Titrimetrik analiz usullarining klassifikatsiyasi


Yodometrik titrlash usulining afzalliklari


Download 221 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi221 Kb.
#1605421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yodometriya

Yodometrik titrlash usulining afzalliklari:

  1. Yodometrik usul bilan ko’pgina J2 va J- bilan reaksiyaga kirishmaydigan moddalarni aniqlash mumkin: Masalan: Н2О ni Fisher usuli bilan.

  2. Boshqa oksidlanish-qaytarilish usullariga nisbatan aniqligi katta.

  3. J2 o’ziga hos rangga ega bo’lganligi sababli ekvivalent nuqtani indikatorsiz ham aniqlash mumkin.

  4. J2 suvli eritmadan tashqari organik erituvchilarda yahshi eriydi, shu sababli titrlashni suvsiz eritmalarda ham olib borish mumkin. Yodometrik titrlash usulining kamchiliklari:

  1. J2 uchuvchan.

2. J- havo О2 ta`sirida oksidlanadi. 3. Yodometrik titrlash usulini ishqoriy muhitda olib borilmaydi,chunki disproporsiyalanish reaksiyasi boradi. 4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi sekin boradi. 5. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan cho’kma yoki boshqa aktiv moddalarda J2 adsorbsiyalanadi. 6. J2 va Na2S2O3 eritmalari vaqt o’tishi bilan titrini o’zgartiradi[5].


Yodometrik aniqlashni o’tkazish shartlari.
1. J2/2J- juftning oksidlash potensiali u qadar katta emasligini, demak, yodometrik reaksiyalar qaytar reaksiyalar bo’lib, oxiriga qadar bormasligini va maxsus sharoit yaratilgandagina amalda oxirigacha borishi mumkinligini unutmaslik kerak.
2. Yod uchuvchan modda bo’lganligi uchun titrlash sovuq eritmalarda o’tkaziladi; bundan tashqari temperatura ko’tarilganda kraxmalning indikatorlik sifati pasayadi. Agar bir tomchi yod qo’shib ko’kartirilgan kraxmal eritmasi qizdirilsa, ko’k tus yuqoladi, sovitilganda esa ko’k tus yana paydo b0’ladi.

  1. Yodometrik titrlashni kuchli ishqoriy muxitda olib borib bo’lmaydi, chunki bunda yod ishqor bilan reaksiyaga kirishadi;

J2+ 2NaОН = NaJO + NaJ + Н2O
J2 + 2OН- = JО- + J-+ Н2O
Bu reaksiyada hosil bo’ladigan gipoyodid JO- ionlar J2 ga qaraganda kuchli oksidlovchi bo’lganidan
S2O3-2 + 4JO- +2OH- = 4J- + 2SO4-2 +H2O
tenglamaga muvofik; tiosulfatni qisman sulfatga qadar oksidlaydi. Shuning uchun yodometrik titrlashda gipoyodid ishtirok etishiga yo’l ko’ymaslik lozim.
4. Yod suvda kam eruvchan modda bo’lganligi sababli oksidlovchilarni yodometrik titrlashda KJ dan anchagina mo’l ishlatishga to’g’ri keladi. Bu tadbir reaksiya vaqtida ajralib chiqadigan yodning erib ketishiga sabab bo’ladi, chunki yod KI bilan birikib, barqaror kompleks tuz K[I3] hosil qiladi:
KJ + J2= K[J3] yoki J- + J2 = [J3]
K[J3] ning hosil bo’lishi yodni tiosulfat bilan titrlashga halaqit bermaydi, yuqorida yozilgan reaksiya qaytar reaksiya bo’lganligi uchun K[J3] ning eritmasida yetarli miqdorda erkin yod bo’ladi. Lekin yod tiosulfat bilan reaksiyaga kirishgan sari J2 va[J3]- ionlari orasidagi muvozanat buzila borib, eritmada J- ning yangi miqdori paydo bo’ladi.
Bundan tashqari KJ ning mo’l bo’lishi aniqlanayotgan oksidlovchi bilan I- ionlari orasidagi reaksiyaning tezlashishiga va kerakli yo’nalishda to’laroq borishiga yordam beradi.
5. Ko’p miqdorda KJ va kislota ko’shilsa—da, aniqlanayotgan oksidlovchi bilan J- ionlari orasidagi reaksiya, odatda, yetarli tezlikka ega bo’lmaydi. Shuning uchun KJ eritmasiga oksidlovchi qo’shilgandan keyin birmuncha vaqt kutib turiladi va so’ngra, reaksiya vaqtida ajralib chiqqan yodni titrlashga kirishiladi.
6. Titrlash oldidan reaksion aralashmani qorong’i joyda saqlash kerak, chunki yoruglik J- ionlari bilan havo kislorodi orasida bo’ladigan quyidagi qo’shimcha reaksiyani tezlatib yuboradi:
4J- +4H+ + O2 = 2J2 + 2H2O [5].


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling