2 mundarija
Download 3,9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovutgichlar.
- Vertikal tortish mashinasi. (VTM)
“Lodochka”. Oyna lentasini shakllashdagi asosiy qism bu “lodochka” hisoblanadi. (2-rasm). “Lodochka” yuqori sifatli mayda donali shamot massasidan quruq trambovka usuli bilan tayyorlanadi. Kengligi 400-420mm, uzunligi esa mashina uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. “Lodochka” ning eng ahamiyatli qismi bu yoriqchasi hisoblanadi. YOriqchaning uch tomonlari konussimon qilib tayyorlanadi. Bu oyna lentasi qalinligi bir xilligini ta’minlaydi. Konus uzunligi tortish tezligiga bog‘liq, ya’ni tezlik qancha katta bo‘lsa, konus ham shunga qarab uzun bo‘ladi. Masalan: hozirgi kunda 70 kg m/soat da konus uzunligi 300-400 mmga teng. Konus kengligi ishlab chiqarish temperatura rejimiga qarab tanlanadi. Harorat qancha baland bo‘lsa, konus kengligi kichik bo‘lishi kerak. Amalda bu 27- 33 mmga teng. Lodochkani yoriqchasini kengligi 65-70mm. 68 Sovutgichlar. Sovutgichlar oyna lentasini shakllash jarayonida uni sovutish uchun xizmat qiladi. Ularni lentaning ikki tomonidan 40-50 mm masofada o‘rnatiladi. Sovutgichlar sxemasi (3-rasm)da ko‘rsatilgan. Sovutish suyuqligi sifatida suv ishlatiladi. Vertikal tortish mashinasi. (VTM) Vertikal tortish mashinasi korpusi uzunligi bo‘yicha 4 ta seksiyadan tashkil topgan cho‘yan shaxtadan iborat. SHaxta uzunligi bo‘yicha 13 juft asbest valiklar o‘rnatilgan. Bu valiklar oyna lentasini transportirovka qilish uchun xizmat qiladi. Oyna lentasini kuydirish va sovutish. Oyna lentasini kuydirish bevosita vertikal tortish mashinasida olib boriladi. Oyna 900 o dan 90-100 o gacha sovutiladi. Sovutish davri, lenta tezligi 60 pog m/soatda – 7 min, 120 pog m/soatda – 3,5 minut davom etadi. 4 rasm.Oyna lentasini sovutish. SHakllash va sovutish jarayonida oyna lentasi 3ta temperatura zonasidan o‘tadi: kuydirishgacha sovutish zonasi, kuydirish zonasi va kuydirishdan keyingi sovutish. Birinchi zonada shisha 500-540 o gacha sovutiladi. Kuydirish zonasida sovutish minemal qiymatga ega bo‘lishi kerak. Oxirgi sovutishda 100 o gacha sovutiladi. Download 3,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling