Titrimetrik analiz usullarining klassifikatsiyasi
Download 221 Kb.
|
yodometriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA 25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ- 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarorining mazmun mohiyati yoshlarni yuksak salohiyatli, yetuk malakali kadrlarni yetishtirishdan iborat bo’lib bunda talabalarning chuqur bilim olishi uchun kerakli bo’lgan barcha imkoniyatlar kafolatlangan. Shuningdek mamlakatimizning 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini amalga oshiradigan keng ko’lamli tadbirlaridan biri ham yoshlarga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir[1]. Yurtimizda yoshlarning chuqur bilim olishlari uchun imkoniyarlar yaratilgan bo’lib, ayniqsa tabiiy fanlardan bo’lgan kimyo fanini o’rganishga ham imkoniyatlar yetarli. Xususan barcha e’tibor biz aziz yoshlarga qaratilmoqda umumta’lim makatabida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida kimyo fanni o’qitish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda kimyo fanni o’rganish uchun zamonaviy kimyoviy jixozlar ishlab chiqilmoqda xamda ulardan biz aziz yoshlar foydalanmoqdamiz. Ta’lim jarayonida fanni so’nggi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va labaratoriyalarda bajarish yaxshi natija beradi. Shuningdek, vertual laboratoriyalarning tashkil etilishi va ularning amaliyotga joriy etilishi yuqoridagi fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Bugungi kunda fan va texnikaning taraqqiyoti sanoatning rivojlanishi tobora takomillashib bormoqda. Bu esa rivojlanish bilan bir qatorda ekologik muammolarning kelib chiqishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu muammolarni oldini olish va unga yechim topishda kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Bu birinchi navbatda “Analitik kimyo” fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmasligi tufayli, atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi. Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo’lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materialllari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizikaviy va kimnyoviy xossalarini o’rganish orqali amalga oshiriladi. Analitik kimyo – moddalarni tahlil qilish usullari to’g’risidagi fan bo’lib, tahlil qilishning nazariy va amaliy muammolarini hal qilish yo’llarini o’rgatadi. Analitik kimyo – kimyoviy analizning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan, atrof muhidagi har hil obektlarning elementar kimyoviy tarkibini, tuzilishini aniqlashni ta’minlaydigan usullar haqidagi fandir. Analitik kimyo – identifikatsiyalash, miqdoriy aniqlash va tabiatdagi turli elementar ob’ektlarning, yani atomlar, ionlar, molekulalar, funksional guruhlar va boshqa zarralar kimyoviy strukturasini aniqlaydigan fandir. Analitik kimyo fanining asosiy vazifalari analizning umumiy nazariy asoslarini kimyoviy, fizik kimyoviy va fizikaviy usullarining asosiy prinsiplari bilan tushuntirishdir[2]. Shuning uchun analitik kimyoning nazariy va amaliy qonuniyatlarini chuqur egallashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Analitik kimyo insonning ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’langan. Binobarin, xom-ashyolar yoki maxsulotlar tarkibidagi asosiy komponentlar va qoldiqlar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lmasdan turib, metallurgiya, dorishunoslik va boshqa sanoat tarmoqlarining turli jarayonlarini moxirona rivojlantirish yoki boshqarish mumkin emas. Xalq xo‘jaligi materiallari va mahsulotlari sifatiga qo‘yilgan talablarni ortishi, fan va texnikaning rivojlanishi, atrof muhit muhofazasining kuchayishiga zarurat, odam va hayvonlar xastaliklari tashxisini yaxshilashga bo‘lgan extiyoj amaliy kimyoviy analizning qator turlarini paydo bo‘lishiga va takomillashishiga sabab bo‘ldi. Har bir kimyogar analitik kimyoning hozirgi zamon yutuqlarini mukammal bilishi shart. Download 221 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling