Bebosh baliqcha


Download 263.55 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi263.55 Kb.
#1632129
Bog'liq
kenjayeva


IGFAT fakulteti Noshirlik ishi
101-guruh 1-kurs talabasi
Kenjayeva Shahnozaning
Web dizayn fanidan
Laboratoriya ishi

BEBOSH BALIQCHA

Kichik anhorlarning birida orzumand baliqcha yasharkan. U atrofidagi barcha baliqlarga nisbatan chaqqon, uddaburon ekan. Oʻzi yashaydigan anhorning miridan sirigacha oʻrganib olibdi.


Yugurish boʻyicha poyga oʻynasa, hammadan oshib ketarkan. Bekinmachoq oʻynasa, hech kim topolmaydigan joylarga yashirinarkan. Uning aqli yetgan narsalarga tengdoshlari tushunmas, unga bas kela olmaskan. Maktabida ham hammadan aʼlochi ekan.
Baliqcha bora-bora zerika boshlabdi. Boshqa baliqchalar bilan gaplashsa, ensasi qotadigan boʻlibdi. U katta daryolarda, ummonlarda yashashni orzu qilarkan.
– U yoqlarda yashash zoʻr! – der ekan. – Xilma-xil baliqlar, jonzotlar bor. Hammasi bilan doʻstlashasan, koʻp narsalarni oʻrganasan. Chiroyli toshlarni, oʻsimliklarni koʻrasan!
Uning bu gaplarini eshitgan katta baliqlar:
– Bolajonim, “Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozu”, degan gap bor. Oʻz vataningdan yaxshisi yoʻq, – deb nasihat qilibdi.
Baribir, baliqchaning koʻngli toʻlmabdi. U oʻzini kattaroq suv havzalarida yashashga loyiqman, deb oʻylayveribdi.
Kunlarning birida baliqcha suvga qoʻshilib oqib ketibdi. Oqib-oqib oʻzi orzu qilgan keng daryoga yetib boribdi. Vujudi yayrab, qiqir-qiqir kulibdi. Sakrab-sakrab oʻynabdi. “Qanday yaxshi! – debdi. – Katta baliqlar bu yerlarni koʻrmagan-da, shuning uchun bilishmaydi”.
Baliqcha oʻzi kabi mayda baliqlarni nazarga ilmay, kattalar bilan doʻstlashish harakatiga tushibdi.
– Hoy, birodar, – debdi bir nahangning yelkasidan turtib, – kel, birga oʻynaymiz.
Nahang uni koʻrib, koʻzlari quvnab ketibdi. “Yemishim oʻz oyogʻi bilan kelib qoldi-ku!” debdi. Baliqcha qochib ketmasin, degan oʻyda sakrab, unga xamla qilibdi.
Chaqqon baliqcha nahang men bilan oʻynayapti, degan oʻyda qiqirlab chap beribdi. Ular bir qancha vaqt quvlashmachoq oʻynab yurishibdi. Nahang baliqchani tuta olmabdi. Ammo shu payt qahramonimizning atrofini bir nechta katta baliqlar oʻrab olibdi. U choʻrtan baliqni tanib qolibdi. Undan ehtiyot boʻlish kerakligini bilarkan. Birdaniga baliqlar uni yem qilish niyatida ekanini payqab, qoʻrqib ketibdi.
Baliqcha atrofiga alanglab, xarsanglarni koʻrib qolibdi. Ulardan ikkitasi yelkama-yelka turgan ekan. Lip etib ularning orasiga kirib olibdi. Katta baliqlar dumi bilan xarsangni siljitishga urinibdi. Baliqcha xarsanglar oraligʻida oʻtirib, dir-dir titrabdi. Keng daryo koʻziga tor koʻrinib ketibdi. Oʻz anhorini tashlab kelganiga mingdan-ming pushaymon boʻlibdi.

Laboratoriya ishi-1
Mavzu: Selektorlar va ranglar bilan ishlash
Index HTML

Style CSS

NATIJA

Download 263.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling