2-Mustaqil Ish Mavzu: Elektron darsliklar va qo`llanmalar


O’quv jarayonlarini axborotlashtirish maqsadlariga ko’ra elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak


Download 0.62 Mb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1268640
1   2   3
Bog'liq
2-Mustaqil Ish

O’quv jarayonlarini axborotlashtirish maqsadlariga ko’ra elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:

    • O’quv jarayonlarini axborotlashtirish maqsadlariga ko’ra elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
    • 1. Kvantlash tamoyili: o’quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha tashkil etuvchidan iborat bo’ladi.
    • 2. To’laqonlilik tamoyili: o’quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:
    • gipermurojaatga ega kalit so’zlar;
    • nazariy materiallar;
    • nazariy materiallar bo’yicha nazorat savollari;
    • namunalar;
    • mustaqil yechish uchun masalalar;
    • modul bo’yicha nazorat savollari.
    • SHuningdek, modul tarkibiga quyidagi qo’shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
    • testlar;
    • nazorat ishi;yordamchi ma’lumotnoma;
    • tahlillar.
    • 3. Ko’rgazmalilik tamoyili: Elektron darsliklar modullari matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur.
    • 4. Erkin boshqarish tamoyili: talabalar kompyuter ekranidagi kadrlarning almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan marta ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinashlari imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.
    • 5. Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o’quv jarayonida ma’lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslanishni ta’minlashi, o’rganilayotgan materialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo’naltirilganligini o’zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo’shimcha illyustrjativ materiallarni shakllantirish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling