2-Mustaqil ta’lim: Ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda reklama matini yaratish


Download 0.69 Mb.
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1013550
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-3 mustaqil ish

Olmosh derivatsiyasi
Olmosh o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega.U-affiksatsiya va kompozitsiya usuli.Ko‘rsatish,belgilash jamlash,gumon,bo‘lishsizlik olmoshlari sirasida yasalmalar ham mavjud.Shuningdek,o‘zga turkum so‘zlaridan derivatsiyaning boshqa ko‘rinishlari asosida ham olmosh vujudga kelgan:[birov],[butun],[yalpi],[jami],[falonchi] kabi.
Affiksatsiya usuli.Affiksatsiya usuli gumon olmoshida uchraydi.Bu usul bilan asosan olmoshdan olmosh yasaladi.
Yasash asosiga qo‘shilib,olmosh hosil qiluvchi affiksning so‘z yasash darajasi ham turlicha:[-alla],[-dir].Bu affiksning har biri turli derivatsion qolip tarkibida olmosh yasaydi:[-alla+so‘roq olmoshi/narsa=1)asosdan anglashilgan narsa/predmetning gumonligi]qolipi hosilalari quyidagicha [allakim],[allanima]kabi. [so‘roq olmoshi +-dir =2)asosdan anglashilgan narsa/predmetning gumonligi]qolipi quyidagi olmoshlarni beradi:[kimdir],[nimadir] kabi.
Kompozitsiya usuli.Bu usul vositasida qo‘shma(ko‘rsatish,so‘roq,belgilash,bo‘lishsizlik),juft(ko‘rsatish)va takroriy(ko‘rsatish,so‘roq,belgilash)olmoshlar yasaladi.
Boshqa turkumlarga oid so‘zlarning olmoshga ko‘chishi
(pronominalizatsiya)
Nutqdagi ma'lum sharoitga qarab ba'zi ot, sifat va sonlarning asl ma'nosi o‘zgarib abstraktlashadi, umumlashadi -olmoshga yaqinlashadi. Bu hodisa tilshunoslikda pronominalizatsiya deyiladi. (pronom-lotincha olmosh degan ma'noni bildiradi). Bu hodisa tufayli ot narsani, sifat belgini, son esa miqdorn bildirmay, olmoshlarga o‘xshab ularga ishora qiladi. Masalan, odam, kishi, inson, nafas, ish kabi otlar; ba'zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar;bir soni olmoshga yaqinlashadi, olmosh vazifasida qo'llanadi. Masalan: Uning ko‘nglini olishga bir inson topilmadi (hech kim topilmadi). Sizni bir odam chaqiryapti (sizni kimdir chaqiryapti). Yaqin kunda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarimiz tubandagilardan iborat (shulardan iborat).
Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so‘zlar olmoshga ko‘chadi: 1) ot: odam, kishi, inson, narsa, ish: Shularni ko‘rib hayron qolasan kishi. Kecha yomon bir ish bo‘ldi. 2) sifat: ba'zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi: Ba'zilar bu qoidalarga rioya qilishmaydi. 3) son: bir: Sizni kabinetda bir odam kutyapti. Umuman olganda, bir, har, hech so‘zlari bilan keladigan ko‘pgina so‘zlar olmoshga ko‘chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.
Eski o‘zbek tilida men olmoshi o‘rnida kamina (hozir ham ishlatiladi),faqir, kaminai kamtarin, bandai ojizingiz kabi so‘zlar ham qo‘llangan.
Faqir birinchi shaxs o‘rnida yoki «men», «sen» olmoshlari bilan birgalikda ishlatilib, so‘zlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi. Masalan: Tabibiy entikdi: Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. Sizdek muhtaram zot taklif etadi-yu, bizdek faqir bosh tortadimi.
Kamina kamtarlik yoki odob yuzasidan «men» so‘zi o‘rnida ishlatiladi. Masalan: Kaminaning sizga bo‘lgan hurmati g‘oyat samimiy. Kamina ham suhbatlaringizni sog‘ingan ekanman. Xiva xonining saroyida ham kaminaning ko‘z-quloqlari bor.
Banda(bandai ojizingiz) so‘zi o‘zini kamtar tutish, murojaat qilayotgan shaxsga hurmat bildirish ma'nosini ifodalaydi. Masalan: -Amirim, dedi mo‘ysafid soqolini tutamlab, bu xokisor bandangizning bir qoshiq qonidan keching.
Olmoshning ma'no turlari
Olmosh ma'no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra 7 turli bo‘ladi:
1.Kishilik olmoshi
2.Ko‘rsatish olmoshi
3.Belgilash olmoshi
4.Bo‘lishsizlik olmoshi
5.So‘roq olmoshi
6.Gumon olmoshi
7.O‘zlik olmoshi
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling