2-mustaqil-ish pdf


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1111003
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mustaqil ish



Mustaqil ish.
d.


Windows operatsion tizimini
kompyuterga o’rnatish. Windowsning
har xil versiyalarini o’rnatish uchun
qo’yiladigan talablar.
(Mavzusida ishlangan)


Reja:
1. Windows OT haqida asosiy tushunchala.
2. Windows o’rnatish usullari (Windows XP va 7 misolida).
3. Windowsning 11 uchun qo’yiladigan talablar.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini 
boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash 
holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular 
ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) 
Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan 
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-
kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, 
foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari
Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar
bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan - 
Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – 
Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - 
Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli 
bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi
va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter 
xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion 
tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu 
kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum
shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun 
WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ 
xotira va protssesor eng kamida (ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim.
WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb 
dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning 
imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini 
o’rnatganingiz ma’qul.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui 
bo`lib, shu bilan, operatsion tizimdir.
WINDOWS ning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS
ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion 
tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va WINDOWS 
ning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada WINDOWS ning 9x 
lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:


– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan avvalgi 
lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish 
bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni 
qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, 
multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Har qanday kompyuterning eng muhim tarkibiy qismi operatsion tizimdir. Operatsion 
tizimlarning ko'plab turlari mavjud. Bugungi kunda eng keng tarqalgan - Windows XP va Seven 
operatsion tizimi. OTni tanlash to'g'risida qaror qilganimizda, o'rnatish jarayoni bilan bog'liq ba'zi
savollar mavjud. Ushbu maqolada sizga operatsion tizimni noldan qanday o'rnatishni aytib 
beraman. Agar siz mening barcha maslahatlarimni inobatga olsangiz, Windows oilasining 
istalgan OT-ni o'rnatishingiz mumkin.
Shunday qilib, siz operatsion tizimga ega bo'lmagan kompyuter oldida o'tirasiz. Avvalo, siz 
quvvat tugmachasini bosasiz, yuklash jarayonida uni ochadigan tugmani bosib disk drayverini 
oching, diskni drayverga joylashtiring, kompyuterni qayta ishga tushiring va xazina oynasining 
paydo bo'lishini kuting. Ammo hech narsa bo'lmaydi. Nima bo'ldi? Nima qilsa bo'ladi? Vahima 
qilmang! Aslida hamma narsa unchalik murakkab emas.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling