2-Mustaqil ishi Simsiz tarmoq infrastrukturasi Tarmoq xavfsizligi standartlari Simsiz lokal tarmoq arxitekturasi va komponentlari. Wimax texnologiyasi Tarmoqdagi asosiy tahdidlar. Asosiy tarmoq hujumlari. Simsiz tarmoq infrastrukturasi


Download 0.65 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1524600
1   2   3   4
Bog'liq
2-mustaqil ishi

WIMAX texnologiyasi WiMAX (inglizcha: Worldwide Interoperability for Microwave Access) — texnologiyasini rivoji hamda koʻtarilishi uchun 1999-yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qoʻshilishgan. 2005-yil may oyiga kelib ushbu forumda 230 dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. Oʻsha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qoʻygan. WiMAX texnologiyasi Fixed WiMAX — fiksatsiyalangan aloqa Nomadic WiMAX — seansli aloqa Portable WiMAX — siljish rejimidagi aloqa Mobile WiMAX — mobil aloqa.

1.WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (koʻpgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda). 2.WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yoʻlni ochish.

WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga oʻrnatilishi mumkin). WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida). Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oraligʻidagi bogʻlanish past chastotali diapason (2–11 GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bogʻlanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda maʼlumot uzatishga imkon beradi va toʻgʻridan-toʻgʻri signal koʻrishni talab etmaydi.

Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi: 1.axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping); 2.xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service) 3.portlarni tekshirish (Port scanning). Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling