2-Mustaqil ish O‘zbekistonda va xorijda pedagogik testlarning rivojlanishi


Download 32.01 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi32.01 Kb.
#1620687
  1   2
Bog'liq
2-mustaqil ish


2-Mustaqil ish

  1. O‘zbekistonda va xorijda pedagogik testlarning rivojlanishi

  2. Test mazmuni sifatini tekshirish. Test mazmunini tanlashning umumiy tamoyillari.

  3. Kognitiv va affektiv ta’lim maqsadlari taksonomiyalari.

  4. Test topshiriqlari shakllari. Umumiy talablar. Test topshiriqlarining yopiq shakli. Muqobil javobli test topshiriqlari.

  5. Muvofiqlikni belgilash topshiriqlari.

O‘ZBEKISTONDA VA XORIJDA PEDAGOGIK TESTNING RIVOJLANISHI 


Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 
yoʻnalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim 
tizimini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar 
tayyorlashning zamonaviy ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va
kechki boʻlimlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining 
oshirilishi mazkur yoʻnalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. 
Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, 
respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy 
sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga 
toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan: 
birinchidan, oliy ta’lim tizimida oʻqitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim 
olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob 
bermayapti; 
ikkinchidan, professor-talabalarning faoliyatini, bilimini va pedagogik 
koʻnikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbi
ta’sir koʻrsatmoqda; uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda; toʻrtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining oʻrnatilmaganligi ushbu sohada koʻplab muammolarning, 
eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab boʻlmoqda; 
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan 
keng qamrovli va tizimli oʻzgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi 
sezilmayapti, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz boʻlib 
qolmoqda; 
oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va 
mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka 
tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yoʻlga qoʻyilmagan; 
yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan 
fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud 
muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish, tahlil qilish va ularning yechimi 
boʻyicha taklif kiritish borasida professor-talabalar, yosh olimlar va talabalarning 
tashabbus koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozim. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun moʻljallangan eng 
muhim ustuvor vazifalar toʻg‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzab masalalar qatorida ilm-fan va ta'lim, ta'lim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
munosabatlariga alohida urg‘u berilganligi bejiz emas. Modomiki, ta'lim tiziminin 
markazida inson kapitali, uni toʻg‘ri taqsimlash, undan samarali foydalanish va 
maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy ta'lim 
tizimini jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari, ta'lim jarayonining barcha 
sub'ektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish 
hamda ta'limning toʻliq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim 
vazifalardandir. 
Keyingi yillarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar jamiyat hayotining barcha 
sohalariga yangicha innovatsion yondashuvlar, mavjud qarashlar, tushunchalar va 
munosabatlarni taraqqiyot koʻzgusi va samaradorlik mezonlari bilan qayta koʻzdan 
kechirishni taqozo etmoqda. Istiqlol yillarida ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilganini ta'kidlagan holda, aytishimiz joizki, 
maqsadlar va ularga erishish usul va vositalarini aniq belgilay olmaslik, mehnat 
bozori talablarini chuqur oʻrganmaslik, undagi talab va taklifning nomuvofiqligi, 
odamlarning ijtimoiy ahvoli va xohish-istaklarini inobatga olmaslik oqibatida 
anchagina jiddiy xato va kamchiliklar ham kuzatildi. Natijada, “Ta'lim toʻg‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da nazarda tutilgan talablar toʻliq 
ijrosini topmadi. Oʻtgan yillar davomida biz barcha sohalar kabi ta'lim va kadrlar 
tayyorlash sohasida ham oʻzimizga xos va mos yoʻlni topishga koʻproq e'tibor 
qaratdik. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev soʻnggi yillarda ta'lim sohasini isloh qilishga, 
kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xususan, tizimga rivojlanga 
xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga jiddiy e'tibor qarata boshladi. Bu 
boradagi islohotlar 2017 yil 14 martdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi 
muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi, 
2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻg‘risida”gi, 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta'lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi, 2017 yil 8 avgustdagi 
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish 
toʻg‘risida”gi, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha 
ta'lim vazirligini tashkil etish toʻg‘risida”gi Prezident Qarorlarida oʻz aksini topgan
Mazkur qarorlarda uzluksiz ta'lim tizimining deyarli barcha turlari qamrab 
olinganligini koʻrishimiz mumkin. Qolaversa, “2017–2021 yillarda Oʻzbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da ham ta'lim
sohasini tubdan takomillashtirishga e'tibor qaratilgan. Ta'lim tizimini rivojlantirish 
va takomillashtirishga qaratilgan mazkur hujjatlarning barchasida sohaga 
innovatsiyalarni kiritish, xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish, ijodiy yondashuvlarni 
qoʻllab-quvvatlash, ta'lim turlari oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish 
bilan bog‘liq umumiy jihatlar mavjud. 
O’zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o’quv yurtida (1995y.) tuzilgan dastlabki 369 ta test topshiriqlari professor Farberman B. L. rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan ekspertiza qilindi. Bu test tuzuvchilarning eng xarakterli quyidagi xatolarini tahlil qilish, umumlashtirish va darajalarga bo’lib chiqishga imkon beradi.
1. Yopiq test topshiriqlariga taklif qilinayotgan javoblar miqdorining kamligi (4-5 ta javob bo’lishi tavsiya etiladi). Ularning soni kamroq bo’lganda, to’g’ri javobni tasodifiy tanlash ehtimoli ancha oshadi.
2. Testda oddiy dalillar, voqealarning sanalari, atamalar, ism-shariflar, ya’ni faqat eslab qolishni talab etadigan topshiriqlarning ko’pligi. Bunday topshiriqlarni tuzish oson, biroq bu holda test faqat xotira bilan bog’liq bilimlarnigina nazorat qiladi, xolos. Tanqidiy baho berish, mustaqil fikrlash turli xil dalillarni umumlashtirish yoki o’rganilgan tamoyillarni yangi sharoitlarda qo’llanishga doir test topshiriqlarini tuzish qiyin, lekin ana shunday topshiriqlargina talaba bilimini to’laqon baholaydi. O’tkazilgan tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, o’rganilgan materialning o’zi ko’pincha ma’lum vaqt o’tgach, unutiladi, o’zlashtirilgan asosiy tamoyillar va ularni yangi sharoitlarda qo’llash esa, umuman, unutilmaydi yoki o’qish tugallangandan keyin xotirada uzoq vaqt saqlanib qolar ekan.
3. Test topshiriqlarining shu fan bo’yicha darslikka o’ta bog’liq bo’lib qolganligi. Test topshiriqlari talabaning o’zlashtirib olishi shart bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarga muvofiq kelishi lozim. Test topshiriqlarini o’quv fanining bo’limlari yoki mavzulari o’rtasida mutanosib ravishda taqsimlab, bu masalalarni test rejasini ishlab chiqish bosqichida hal qilish zarur. Test rejasini tuzayotganda qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil o’rganish uchun tuziladigan test topshiriqlarini ham e’tiborga olish zarur.
4. Testda shu o’quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali
xarakterdagi topshiriqlarning yo’qligi.
5. Taklif qilinadigan javoblarning kattaligi (beso’naqayligi). Test topshiriqlarida
javoblarning ko’p satrli bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, ularni anglab olish qiyin bo’ladi va talaba beshinchi javobni o’qib bo’lguncha, birinchi javob mazmunini unutib qo’yadi. Murakkab topshiriqni bir necha oddiylariga bo’lib test tuzilishi zarur. Ko’p sonli qoida va mulohazalarni bilishni hamma vaqt talab qilaverish to’g’ri emas, ba’zan tayanch so’zlarni ajratishning o’zi talabaning katta hajmdagi o’quv materialini bilishi haqida ma’lumot berishi mumkin.
6. Test topshirig’i shartlarini (savollarini) ta’riflashdagi ko’p so’zlilik. Test topshiriqlaridagi oddiy va lo’nda qilib bayon qilingan fikr sinovdan o’tuvchining fikrlash va tafakkur jarayonini engillashtiradi. Bu holda u talab qilingan fikrni va o’zaro mantiqiy bog’lanishlarni tezroq topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
7. Shunday test topshiriqlari ham uchraydiki, ularga to’g’ri javob topish uchun unga bir qarashning o’zi kifoya qiladi. Masalan: biror topshiriq, testning boshqa qismida joylashgan topshiriqning javobi bo’lib qolgan. Aytaylik, bir topshiriqda Yerning tortish kuchi qonunini ta’riflagan olimning familiyasini aytib berish talab qilinadi, ayni vaqtda boshqa topshiriq quyidagicha ifodalangan: «Nyutonning Yerni tortish kuchi formulasi…».
8. Ta’riflashdan ikki xil ma’no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshiriqni noto’g’ri tushunishga olib kelishi mumkin. Bu, o’z fikrini savol yoki test topshirig’ini tasdiqlovchi javob tariqasida aniq ifodalab beradigan bitta gap tuzish malakasining yetarli emasligidan kelib chiqadi. Yozilgan matnni boshqa kishiga o’qitib ko’rish test ravonligini aniqlashning eng yaxshi yo’lidir. Topshiriq tuzuvchi talabalar fikriga berilib, ko’pincha u o’z ta’riflarining boshqacha mazmunini anglay olmaydi. SHuning uchun ham, test tuzuvchilar o’z tasavvurida test topshirig’ini bajarish jarayonidagi talaba tafakkuri modelini tasavvur etish qobiliyatiga ega bo’lishi muhimdir. Test topshirig’ining sifatiga bevosita ta’sir etmaydigan, lekin test tuzishda hisobga olinishi zarur bo’lgan quyidagi jihatlarni ham e’tiborga olish lozim.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, testlarning murakkablik darajasini faqat 10-25 foiz hollardagina to’g’ri aniqlash mumkin ekan. SHu sababli testni talabalar guruhlarida tekshirish yo’li bilan tajriba (empirik) usulida sinash lozim. Buning uchun tuzilgan test topshiriqlari birinchi marta ularning sifatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Uning natijasi jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlanib, talabalarning ko’proq yoki ozroq qismi javob bergan test topshiriqlari aniqlanadi. Zarur bo’lgan hollarda ular takomillashtiriladi.
Affektiv soha ta’limning hissiy-emotsional jihatlariga bog’liqbarcha masalalarni: bilim va ma’lumot olishga bo’lgan xohishdan tortib, fikr va qarashlar integratsiyasigacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi. Tibbiy ta’limda ham kognitiv va psixomotor sohalar kabi affektiv sohaga oid maqsadlar taksonomiyasi katta ahamiyatga ega. Tibbiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarni yuqori darajada egallash bo’lajak tibbiyot xodimining kasbiy muvaffaqiyatini belgilaydi. Shuningdek, bunda affektiv soha, ya’ni ta’lim oluvchining o’qish jarayoniga, o’qituvchiga, guruhga va o’z-o’zini anglashga bo’lgan hissiy-emotsional munosabati, tarbiyaviy yondoshuvi ham e’tiborga olinishi zarur. Yuqoridagi uch xil soha komponentlari o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustuvorroq bo’lib, o’zaro moslik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va oliy o’quvyurti tartib-intizomi bilan juda yaxshi tanish bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar, ya’ni ularda davomat va o’zlashtirish bilan bog’liqmuammolar, xulqatvor bilan bog’liqmuammolar, tartibbuzarlik kabi holatlar kognitiv, affektiv va psixomotor sohalarda uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar inson bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bu ish bir necha bor takrorlansa, u bu holatga o’rganib qoladi va u ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham ijtimoiy-axloqiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qaramaqarshilik va tafovut bo’lmasligiga talaba-yoshlarni o’rgatib borish lozim. O’qitishjarayonida ta’lim oluvchilarning qay darajada bilimlarni o’zlashtirishi, hissiy-emotsional holati, irodasi, ishonchi hamda kasbiy ko’nikma va malakalarni egallashi ko’p jihatdan o’quvmaqsadlarini to’g’ri shakllantirishga bog’liq. Bu texnologiya shaxsning kelajagi va kasbiy faoliyatining samaradorligini ta’minlashga yordam beradi
Ta’lim oluvchilarning o’quvfaoliyatini nazorat qilish va bilimini xolisona baholash o’qitishning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi taraqqiyotining 16 foizi – moddiy-texnik bazaga, 20 foizi – resurslarga, 64 foizi – inson omiliga bog’liqekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda talabalarning o’quvfaoliyatini nazorat qilish hamda 99 baholashda testlardan keng va samarali foydalaniladi. Test (ingl. test – sinash, tekshirish) deganda – sinaluvchining ma’lum bir sifatlarining takomillashganligi darajasini, shuningdek, uning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlashni sifat va miqdoriy o’lchamlarda belgilash imkonini beradigan topshiriqlar tizimi tushuniladi. Pedagogikada test asosida o’lchashni o’rganuvchi fan testologiya (ingl. test – sinash, logos – fan, bilim, ta’limot) deb ataladi. Testologiya fani psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshqa axloqshunoslik fanlarining birlashuvi natijasida yuzaga kelib, bilim, ko’nikma va malakalarni obyektiv baholash uchun testlar ishlab chiqish masalalari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan. Testologiya tarixi XIX asr psixologiyasiga oid bo’lib, testni birinchilar qatorida ingliz psixologi F.Galton psixik jarayonlar sohasida insonlar orasidagi individual farqlarni aniqlash maqsadida qo’llashga harakat qilgan. Pedagogik test birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan ta’lim oluvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. 1902 yili E.Torndayk pedagogik testlarning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. XX asrning boshlarida amerikalik olim V.A.Makkoll psixologik va pedagogik testlarni bir-biridan ajratadi. 1915-1930 yillarda Amerikada milliy dastur qabul qilindi. Ushbu dasturga ko’ra maktabda o’qitiladigan barcha fanlar bo’yichatestlarni ishlab chiqish, ulardan ta’lim jarayonida foydalanishning samarasini sarhisob qilish edi. Ushbu dastur natijalari Amerika ta’lim tizimiga test nazoratini kirib kelishiga va testologiya fanini taraqqiy etishiga turtki bo’ldi. 15 yilga mo’ljallangan dasturni amalga oshirish va natijalarini sarhisob qilish uchun aloxida kompaniya (Educational Testing Service) tuzildi. 1961 yilga kelib AQShda 2000 dan ortiq standart testlar ishlab chiqildi. 15 yilga mo’ljallangan dasturdagi ishlar nihoyasiga yetgach, ushbu milliy kompaniya (Educational Testing Service) Jahon test kompaniyasiga aylandi. Criterion-Referenced Tests – hozirgi kungacha dunyo bo’yichaamalda qo’llanib kelinayotgan o’quvmaqsadlariga erishganlikni yoki kompetensiyalarni o’zlashtirish samarasini bosqichma-bosqich nazorat qilishga tayanuvchi baholash modeli. 10 0 Shuningdek, G.G.Azgaldov rahbarligida bir guruh rus olimlari tomonidan kvalimetriya (lot. “qualis” – sifat, yunon. “metreo” - o’lchash) – ya’ni muayyan ob’ekt sifatini kompleks va miqdoriy o’lchash tushunchasi ham fanga kiritildi. Bugunki kunda kvalimetriya kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar darajasini aniqlashda keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda “Tester”, “My test”, “Ispring”, “MySQL”, “Flash”, “Hot potato” va boshqa shu kabi kompyuter dasturlari elektron test yaratish imkonini beradi. Bu pedagoglar uchun innovatsion yondoshgan holda yangi avlod testlarini tuzishda hamda ularni qo’llashda qulaylik yaratadi. Test ishlab chiqish, ularni dasturlashtirish bo’yichamutaxassislar testolog deb nomlanadi. Ta’lim tizimida innovatsiya sifatida qabul qilingan reyting nazoratida test usulidan samarali foydalanilmoqda. Test sinovidan ta’limda nafaqat talabalarning BKMni aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. So’nggi yillarda ilmiy pedagogikada xolisona baholash, og’zaki va yozma nazorat validligini oshirish usullari ishlab chiqilgan. O’zbekistonda pedagogik testlar birinchi marta 1992 yilda keng miqyosda qo’llanildi, shu yili O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga muvofiq tanlab olingan 9 ta oliy o’quv yurtlari abituriyentlari uchun test sinovlari o’tkazildi. Keyinchalik talabalar bilim doirasini aniqlashning xolisona usuli bo’lgan pedagogik test sinovlari ta’lim tizimida davlat miqyosida qo’llab-quvvatlandi. Test bir qator afzalliklarga ega: 1) nazorat uchun oz vaqt va kam kuch sarflanadi, oson tashkillashtiriladi; 2) bilimlarni o’zlashtirish sifati va darajasini obyektiv aniqlash imkoni mavjud; 3) o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab oladi; 101 4) bir vaqtda ko’p sonli talabalar nazoratini tashkil etish mumkin; 5) barcha talabalar uchun bir xil sharoit va imkoniyat yaratiladi hamda bir xil murakkablikdagi topshiriqlar beriladi; 6) bilim natijalari o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshiriladi; 7) test topshiriqlari va uning natijalarini kompyuter texnologiyalari asosida dasturlashtirish mumkin. Malakali ravishda tuzilgan pedagogik test xolisona pedagogik o’lchov vositasi bo’lib, nazorat olib borayotgan shaxsga bog’liqbo’lmaydi. Test o’quvmaterialining barcha asosiy mohiyatini o’z ichiga olishi mumkin, ta’lim natijalarini baholashning test usuli bilimni aniq va to’g’ri baholaydi, bunda baholashning ko’rsatkich darajasi oldindan belgilanadi va hamma talabalar uchun umumiy bo’ladi. Test sinovlari keng qamrovli bo’lib, qisqa vaqt ichida ma’lum bir o’quvmaterialining (yoki o’quvfani) o’zlashtirilishini umumiy ravishda nazorat qilish imkonini beradi, bunda kuch va vositalar kam sarflanadi. O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida yuz minglab abituriyentlarni test sinovlari asosida tanlash qisqa vaqt ichida bir necha soat davomida amalga oshiriladi, bu esa juda uzoq davom etishi mumkin bo’lgan og’zaki va yozma kirish imtihonlaridan voz kechish imkonini berdi. Ammo test sinovlarini umuman kamchiliklardan xoli, deb bo’lmaydi. Test sinovlarining ko’pgina shakllari talabani mustaqil ravishda javoblarni tayyorlash, o’z fikrini yozma yoki og’zaki nutqi orqali ifodalash tajribasidan mahrum etadi, pedagog va talaba o’rtasida jonli muloqot bo’lmaydi.Bu sinovlarda talabaning psixologik faoliyati «erkin shakldagi» javoblardan farqlanadi, talabaning individual jihatlari, aql-zakovati, keng eruditsiyasi, bilimdonligi namoyon bo’lmaydi. Bilimi sinalayotgan shaxs faqat muqobil javoblar ichidan to’g’ri javobni tanlaydi, xolos. Va nihoyat, testlarning sifatli tuzilishi masalasi, mutaxassis testologlarning yetishmasligi dolzarb muammo hisoblanadi. Talabalar bilimini tekshirishdan maqsad – ularning o’zlashtirish darajasini aniqlashdir.Test nazorati bilimlarni aniqlashda yaxshi natija beradi, lekin tafakkur jarayonini kuzatishga monelik qiladi, buning uchun boshqa usullardan – og’zaki so’rov, yozma ish, munozaralar, ishlab chiqarish vaziyatlarini taxlil qilish hamda muloqotlardan 10 2 foydalanish kerak. Lekin shu bilan birga bilimlarni test yordamida nazorat qilish ta’lim jarayonini boshqarish imkonini kengaytiradi. Test sinovini qo’llash talabalarning amaliy qobiliyati va xotirasini rivojlantiradi. Agar test sinovi to’g’ri tashkil etilsa, u talabalar bilimini xolisona baholash imkonini beradi, chunki bu baho subyektiv, ya’ni o’qituvchishaxsiga bog’liqbo’lmaydi. To’g’ri bajarilgan test topshiriqlari ma’lum o’lchov darajasi asosida baholanadi. Shuning uchun ham test topshiriqlarini aniq va xolisona pedagogik baholash vositasi deyishadi. Ammo faqat malakali ravishda tuzilgan sifatli, ilmiy talablarga asoslangan testgina ana shunday baholash imkonini beradi. Sifatli test mezonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: obyektivlik (xolislik), ishonchlilik (aniqlik), validlik (lot. “validus” kuchli, sog’lom, munosib, loyiq, yaroqli). Testlarni quyidagicha turkumlash mumkin: • psixologik testlar; • pedagogik testlar; • intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi (IQ) testlar; • muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar. Pedagogik test turlari o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: A) Oddiy: - Ochiq (javobli) testlar; - Yopiq (javobsiz) testlar; B) Murakkab: - Ko’p javobli testlar; - Muvofiqlikka oid testlar; - Ketma-ketlikka oid testlar; - MSQ testlari; - Grafik testlar; O’zlashtirish darajasiga ko’ra test turlari quyidagicha belgilanadi: I-Reproduktiv (oson) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga ko’ra bilish kategoriyasi); • II-Produktiv (o’rtacha qiyin) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga ko’ra 103 tushunish, qo’llash kategoriyasi); • III-Evristik (qiyin) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga ko’ra analiz, sintez kategoriyasi); • IV-Ijodiy (murakkab) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga ko’ra baholash, yaratish kategoriyasi). Reproduktiv (lot. “re” – qayta, “produco” – ishlab chiqaman) darajadagi test topshiriqlari talabalar tomonidan yodlash asosida o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatlarda qayta ishlamagan holda qo’llash, javob berishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan testlar talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniq baholash imkonini bermaydi. Produktiv (mahsuldor) darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan o’rganilgan obyektlarni qiyoslash, o’xshashlik va farqlarni aniqlash, taqqoslash, solishtirish, moslashtirish, ajratish, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi. Evristik (qisman-izlanishli) darajadagi test topshiriqlari talabalar tomonidan o’rganilgan obyektlarning xususiyatlarini boshqa obyektga ko’chirish, mazkur obyektlarni taqqoslab, keyingi obyektning o’ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishda talabalar avval o’zlashtirilgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llaydilar. Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko’nikmalariga ega bo’lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar yangi, notanish, kutilmagan va nostandart vaziyatlarda qo’llash talab etiladi. Yangi pedagogik adabiyotlarda testlarning standart va nostandart turlari haqida ma’lumot berilgan. Standart testlar testni barcha mezonlar bo’yicha(natijalarning ishonchliligi, validligi, matematik-statistik usullar) tekshirilganda ijobiy baholansa unday testlarga standart test maqomi beriladi. Nostandart testlar barcha mezonlar bo’yichatekshirilmagan va maqomga ega bo’lmagan testlarga aytiladi. Mazmuniga ko’ra testlar quyidagi turlarga bo’linadi: • Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo’yichao’sib boruvchi, 10 4 o’ziga xos shaklga ega, talabalarning muayyan bilimlar yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko’nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish hamda baholashga mo’ljallangan bitta o’quv kursi bo’yichatuzilgan topshiriqlar tizimi hisoblanadi. • Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo’yichao’sib boruvchi, o’ziga xos shaklga ega, talabalarning muayyan bilimlar yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko’nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish hamda baholashga mo’ljallangan bir nechta o’quv kursi bo’yichatuzilgan topshiriqlar tizimi hisoblanadi. Noan’anaviy test turlari: 1. Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo’yichao’sib boruvchi, talabaning tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan, bir-birini to’ldiruvchi fanlarga oid bilimlar asosida javob berishni talab etuvchi test topshiriqlari hisoblanadi. 2. Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, talabalarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin bo’lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo’yicha ko’rsatmalardan iborat bo’ladi. Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etadi. Qo’llanish maqsadiga ko’ra: o’rtacha og’irlikdagi, talabaning tanlashiga ko’ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo’lishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul- kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo’llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo’lim, kurs mazmuni bo’yichaturli qiyinchilik darajasidagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lishi lozim. 3. Mezonli-mo’ljal olish testlari talabalarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur kursning o’qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash, ya’ni oldindan qo’yilgan mezonlarni aniqlashga mo’ljallab ishlab chiqilgan testlar hisoblanadi. Test topshiriqlari sifatli ishlab chiqilishi uchun quyidagi didaktik talablarga javob berishi lozim. 105 1. O’quv mazmuni va maqsadlariga muvofiq bo’lishi. O’quv materialining konkret elementlarini o’zlashtirishni turli xil savollar bilan nazorat qilish mumkin. Ularning orasida ko’proq darajada ta’limning kutilgan natijasiga aloqador bo’lganini tanlash kerak. 3. O’quv materialining ahamiyatliligi. Test vazifalari sonini chegaralashda ularning ichiga ushbu o’quvmavzusini o’rganishda bilimning eng muhim zarur elementlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. 4. Ilmiy ishonchlilik va aniqlik. Testga faqat ratsional argumentatsiyaga to’g’ri keluvchi obyektiv haqiqiy ma’lumot kiritiladi. Fanda mavjud bo’lgan bahsli nuqtai-nazarlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. 5. O’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalashtirish. Test topshiriqlari oddiy va murakkab tarzda tuzilishiga ko’ra, ularning qiyinchilik darajasi belgilanishi va baholash shunga qarab avtomatlashtirilishi zarur. Yangi avlod test dasturlarida talaba test topshiriqlari darajasini o’zi tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 6. Muvozanatlilik. Testda vazifalarning umumiy soni kurs bo’limlari va mavzulari orasida, ushbu kursni o’rganishning yakuniy natijasiga urg’u bergan holda, ularning ahamiyatiga proporsional qilib taqsimlanishi kerak. 7. To’g’ri javoblarning tasodifiy joylashishi. Test savollarida tanlangan javob bilan to’g’ri javoblarning joylashishi qandaydir qonuniyatlarga bo’ysunmasligi kerak. 8. Noto’g’ri javoblarning haqqoniyligi. Noto’g’ri, lekin haqqoniy javoblar amerika test adabiyotlarida distraktor deyiladi (ingl. to distract - chalg’itish). Test ishlab chiquvchining qobiliyati, birinchi navbatda, samarali distraktorlarni ishlab chiqishida namoyon bo’ladi. 9. Test topshirig’ini bajarish bo’yichato’g’ri ko’rsatma berilishi. Sinaluvchiga har bir test topshirig’ida u aynan qanday shartni bajarishi va undan nima kutilayotgani haqida aniq ko’rsatma berilishi zarur. 10. To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi (ajralib turmasligi), muqobil javoblarning haqiqatga yaqin, mantiqan to’g’riligi, javob variantlarining bir xil uzunlikda bo’lishi. Malakasiz test tuzuvchi aniqlikka intilib, to’g’ri javobni boshqa javoblardan ko’ra 10 6 uzunroq yoki to’liqroq bayon qiladi, noto’g’ri javob variantlarini esa qisqa, mantiqan asossiz qilib tuzadi. 11. Til talablari (to’g’riligi, ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi). Test savollarida ikki xil mazmunlilik, noaniqlikka yo’l qo’yilmaydi. Sinaluvchining test savollari ma’nosini ikki xil tushunishi sifatsiz tuzilgan testni bildiradi, bu uning ishonchsizligi sabablaridan biri hisoblanadi. Test savollarining shartlari va javoblari tuzilishini tahrir qilish bilan tilning aniqligi va to’g’riligiga erishiladi. Bir xil ma’no – minimum vositalar orqali topshiriq ma’nosining maksimum aniqligiga erishishga yordam beruvchi so’zlar, belgilar, grafiklarni qunt bilan tanlanishi ta’minlanadi. 12. Reglament – javob berish uchun vaqtni qat’iy belgilash – javob berish uchun 2 minutdan ortiq vaqt talab qiluvchi test savollarining qo’yilmasligi bilan bog’liq. Qator chet el testlarining tahliliga ko’ra faktlar, terminlarni bilish – 20-25 sek., moslikni aniqlash uchun – 60 sek., farqlash, ajratish, tahlil qilish asosidagi savollarga – 65 sek., chizma va sxemalarni tushunish uchun 90 sek., shakllar munosabatini aniqlashga – 90-120 sek. vaqt ajratilishi yetarli bo’lishi ko’rsatilgan. Joriy nazorat - 10-15 ta savolga 15-20 minut, oraliq nazorat - 25-30 ta savolga 30-40 minut, yakuniy nazorat - 50 ta savolga 1 soat vaqt ajratilishi maqsadga muvofiqdir. 13. Ixchamlik. Test topshiriqlariga katta matnlarni, uzun ta’riflangan iboralarni kiritish noto’g’ri hisoblanadi. Test savollari va muqobil javoblar aniq, qisqa va lo’nda qilib tuzilishi zarur.
Zamonaviy testologiyada (Avanesov V.S., Chelyshkova M.B., Mayorov A.N. va boshqalar) test shaklida 4 turdagi topshiriqlar mavjud: bir yoki bir nechta toʻgʻri javobni tanlash boʻyicha topshiriqlar, ochiq shakldagi yoki qoʻshimcha qilish uchun topshiriqlar, toʻgʻrisini belgilash boʻyicha topshiriqlar. yozishmalarni o'rnatish ketma-ketligi va vazifalari. Eng keng tarqalgan - birinchi shakl.
Keling, V.S.ning tasnifi bo'yicha har bir topshiriq shaklini batafsil ko'rib chiqaylik. Avanesov.
Bilimlarni kompyuterda nazorat qilish uchun bir yoki bir nechta to'g'ri javoblarni tanlash uchun topshiriqlar eng mos keladi. Bunday topshiriqlar qulay tarzda quyidagi turlarga bo'linadi: ikki, uch, to'rt, besh va ko'p javobli topshiriqlar. Ushbu topshiriq shakli bo'yicha ko'rsatma jumladir: "To'g'ri javobning raqamini doira (belgilash, ko'rsatish)".
Misol 1. To'g'ri javobning raqamini belgilang.
Raqamning raqam egallagan joyi deyiladi
pozitsiya
tushirish;
pozitsiya;
tanishlik.
Vazifa qisqa va aniq shakllantirilishi kerak, shunda uning ma'nosi birinchi o'qishda tushunarli bo'ladi.
Vazifaning mazmuni iloji boricha aniq va qisqacha tuzilgan. Qisqartirish so'zlarni, belgilarni, grafiklarni sinchkovlik bilan tanlash bilan ta'minlanadi, bu esa vazifaning ma'nosining maksimal ravshanligiga erishish uchun minimal vositalarni ta'minlaydi. So'zlarni takrorlash, tushunarsiz, kam qo'llaniladigan, shuningdek, o'quvchilarga noma'lum belgilar, ma'noni idrok etishni qiyinlashtiradigan xorijiy so'zlardan foydalanishni butunlay istisno qilish kerak. Vazifada bittadan ortiq bo'ysunuvchi gap bo'lmasa yaxshi bo'ladi.
Har bir vazifada qisqalikka erishish uchun bitta narsa haqida so'rash yaxshidir. Biror narsani topish, uni hal qilish va keyin uni yana tushuntirish talablari yuki vazifaning sifatiga salbiy ta'sir qiladi, garchi pedagogik nuqtai nazardan bunday shakllantirish sababini tushunish oson.
Vazifa ham, javob ham qisqa bo'lsa, yanada yaxshi bo'ladi. Amerika test adabiyotida noto'g'ri, ammo ishonchli javob chalg'ituvchi so'z deb ataladi (ingliz tilidagi fe'ldan chalg'itmoq - chalg'itmoq). Umuman olganda, chalg'ituvchilar qanchalik yaxshi tanlangan bo'lsa, vazifa shunchalik yaxshi bo'ladi. Ishlab chiquvchining iste'dodi birinchi navbatda samarali chalg'ituvchi vositalarni ishlab chiqishda namoyon bo'ladi. Odatda noto'g'ri javobni tanlash foizi qanchalik yuqori bo'lsa, u shunchalik yaxshi tuzilgan deb ishoniladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu faqat ma'lum bir chegaragacha to'g'ri keladi; chalg'ituvchilarning jozibadorligiga intilishda, ko'pincha mutanosiblik hissi yo'qoladi. Har bir javobning jozibadorligi empirik tarzda tekshiriladi.
Yagona yoki ko'p tanlovli savollar eng ko'p tanqid qilinadigan shakldir. Odatiy yondashuvlar tarafdorlari bilimni faqat talaba bilan bevosita muloqot qilish jarayonida, unga aniqlashtiruvchi savollar berish jarayonida haqiqiy sinovdan o'tkazish mumkinligini ta'kidlaydilar, bu esa bilimning haqiqiy chuqurligi, mustahkamligi va asosliligini yaxshiroq aniqlashga yordam beradi. Biz bunday bayonotlarga rozi bo'lishimiz kerak. Shu bilan birga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning tirik mehnatini tejash, vaqtni tejash masalalari, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish muammolari hamon mavjud.
Ko'pincha to'g'ri javobni o'zingiz shakllantirishdan ko'ra osonroq deb hisoblashadi. Biroq, bilimsiz o'quvchiga yaxshi bajarilgan topshiriqlarda ko'pincha noto'g'ri javoblar to'g'ri javoblardan ko'ra ishonchliroq ko'rinadi. Testni ishlab chiquvchining iste'dodi mutlaqo noto'g'ri, lekin juda ishonchli javoblarni yaratish jarayonida namoyon bo'ladi. Yana bir e'tiroz shundaki, bir yoki bir nechta to'g'ri javoblar tanlovi bilan test topshirig'i faqat quyi darajadagi bilimlarni baholash uchun javob beradi.
Taklif etilganlar orasidan eng to'g'ri javobni tanlash bilan vazifalar varianti ajratiladi. Shunga ko'ra, bunday topshiriqlar bo'yicha ko'rsatmalar ham yozilgan: "Eng to'g'ri javobning raqamini aylantiring." Tabiiyki, vazifalarga berilgan barcha boshqa javoblar to'g'ri, ammo boshqa darajada deb taxmin qilinadi.
Bunday vazifalarni amaliyotga joriy etishning uchta sababi bor.
Birinchisi, zaif o'quvchilar eslab qolishlari mumkin bo'lgan topshiriqlardan noto'g'ri javoblarni chiqarib tashlash haqidagi eski g'oya. Agar biz ushbu juda bahsli tezisga amal qilsak, test o'tkazishda umuman noto'g'ri javob berish mumkin emas.
Bunday vazifalarni amaliyotga joriy etishning ikkinchi sababi ko'proq realdir. Bu talabalarda nafaqat to'g'ri javoblarni noto'g'ri javoblardan ajrata olish qobiliyatini, balki javoblarning to'g'riligi o'lchovini farqlash qobiliyatini rivojlantirish zarurligiga ham tegishli. Bu umumiy o‘rta ta’limda ham, oliy kasbiy ta’limda ham juda muhim.
Eng to'g'ri javobni tanlash bilan topshiriqlardan foydalanishning uchinchi sababi - ularning yordami bilan bilimlarning to'liqligini tekshirish istagi.
Bunday vazifalarni amaliyotga joriy etishning sabablari qanchalik ishonchli bo'lmasin, ikkinchisidan keng foydalanish mumkin emas.
Ochiq shakldagi topshiriqlarda tayyor javoblar berilmaydi: ular ixtiro qilinishi yoki tekshirilayotgan shaxs tomonidan olinishi kerak. Ba'zan, "ochiq shakldagi vazifalar" atamasi o'rniga, "qo'shish uchun topshiriqlar" yoki "javob tuzilgan vazifalar" atamalari qo'llaniladi. Ochiq shakl uchun bitta so'zdan iborat ko'rsatmalardan foydalanish odatiy holdir: "To'liq".
2-misol. Qo'shish.
Ikkilik tizimda 10-1=________.
Qo'shimcha vazifalar ikkita sezilarli darajada farqlanadi:
1) olish imkoniyatlari taqdimotning mazmuni va shakli bilan mos ravishda belgilanadigan javoblarga cheklovlar qo'yilgan;
2) muammoning to'liq yechimi shaklida batafsil javobni tuzish yoki mikroinsho shaklida javob berish kerak bo'lgan erkin tuzilgan javobli topshiriqlar.
Cheklovli topshiriqlarda to'g'ri javob nima ekanligi oldindan aniqlanadi va javobning to'liqlik darajasi belgilanadi. Odatda bu juda qisqa - bitta so'z, raqam, belgi va boshqalar. Ba'zan - uzoqroq, lekin ikki yoki uch so'zdan oshmasligi kerak. Tabiiyki, javoblarning tartibga solingan qisqaligi ko'lamga ma'lum talablarni qo'yadi, shuning uchun birinchi turdagi vazifalar asosan tor doiradagi ko'nikmalarni baholash uchun ishlatiladi.
To'ldirilgan javoblarga cheklovlar qo'yilgan vazifalarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular ishlab chiquvchi tomonidan rejalashtirilgan faqat bitta to'g'ri javobni yaratishi kerak.
Erkin tuzilgan javobli ikkinchi turdagi topshiriqlar javoblarning mazmuni va shakli bo'yicha hech qanday cheklovlarga ega emas. Muayyan vaqt davomida talaba xohlagan narsani va xohlagancha yozishi mumkin. Biroq, bunday vazifalarni ehtiyotkorlik bilan shakllantirish standartning mavjudligini nazarda tutadi, bu odatda uni tavsiflovchi xususiyatlar va sifat xususiyatlari bilan eng to'g'ri javobdir.
Yozuvlarni o'rnatish bo'yicha topshiriqlarda o'qituvchi ikkita to'plamning elementlari o'rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlarni tekshiradi. Taqqoslash uchun elementlar ikki ustunga yoziladi: chap tomonda odatda masala bayonini o'z ichiga olgan aniqlovchi to'plamning elementlari, o'ngda esa tanlanishi kerak bo'lgan elementlar beriladi.
Vazifalarga standart ko'rsatma beriladi: "Gaginlik qiling".
3-misol: Moslik
a B C) - _____________.
Shuni ta'kidlash kerakki, o'ng ustunda chapga qaraganda ko'proq elementlar bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday vaziyatda ortiqcha elementlarni tanlash bilan bog'liq ma'lum qiyinchiliklar mavjud. Ba'zan, chap to'plamning bitta elementi uchun o'ng ustundan bir nechta to'g'ri javoblarni tanlash kerak bo'ladi. Bundan tashqari, yozishmalar uch yoki undan ortiq to'plamga kengaytirilishi mumkin. Agar aql bovar qilmaydigan variantlar hatto johil o'quvchilar tomonidan ham osongina ajratilsa, vazifaning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.
Chap va o'ng ustunlardagi elementlar soni bir xil bo'lgan va chapdagi oxirgi elementni moslashtirishda tanlash uchun oddiygina hech narsa bo'lmagan hollarda o'yinning ishlashi ham kamayadi. Oxirgi to'g'ri yoki noto'g'ri moslik oldingi o'yinlar uchun elementlarni ketma-ket chiqarib tashlash orqali avtomatik ravishda aniqlanadi.
To'g'ri ketma-ketlikni o'rnatish uchun test topshiriqlari harakatlar, jarayonlar va boshqalar ketma-ketligini bilish darajasini baholash uchun mo'ljallangan. Vazifalarda, harakatlar, jarayonlar, muayyan vazifa bilan bog'liq elementlar o'zboshimchalik bilan, tasodifiy tartibda beriladi. Ushbu vazifalar uchun standart ko'rsatma: "To'g'ri harakatlar ketma-ketligini o'rnating".
4-misol: To'g'ri ketma-ketlikni o'rnating
UAY-dagi to'liq filial buyrug'i quyidagi formatga ega:
aks holda<серия 2>
keyin<серия 1>
agar<условие>
To'g'ri ketma-ketlikni o'rnatish bo'yicha vazifalar ko'plab o'qituvchilar tomonidan do'stona yordam oladi, bu tartibli fikrlash va faoliyat algoritmlarining muhim roli bilan izohlanadi.
Bunday vazifalarni o‘quv jarayoniga joriy etishdan maqsad algoritmik fikrlash, algoritmik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Algoritmik fikrlashni o'quv va amaliy muammolarni hal qilishda eng yaxshi harakatlar ketma-ketligini aniqlashda namoyon bo'ladigan intellektual qobiliyat sifatida aniqlash mumkin. Qisqa vaqt ichida turli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish, eng samarali kompyuter dasturini ishlab chiqish va hokazolar bunday fikrlashning namoyon bo'lishiga tipik misollardir.
Vazifa shakllarini tanlash juda ko'p munozarali omillar bilan belgilanadi, jumladan, mazmunning xususiyatlari, test maqsadlari, shuningdek, sub'ektlar kontingentining o'ziga xos xususiyatlari. Yopiq shakldagi vazifalardan foydalanganda tekshirish osonroq, ammo bunday vazifalar kamroq ma'lumotga ega. Ochiq shakldagi vazifalar ko'proq ma'lumotga ega, ammo ularni tekshirishni tashkil qilish qiyinroq. Bundan ham qiyinroq vazifa - bunday topshiriqlarga javoblarning to'g'riligini tekshirish uchun kompyuter dasturlarini yaratish. Bu mavzularning lug'at boyligi (javobda sinonimlardan foydalanish mumkin), diqqatlilik (xatolar, registrlarning mos kelmasligi) va boshqalar bilan bog'liq.
Vazifalar shakllarida muvaffaqiyatli yo'naltirish uchun siz M.B. tomonidan taklif qilingan vazifalarni qiyosiy tahlil qilish uchun maxsus jadvaldan (1-jadvalga qarang) foydalanishingiz mumkin. Chelyshkova.
Ishlab chiquvchining so'zlariga ko'ra, ushbu jadval aniq ko'rsatkichdir, ammo undan foydalanish muayyan diagnostika muammolarini hal qilish uchun turli shakllardagi test topshiriqlarini tanlash jarayonini osonlashtirishi mumkin.
“Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zstandart” agentligi belgilangan tartibda:
2014-yil 5-aprelgacha akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilishda yangi guvohnomalar ularni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab rasmiylashtirilishini;
muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.

Xulosa
Zamonaviy testologiyada (Avanesov V.S., Chelyshkova M.B., Mayorov A.N. va boshqalar) test shaklida 4 turdagi topshiriqlar mavjud: bir yoki bir nechta toʻgʻri javobni tanlash boʻyicha topshiriqlar, ochiq shakldagi yoki qoʻshimcha qilish uchun topshiriqlar, toʻgʻrisini belgilash boʻyicha topshiriqlar. yozishmalarni o'rnatish ketma-ketligi va vazifalari. Eng keng tarqalgan - birinchi shakl.


Keling, V.S.ning tasnifi bo'yicha har bir topshiriq shaklini batafsil ko'rib chiqaylik. Avanesov.
Bilimlarni kompyuterda nazorat qilish uchun bir yoki bir nechta to'g'ri javoblarni tanlash uchun topshiriqlar eng mos keladi. Bunday topshiriqlar qulay tarzda quyidagi turlarga bo'linadi: ikki, uch, to'rt, besh va ko'p javobli topshiriqlar. Ushbu topshiriq shakli bo'yicha ko'rsatma jumladir: "To'g'ri javobning raqamini doira (belgilash, ko'rsatish)".


Download 32.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling