S havkat edu center


Download 185.38 Kb.
bet1/6
Sana01.07.2023
Hajmi185.38 Kb.
#1657947
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-dars

Xato qilishdan qo`rqmang!


Xató qilib o`rganilgan narsa
xotirada yaxshi saqlanadi


MATEMATIKA


2 - DARS




Sonning bo`luvchilari va karralisi
Agar m natural son n ga qoldiqsiz bo`linsa, m son n ning karralisi (bo`linuvchisi), n son esa m ning bo`luvchisi deyiladi. Bunday holda, m son n ga bo`linadi deyiladi.
Ma`lumki, 8 ni 1, 2, 4 va 8 sonlaridan biriga bo`lsak, qoldiqsiz bo`linadi.
Masalan, 8:1=8; 8:2=4; 8:4=2; 8:8=1.
1, 2, 4 va 8 sonlarini 8 ning bo`luvchilari, 8 sonini esa 1, 2, 4 va 8 sonlarining karralisi deb ataymiz. U holda 8 soni 1, 2, 4 va 8 ga bo`linadi deyiladi. Shu bilan birga 3 soni 8 ning bo`luvchisi bo`lmaydi, chunki sonini 3 ga bo`lganda qoldiqda 2 qoladi. Bu holda 8 soni 3 ga bo`linmaydi deymiz.
Yig`indi ayirma va ko`paytmaning bo`linishi
Yig`indining bo`linishi (1-xossa)
Agar ikki yoki undan ortiq natural sonning har biri biror songa bo`linsa, u holda bu sonlarning yig`indisi ham o`sha songa bo`linadi.
Agar natural sonlardan biri biror songa bo`linsa, ikkinchisi bo`linmasa, u holda bu sonlarning yig`indisi ham o`sha songa bo`linmaydi.
Ayirmaning bo`linishi (2-xossa)
Misol: 63-49 ayirma 7 ga bo`linadi, chunki kamayuvchi va ayriluvchi 7 ga bo`linadi; 56-48 ayirma 65 ga bo`linmaydi , chunki kamayuvchi 56 soni 6 ga bo`linmaydi, ayriluvchi 48 esa 6 ga bo`linadi.
1-xossaga o`xshash xulosa chiqarish o`zingizga havola qilinadi.
Ko`paytmaning bo`linishi (3-xossa)
Agar ko`paytuvchilardan biri biror songa bo`linsa, u holda bu sonlarning ko`paytmasi ham shu songa bo`linadi.
Bo`linish belgilari
2 ga. Oxirgi raqami juft bo`lgan natural sonlar 2 ga bo`linadi. Juft raqamlar: 0; 2; 4; 6; 8;

Download 185.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling