘i misolida ijtimoiy hayotning turli qatlamlaridagi muammolar odamlar ongidagi о‘zgarishlar qalamga olingan. Eng muhimi, ana shu qishloq hayotiga aloqador mavzu talqinida adabiyotimizni sinchalak laqabini olgan. Saida va xо‘jalik raisi Qalandarov kabi о‘ziga xos obrazlar bilan boyitdi. Kitobxon bu obrazlar xarakterini yaratishdagi qahhorona liriklik, nozik yumor va milliy ruh, ba’zida zaxarli piching, о‘rni kelganda ulardagi insoniy jozibadorlikni berishdagi xolislik tasviridan lol qoladi.
Abdulla Qahhor “Qо‘shchinor chiroqlari”, “О‘tmishdan ertaklar” kabi nasriy asarlarida ham xalqimiz hayotidagi tarixiy о‘zgarishlarni qalamga olgan. Albatta bu asarlarda olg‘a surilgan g‘oyalar va ba’zi tasvirlar mazmun-moxiyati e’tibori bilan bugungi turmush tarzimiz uchun erish tuyulishi tabiiy. Biroq bu tasvirlar markazida yozuvchi birinchi galda xalqimiz hayotida bо‘layotgan tarixiy о‘zgarishlarni va о‘sha о‘zgarishlarni bunyod etgan zaxmatkash xalqini ulug‘lashni maqsad etgan.
Abdulla Qahhor adabiyotimizda komediya janrining taraqiyotiga ham katta xissa qо‘shdi. Uning komediyalari xaqida gapirganda davrning muhim axloqiy-ma’naviy muammolarining yorqin xarakterlarda, zamondoshiga saboq bо‘larli tarzda talqin etilganligini alohida qayd etish kerak. Xususan, “Shoxi sо‘zana”, “Og‘riq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim” kabi komediyalarida о‘zbek xalqi hayotidagi tipik voqealarning realistik va lirik uslubda, xayotiy konflikt va ishonarli kulgili vaziyatlarda, xalq tilining rang-barang gо‘zalliklarida berilishi bilan ham janr taraqiyotida yangilik bо‘ldi. Yuqoridagi komediyalarda jamiyatdagi aldamchilik, poraxо‘rlik, tanish-bilishlik ustidan О‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov adolatli ta’riflaganidek adabiyotimizda hech bir yozuvchi Abdulla Qahhorchalik kula olmagan va nafratlanmagan. Ba’zi zamondoshlarida ruhiy qashshoqlikni va mol-dunyo izidan quvishni fosh etish, ma’naviy gо‘zallikni ulug‘lash adibning sо‘ngi asari “Muhabbat” qissasida ham asosiy pafos sifatida kо‘zga tashlanib turadi.
Abdulla Qahhor adabiyot dargoxini bir umr muqaddas deb bildi va shu e’tiqod bilan ijod qildi. U о‘z suhbatlari va makrlarida «adabiyotning atomdan kuchli” ekanligini, “xalq hayoti yozuvchiga ilhom berishi”ni, yozuvchi esa “xayotni his qila bilish, uni qalb kо‘zi bilan kо‘rish”ni, “kitob shavq bilan о‘qilishi” lozimligini, “kitobxonga ravon, sodda til kerak”ligini qayta-qayta uqtirar edi.
Adibning adabiyotimiz jonkuyari sifatida yosh iste’dodlarning kamol topishida ustozlik faoliyati esa benihoya qadrlidir. Bugungi adabiyotimiz darg‘alari: Sayd Ahmad, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, О‘tkir Hoshimov va boshqa bir qator iste’dodli yozuvchilarimizning ijodiy taqdirida ustoz mehr nazarining о‘rni beqiyosdir.
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi davomida zamonasining alg‘ov-dalg‘ovlariga ham, asarlariga otilgan tuxmat toshlarga ham sabr toqat bilan javob berdi hamda mardlik jasoratini kо‘rsatdi. Ulug‘ adibni haqiqatga tik boqish va kamtarlik fazilatlari tark etmadi. Darhaqiqat, ustoz yozuvchi har doim ijoddagi iste’dodni tan olar va uni qо‘llab-quvvatlar edi. Buning yorqin misolini endigina adabiyot dargoxiga kirib kelgan Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlar ijodiga xayrixoxlik bilan munosabatda bо‘lib, ular she’rlaridan о‘z asarlariga epigraf sо‘rab olganligi misolida ham bilsa bо‘ladi.
Buyuk adibimiz hayotiniig har bir onida kelajak istiqbolini о‘ylab qalam tebratgan edi. U о‘tgan asrning 60- yillarida yosh yozuvchilarning seminarida sо‘zlagan nutqida «kelajakda о‘zbek adabiyoti buyuk adabiyot bо‘ladi», deya mutafakkirona bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat, bugungi mustaqillik davri adabiyotimizda badiiy ijodda Abdulla Qahhorning haq sо‘zni aytish an’analari va qutlug‘ bashoratining bо‘y kо‘rsatayotgani quvonarlidir.
Albatta, yuqorida alohida ta’kidlaganimizdek Abdulla Qahhor hikoyachiligi, nafaqat uning ijodida, balki XX asr о‘zbek nasrida nodir sahifalarni tashkil etadi. Uning hikoyalari yaqin о‘tmish va yozuvchiga zamonidagi voqealar talqiniga bag‘ishlangan. Buning ustiga bu hikoyalarning kо‘pchiligi hajviy yо‘nalishda. Ular mazmunan teranligi, yuksak haqqoniyligi, badiiy о‘tkirligi bilan о‘zbek prozasi rivojida alohida о‘rin tutadi, chunki bu hikoyalarda realistik prinsiplar о‘z –о‘zini kо‘z-kо‘z qilib turadi. Bizning talabaga xos bо‘lgan bu qarashlarimizni-xayratlarimizni Abdulla Qahhorning ijodkor dо‘sti, ustozi Oybekning quyidagi sо‘zlari yanada tо‘ldiradi: “Uning barcha asarlarini kitobxonlar katta e’tibor bilan sevib о‘qiydilar. Uning tili va uslubi katta masterlar darajasida xarakterlari aniq bir-biridan keskin ajralib turadi. Abdulla Qahhor... Chexov ijodiyoti uchun xarakterli va biz uchun ayniqsa qimmatli bо‘lgan mahorat sirlarini о‘rgandi”1.
Biz о‘z bitiruv malakaviy ishimizda ustoz Oybek qayd etgan Abdulla Qahhor ijodidagi, xususan, hikoyachiligimizdagi mahorat sirlarini-poetika masalalarni о‘rganishni maqsad etdik. Bu о‘z navbatida mavzuning dolzarbligini ham belgilaydi.
Kurs ishining vazifalari: Yuqoridagi kо‘zlangan maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni amalga oshо‘irish nazarda tutiladi:

  1. Abdulla Qahhorning zamonaviy mavzudagi hikoyalarida adib uslubiga xos tomonlarni о‘rganish;

  2. Hikoyalarda xarakter yaratish jarayonida yozuvchi nuqtai nazarini aniqlash;

  • Hikoyalardagi fojeiy holatlar tasvirida badiiy yechim masalasini о‘rganish;

  • Tasvirdagi hajviy yо‘nalishda о‘ziga xoslikni о‘rganish;

  • Hikoyalarda badiiy detaldan foydalanishi xususiyatlarini tahlil etish;


Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling