2. Murid o'z pirining barcha ramz va ishoralarini mukammal anglay olishi kerak
Download 13.57 Kb.
|
Tariqat shariatning davomidir. Yassaviy aytmoqchi, shariat imonning po'sti bo'lsa, tariqat uning mag'zidir. Shariat uning zohiri bo'lsa, tariqat botinidir. Birini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shariat islomda rioya qilinishi lozim bo'lgan diniy qoidalar yig'indisidir. Tariqat shularni anglamoq yo'lidir. Ahmad Yassaviy turkiy xalqlar orasidan chiqqan birinchi mutasavvifgina emas, yangi bir tariqatning asoschisi hamdir. Bu tariqat uning nomi bilan "Yassaviya" deb ataladi. Tariqat o'zining quyidagi qoidalariga ega: ) 1. Murid o'z pirini barchadan afzal bilmog'i va unga o'z ixtiyorini to'la topshirmog'i lozim. 2. Murid o'z pirining barcha ramz va ishoralarini mukammal anglay olishi kerak. 3. Murid o'z pirining barcha so'zlari hamda ishlariga sodiq va fidoyi bo'lishi lozim. 4. Murid o'z pirining barcha topshiriqlarini chaqqon, sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog'i shart. Chunki Alloh rizosi unga bog'liqdir. 5. Murid o'z so'ziga sodiq, va'dasida mustahkam bo'lib, piriga nisbatan ko'nglida biror shubhaga yo'l qo'ymasligi kerak. 6. Murid Alloh yo'lida butun mol-u mulkini o'z piriga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog'i lozim. 7. Murid o'z pirinlng barcha sir-asrorini bilgani holda uni boshqalarga bildirishni xayoliga ham keltirmasligi, do'stiga do'st, dushmaniga dushman bo'lib yashamog'i shart. 8. Murid o'z pirining mushkulotlarini oson qilmog'i, pand-u nasihatlarini bajo keltirmog'i lozim. Download 13.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling